Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

Mehnat tarbiyasi.
Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot
manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan
maqsad, avvalo, mehnatning mohiyatiga, mazmuniga teran nigoh
tashlamoq, muayyan xulosa chiqarmoqdan iboratdir. Mehnat qilayotgan
kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha
natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb
etadi. Halol mehnat - kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
Donolarimiz: «Mehnat-mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga
qo‘yma», «Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar»,
«Ishlagan – tishlaydi, ishlamagan – kishnaydi», «Mehnatdan qo‘rqma,
minnatdan qo‘rq», «Odamning husni – mehnatda», «Oltin o‘tda bilinar,
odam – mehnatda», «Xazina g‘oyibdan emas, mehnatdan», «Halol
mehnat-yaxshi odat, berur senga saodat» deb bejiz aytmaganlar. Buyuk
alloma Bahovuddin Naqshbandning «Dil ba yoru dast ba kor» hikmati
bugungi kunda ham o‘z qadrini, qimmatini yo‘qotmagan. U kishi
talabalarni madrasaga qabul qilish paytida «Biror kasbing bormu?» deb
so‘rar ekanlar. Hunarsiz kishi o‘qishga qabul qilinmagan. Uning
fikricha: «Agar kishi hunarli bo‘lsa, u bilimini haqiqatga bag‘ishlaydi,
o‘z mehnati bilan kun kechiradi, bordiyu, kasbi bo‘lmasa, bilimini kun
kechirishga sarflaydi, halol mehnatni unutadi». Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, mehnatsiz kelgan boylik har qanday kishini, har qanday oilani
buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat
jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash,
madaniyat, barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi, kamol topadi. Eng
muhimi, mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan,
axloqiy buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zini, o‘z qadrini
biladi, uni el-yurt ulug‘laydi. Mehnatsevar kishining porloq siymosi
o‘g‘il-qizlari, nabiralari, yoru do‘stlari, hamkasblari, shogirdlari qalbida
hamisha yashaydi. Ota-bobolarimiz bola tarbiyasida eng avvalo uni
mehnatga o‘rgatishga, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor
berishgan. Farzandlarini layoqati, qobiliyatiga qarab tarbiyalaganlar,


o‘zlari namuna bo‘lganlar. Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona,
ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o‘z mehnatlarini ayamasliklari,
ayniqsa, maktab o‘quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to‘g‘ri
munosabatni shakllantirishdagi mas’uliyatni chuqur his qilishlari kerak.
O‘quvchilarning qiziqish va imkoniyatlarini o‘z vaqtida payqab, ularga
maslahatlar berib, to‘garaklarga jalb qilish orqali hayotga tayyorlashlari
nihoyatda muhimdir.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling