Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Saidov Jur’at Sodirovichning Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash maqolasiga
TAQRIZ
Ushbu mаqоlаdа maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda, ularni kelajakda yеtuk shaxs sifatida kamol topishida albatta tarbiyachilarni o‘rni katta. Shunday ekan bolalarni o‘qitishda yangi zamonaviy uslublardan foydalanish bolalarni yangi zamon ruhida tarbiyalanishida, ularni yеtuk mutaxassis bo’lib yеtishida asosiy omil bo’ladi, desak to‘g’ri bo‘ladi.
Ularni ma’naviy tarbiyalash orqali yosh avlodni milliy qadriyatlarimizdan xabordor qilish, hamda ularga milliylikni singdirish eng yaxshi yo’l hisoblanadi. Ushbu maqolada shu fikrlarni asosini ko’rib chiqish mumkin.
Maktabgacha pedagоgika yosh avlоdni barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ma’naviy - axloqiy tarbiyani muhim оmil dеb hisоblaydi. Ushbu ishda maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash zaruriyati, hamda uning o’ziga xos xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi PhD, dotsenti:
Do'stlaringiz bilan baham: |