Jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya o'qitish metodikasi
-rasm. Don namligini aniqlaydigan zamonaviy elektron asboblar
Download 371.14 Kb.
|
Qish.x. S.Fotima Mustaqil ish
1-rasm. Don namligini aniqlaydigan zamonaviy elektron asboblar
Soflik ko’rsatkichlarini aniqlash. Donning rang, hid va ta’mi uning soflik ko’rsatkichlari hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlar shunday o’zgarishi mumkinki, ularning faqat birining kamchiligiga qarab, kamchilik kategoriyasi o’tkazilishi mumkin va donni qabul manzili tomonidan qaytarilishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning kerakli miqdoridan cheklanish, donning o’simlikda shakllanishi va rivojlanish jarayonida, shuningdek, hosilni yig’ishda, donni tovar holatga keltirishda, tashish va saqlashda salbiy ta’sirlarni kechirganligidan dalolat beradi. Rang, hid va ta’mini aniqlash uchun namunalar tanlash va namu-nalar ajratish DASTga asosan amalga oshiriladi.Ta’m. Sog’lom don ushbu ekinga monand o’ziga xos ta’mga ega bo’lib, ko’pincha chuchuk yoki biroz shirin bo’ladi. Don ta’mining o’zgarishi ko’pincha uning uyumiga to’pgul (savatchalar) yoki achchiq va Sivers (achchiq shuvox ta’mi) o’simliklarining qismi tushishi, donning unishi (shirin ta’m) va mikroorganizmlar rivojlanishi bilan (yoqimsiz chirigan ta’m, nordon va boshqalar) bog’langandir. Ta’m toza maydalangan donda aniqlanadi. Buning uchun o’rtacha namu-nadan taxminan 100 gr don ajratiladi, u iflos aralashmalardan tozalanadi va laboratoriya tegirmonida yanchiladi va 2 gr chaynaladi. Har bir aniqlash-dan oldin va keyin og’iz yaxshilab chayiladi. Don ta’mini aniqlash boshqa organoleptik ko’rsatkichlar bo’yicha donning soflik darajasini aniq belgilash imkoni bo’lmagan hollarda o’tkaziladi.Kleykovina bugdoy unining nonboplik xususiyatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri xisoblanadi. Kleykovina asosan suvda erimadigan gliadin va glyutenin oksillaridan tashkil topgandir. Bugdoy uni tarkibida kuyidagicha miqroda kleykovina bulishi kerak (kamida %): oliy navda 28; birinchi navda 30; ikkinchi navda 25; jaydari unda 20.Unlar tarkibida kleykovinaning mikroiy saqlash bilan bir katorda sifat saqlash xam aniklanadi. Kleykovinaning sifat saqlash chuziluvchanligi, kayishkokligi va rangi bilan xarakterlanadi. 1. Nima uchun hid sog’lom donda ham aniqlanadi? 2. Butun va maydalangan donlarning sifat ko’rsatkichlarini organoleptik baholashning qanday o’ziga xos xususiyatlari mavjud? Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling