Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


 Muqaddas diniy kitoblarda odob-axloq va tarbiya


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

4. Muqaddas diniy kitoblarda odob-axloq va tarbiya
masalalari.
Oila – nikoh munosabatlarini, urug‘ ichi munosabatlari va
urug‘lararo munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keladi.
Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi,
zarrasidir. Ongli oila bo‘lib yashash dunyodagi barcha maxluqot va
jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir. Oila tarixining Odam Ato va
Momo Havodan boshlangani rivoyat qilinadi. Barcha muqaddas
kitoblarda keltirilgan ushbu ko‘hna naql zamonaviy ilm-fan tomonidan
ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Binobarin, muhabbat tarixi ham shu
ko‘hna rivoyatga tutashadi. «Sevgi ham Odam Atodan qolgan inson
qonida» deb yozganda shoir E. Vohidov haq edi. Genetika, biologiya
fanlari qonunlariga ko‘ra, har bir insonning o‘zi bir olam, ular aslo biri
birini takrorlamaydi. Ana shu biri ikkinchisiga o‘xshamaydigan
odamlarning, ya’ni er va xotinning ixtiyoriy ittifoqidan oila deb
ataluvchi yangi bir olam, bu olamda o‘z navbatida yana «yangi
odam»lar – farzandlar vujudga keladi. Jamiyat shu tariqa barpo bo‘ladi,
rivoj topadi, ijtimoiy taraqqiyot vujudga keladi. «Bola tug‘ilgan kunidan
boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar,
urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar
oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi».
Shuning uchun ham, oila muammolari, unda yuritiladigan ta’limtarbiya
masalalari azal-azaldan ilmu ijod ahlining diqqat-e’tiborini jalb etib
keladi. Oila qanday barpo etilmog‘i lozim, uning tabiiy, iqtisodiy,
huquqiy, ma’naviy asoslarini nima tashkil etadi, oila tarbiyasi qanday
qonuniyatlar asosida vujudga keladi, singari savollar kishilik tarixining
barcha davrlarida dolzarb masala bo‘lib kelgan, desak xato qilmaymiz.
Oila, oilaviy tarbiya haqidagi tarixiy manbalarni quyidagi bosqichlarga
bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:
birinchi bosqich – Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgungacha
mavjud bo‘lgan ta’limotlar (yahudiylik, zardo‘shtiylik, buddaviylik,
xristianlik);
ikkinchi bosqich – IX-XII asrlarda, ya’ni islom Uyg‘onish davridagi
ta’limotlar (Qur’oni karim, hadislar, pandnomalar, mutafakkirlarning
ta’limotlari: Forobiy, Beruniy, Ibn Sino);
uchinchi bosqich – XIV-XV asrlar, ya’ni Amir Temur va temuriylar
davrida mavjud bo‘lgan ta’limotlar;


to‘rtinchi bosqich – xonliklar davridagi ta’limotlar (XVI-XIX asrlar);
beshinchi bosqich – Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib
olingan davrdagi ta’limotlar (XIX asr 60 yillarining oxiri va 1917
yilning oktyabr inqilobi davrigacha mavjud bo‘lgan ta’limotlar);
oltinchi bosqich – ittifoq davridagi ta’limotlar (1917 yil oktyabr
inqilobidan 1991 yil avgust oyigacha mavjud bo‘lgan ta’limotlar);
yettinchi bosqich – Mustaqillik davri, ya’ni 1991 yilning sentyabr
oyidan hozirgi davrgacha.
Shu jihatdan, millatimiz va xalqimizning 3000 yil avvalgi ko‘hna
madaniyati va boy ma’naviyatidan saboq beruvchi, ezgu fikr, ezgu so‘z,
ezgu amal ulug‘langan «Avesto» yozma yodgorligining ilg‘or g‘oyalari
haqida alohida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi. Zardo‘shtiylik dini
ta’limoti bayon qilingan mazkur asarda dunyoni falsafiy idrok qilish,
ma’naviy-ruhiy poklanish, inson ma’naviy-axloqiy olamiga chuqur
kirib borish, inson burchi, go‘zallik va ezgulikni anglash singari
masalalar bosh mavzu darajasiga ko‘tariladi.
«Avesto»da oila mustahkamligini saqlash, nikoh tartiblari,
er-xotinning
majburiyati,
nikoh
tuzish
va
bekor
qilishning
qonun-qoidalari batafsil ko‘rsatib o‘tiladi. Asarning maxsus boblarida
Axura Mazda yoki Zardo‘shtning kelin-kuyovlarga da’vati, murojaatlari
keltirilgan. Unda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikka
yo‘l qo‘ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq tutish kabi
maslahatlar haqida ham qimmatli mulohazalar mavjud. Turkiy xalqlarga
xos urf-odatlarga ko‘ra, nikoh meroslari qat’iy qonun-qoidalar asosida
tashkil etilgan, marosim davomida oila, qarindosh-urug‘, oqsoqollar,
keksa chol-kampirlar maslahati va yo‘l-yo‘riqlariga rioya etilgan.
Zardo‘shtiylik tartib-qoidalariga ko‘ra, o‘z hayotini uylanmay yoki
turmushga chiqmasdan o‘tkazish qoralangan. Masalan, agar balog‘at
yoshidagi qiz ota-ona yoki jamoa ra’yidan yurmay, o‘zidan zurriyod
qoldirishini istamay, qasddan turmushga chiqmay, umrguzaronlik qilib
yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklangan. Erkaklar esa, o‘n yetti
yoshda uylanish huquqiga ega bo‘lgan. Agar erkak kishi zurriyod
qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg‘a
bosilib, badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur
etilgan. Kitobda qayd etilishicha, erkak kishi, eng avvalo, uylanish
uchun moddiy va ma’naviy tomondan to‘q va baquvvat bo‘lmog‘i
lozim, buning uchun o‘z vaqtida to‘yib ovqatlanishi zarur, aks holda
erkak kishi o‘z xizmat va axloqiy burchlarini bajara olmaydi.
«Avesto»da zardo‘shtiylikning oltin qoidalaridan biri – oila muqaddas


