FAN BO‘YICHA TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH, UNINGMAQSAD VAVAZIFALARI
1.1. Fan yuzasidan talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad fan (modul) bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir.
1.2.Fan yuzasidan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish quyidagi vazifalarni hal etishga xizmat qilishi lozim:
- talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash maqsadi bilan bog‘liqlikda fan bo‘yicha mustaqil o‘quvfaoliyatini amalga oshirish;
- fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yo‘larini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash;
- talabalarda fan dasturini o‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;
- ta’lim oluvchilarda fan yuzasidan bilim olishga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish;
- talabalarda mutaxassislik bo‘yicha umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon berish;
- talabalarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.
II. FAN BO‘YICHA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH:
FAN O‘QITUVCHISINING TMI YUZASIDAN TALABALAR BILAN ISHLASH JADVALI
t/r
|
Hafta kuni
|
Vaqti
|
Joyi
|
Telefon raqami
|
1
|
Guruhlar bilan kelishuv asosida
(2 kunga)
|
15 00 – 17 00
|
Matematika va informatika fakulteti
|
+998933007577
|
Do'stlaringiz bilan baham: |