sanalgani bois, boshqa ayrim sabablarga ko‘ra, masalan, ig‘vo, tuhmat,
er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi, ota-ona bilan murosa-madora qila
olmaslik kabi bahonalar bilan nikohning bekor qilinishiga yo‘l
qo‘yilmagan. Turkiy xalqlarning yana bir yodgorligi «Irq bitigi»da
ramziy lavhalarda oila hayotining turli manzaralari, baxt va baxtsizlik
tushunchalari tahlil etiladi. Garchi, ba’zi manzaralar oddiy, sodda
tuyulsa-da, lekin ularda qadimgi davr odamlarining oila muhitidagi
ma’naviy-axloqiy prinsiplar aks etadi: «Ayol kishi kosa-piyola-larini
tashlab o‘z yo‘liga ketdi, yana yaxshilab o‘yladi: kosa-piyolalarimni
tashlab qaerga boraman, der, yana qaytib keldi, kosa-piyolalarini
sog‘-salomat topdi, u sevinib, xursand bo‘lar, der, shunday bilinglar:
yaxshidir bu». Kosa-piyolalar ayol kishining taqdiri, ro‘zg‘ori, oilasi
ramzi, binobarin, ushbu parchada odamlar, xususan, ayollar sabr-toqatli
bo‘lishga da’vat qilinmoqda. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra o‘z oilasidan
sovish, hatto undan voz kechishga intilish istagi sodir bo‘lishi mumkin.
Biroq bu ayol uchun ham, oilaning boshqa a’zolari uchun ham, jamiyat
uchun ham salbiy holat bo‘lib, uni oqlab bo‘lmaydi. Ayol kishining
qadr-qimmati,
burchi,
jamiyatda tutgan mavqei, yaratuvchilik
salohiyati, eng avvalo, oiladagi o‘rni bilan belgilanadi. Oilaviy hayot,
oila tarbiyasining tarixiy asoslari haqida so‘z yuritganda, diniy
qadriyatlar va xalq pedagogikasiga oid manbalar muhim ahamiyatga
molik ekanligini alohida ta’kidlasa bo‘ladi. G‘oyat uzoq taraqqiyot
bosqichlarini bosib o‘tgan XII asrlarda yangi kamolot pallasiga qadam
qo‘ydi. Bu tarixiy davr Sharq Uyg‘onishi deb atalib, uning mohiyatini
islom madaniyati tashkil etadi. Islom madaniyati (yoki ba’zi
manbalarda islom mintaqa madaniyati) turkiy, eroniy va arabiy xalqlar
yashagan
ulkan
hududda
siyosiy-iqtisodiy,
ma’naviy-madaniy
hamkorlikni
vujudga
keltirdi,
xalqlarni
bir-biriga
tanitdi
va
yaqinlashtirdi. Ularga mansub bo‘lgan arabiy, forsiy va turkiy tillar
o‘rtasida assimilyatsiya jarayoni yuz berib, tillarning lug‘at tarkiblarida
katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Fanda jahon ilmiy yutuqlariga suyangan
yangi yo‘nalish va ta’limotlar vujudga keldi. «Bu yagona mintaqa
madaniyatini birlashtirib turgan ichki bosh ma’naviy omil tavhid
e’tiqodini borgan sari teranroq va mukammalroq tushunishga intilish
edi». Shunday qilib, islom dini oilaviy munosabatlarning hayot
haqiqatlariga, adolat tuyg‘usiga va insonparvarlikka asoslangan
ma’naviy mezonlarini yaratdi, ayollarning oila va jamiyatdagi
haq-huquqini belgiladi, bu borada, ayniqsa, uning onalik burchiga,
bolalari uchun murabbiylik faoliyatiga yuksak e’tibor berdi. Qur’onda


bayon qilinishicha, muslimalar ma’naviy jihatdan musulmon erkaklar
bilan teng huquqqa ega bo‘lib, jismoniy jihatdan zaif bo‘lganliklari
uchun aslo kamsitilmasliklari lozim. Chunki Alloh erkakni erlarga xos,
ayolni esa, ayollarga xos xususiyatlar bilan yaratdi. Binobarin, ular o‘z
tabiiy xususiyatlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, o‘z
jinsini ulug‘lab, boshqa jinsni mensimaslikka haqqi yo‘q. Aksincha, bu
ikki jinsning o‘zaro bir-biriga hurmati, mehr-muhabbati Yaratganning
o‘zi tomonidan buyurilgan amallardan bo‘lib, ahil va inoqlikda yashash,
bir-birini sevishga da’vat etilgan. Bu haqda Qur’onning bir qator
suralarida oyatlar keltiriladi: «Er o‘zlari va oilasiga taalluqli barcha
narsalar to‘g‘risida doimo xotini bilan bamaslahat ish qilishi lozim,
chunki ular so‘zsiz ravishda teng sherikdirlar» (3-sura, 159-oyat).
«Alloh sizlarni onalaringiz qornidan biron narsa bilmagan holingizda
chiqardi va shukur qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko‘zlar va dillarni
berdi» (16-sura, 78-oyat).2 «Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar.
Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni, erkaklarni
ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z
mol-mulklaridan sarfxarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari
yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va
o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir».3 Agar johiliyat
davrida, ya’ni islomdan oldingi zamonlarda erkak va ayolning oila va
jamiyatda tutgan o‘rni, roli haqida katta munozara va tortishuvlar
bo‘lgani, ko‘pincha ayollar jinsiga past nazar bilan qaralganini eslasak,
«Qur’on»da keltirilgan ushbu ilohiy hukmlarning naqadar katta
ahamiyatga molik ekanini payqash qiyin emas. Yuqoridagi oyatlarda
oiladagi er va xotinning shar’iy o‘rni belgilab berilgan. Shariat hukmiga
ko‘ra, er birinchi navbatda oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy
masalalariga mas’ul bo‘lgan, shuningdek, uni turli-tuman xurujlardan
himoya qiladigan shaxsdir. Ana shu burch va vazifalari evaziga hamda
erkak zoti uchun fazilat hisoblangan tadbirkorlik, vazminlik,
og‘irbosiqlik kabi xislatlari tufayli oilaning boshlig‘i er hisoblanadi,
yaxshi xotin esa, iffat va diyonatli, o‘z erining xonadonini obod
qiluvchi hamda unga bir umr sodiq bo‘lgan pok umr yo‘ldoshidir.
Qur’oni karimda erkak va ayol o‘rtasida ba’zan noo‘rin bahs yoki
kelishmovchiliklar sodir bo‘lishi mumkin. Oilaning jamiyatda tutgan
o‘rni, oila tarbiyasi, otaona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar,
shuningdek, oilaning pokligi va mustahkam bo‘lishiga oid qimmatli
fikrlar hadislarda muhim o‘rin egallaydi: «Kimgaki Alloh taolo soliha
xotin nasib etgan bo‘lsa, dinining yarmiga yordam qilibdi, qolgan


yarmiga o‘zi taqvo qilsin». «Xotinlarning barakatlirog‘i uylanish
xarajatlari yengilidir»; «Xotin kishi qovurg‘adan yaratilgan. Agar sen
qovurg‘ani to‘g‘rilayman desang sindirasan, murosa qilu u bilan
yasha»; «Xotin kishiga eng haqqi ko‘p kishi eridir, erkak kishiga eng
haqqi ko‘p kishi onasidir»; «Agar bir shaharda loaqal bir ayol bir marta
buzuqlik ko‘chasiga kirib haromi orttirsa, bu shahardan qirq yil fayzu
barakat ko‘tarilib ketadi»; «Ayollarni faqat ulug‘ odamlar hurmat qiladi.
Ularni faqat pastkash odam xo‘rlaydi».1 Ushbu hadislarda islom diniga
xos insonparvarlik va adolat mezonlari namoyon bo‘ladi, nikohning
ilohiyligi, oilaning muqaddasligi ta’kidlanadi, er va xotin o‘rtasidagi
burch, poklik, iffat, o‘zaro bir-birini hurmat qilish tuyg‘ulari
ulug‘lanadi. Biz bu purhikmat hadislarda millat, elat, til, mamlakat
chegaralarini
tan
olmaydigan,
umuminsoniy
mezonlar
bilan
o‘lchanadigan ma’naviy boylikni ko‘ramizki, ular asrlar davomida oila
deb atalmish tarbiya o‘chog‘ining dasturilamali, asosiy «darsligi»
hisoblanib keldi. Hadislar xalq donishmandligi namunalari bo‘lib
kelgan og‘zaki ijod namunalariga hamda o‘zbek xalq pedagogikasiga
kuchli
ijobiy
ta’sir
etib,
ularni
mazmunan
boyitgan. Xalq
donishmandligi
va
odobnomasining
bu
bebaho
sohasi
ma’naviy-ma’rifiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. U
xalqimizning ko‘p asrlik tajribalari, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy,
estetik, falsafiy va jismoniy barkamollik bobidagi qarashlari,
fikr-mulohazalarini lo‘nda, ta’sirchan va mazmundor ifodalaydi.
Xalqning oilaviy-maishiy hayot tarzi, axloq-odobga chorlovchi hayotiy
yo‘l-yo‘riqlari, ibratli, mazmunga to‘liq og‘zaki ijod namunalari
avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib, takomillashgan chinakam
badiiyat namunalari hamdir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, xalq
ijodkorlari nuqtai nazaricha, inson bu yorug‘ dunyoga yomon odam
sifatida kelmaydi. Uning yomon yoki yaxshi odam bo‘lib shakllanishi
oila tarbiyasi, mahalla-ko‘y, lo‘nda aytganda, jamiyatdagi mavjud muhit
tufayli yuzaga keladi. Binobarin, bola avval boshdan to‘g‘ri tarbiya
bilan voyaga yetishadi. Agar xalqimiz hayotidagi turli marosimlar,
rasm-rusumlar, an’analarning tashkil etili shiga chuqurroq razm solsak,
ishontirish, isbotlash, namuna ko‘rsatish, ta’sir etish, tasdiqlash kabi
pedagogik usullar orqali barkamol insonni tarbiyalash pirovard maqsad
qilib olinganiga ishonch hosil qilamiz. Hatto ana shunday turli-tuman
izdihom, marosim, to‘y-to‘ychiqlarda ko‘pchilik bilan qilinadigan
duo-yu fotihalarda ham katta tarbiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan
xohishiroda borki, ularning ta’sir kuchi g‘oyat kattaligini alohida


ta’kidlash zarur bo‘ladi. Xalq donishmandligini namoyon etuvchi bu
kabi xilmaxil janrdagi og‘zaki va yozma ijod namunalari qatorida
mashhur hind masallar qomusi «Kalila va Dimna», Nizomulmulkning
«Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Ro‘shnoyinoma»,
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Mahmud Qoshg‘ariyning
«Devonu lug‘otit-turk», Kaykovusning «Qobusnoma», Sa’diyning
«Guliston», «Bo‘ston» kabi asarlari ham borki, ularda oila tarbiyasi
ijtimoiy turmushning eng muhim masalalari sifatida talqin etiladi.
Jumladan, «Kalila va Dimna»da majoziy, allegorik obrazlar vositasida
hayotdagi salbiy ko‘rinishlarga qarshi o‘t ochiladi, insonparvarlik,
aql-idrok ulug‘lanadi. Kishilik jamoasining qaysi bosqichi olib
qaralmasin, xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo, fisq-fasod, zolimlik,
munofiqlik inson zotini ulug‘lagan emas. Aksincha, bunday axloqqa zid
nuqsonlar taraqqiyot yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lgan, jamiyatning tanazzulga
yuz tutishiga sabab bo‘lgan. Masallar to‘plamiga yozilgan birinchi so‘z
boshida (Ibn ash-Shoh al Forsiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Behnud
ibn Sahvoning muqaddimasi) ushbu buyuk asarni yaratgan afsonaviy
faylasuf Beydabo shohga qarata shunday deydi: «Shohim, mening
fikrimcha, insonni butun hayvonlardan yuqori qo‘ygan, uni dunyoning
butun sirlaridan voqif etgan to‘rt narsa bordir: hikmat, aql, qanoat va
adolat. Ilm tahsil etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha
tushuna bilmoq – hikmatga; tadbir, sabr, nazokat, marhamat – aqlga;
hayo, oliyjanoblik, o‘zini qo‘lga olmoq va o‘zining haq-huquqini
bilmoq – qanoatga; to‘g‘rilik, va’daga vafo, ezgu ishlar qilmoq va
yaxshi xosiyatli bo‘lmoq – adolatga tegishlidir. Bu sifatlarning barisi bir
odamda mujassam bo‘lsa, dunyodagi eng buyuk saodat ham uni
gangitib qo‘ymaydi, eng katta baxtsizlik ham uni sarosimaga sola
olmaydi». «Kalila va Dimna» ana shunday teran tarbiyaviy xulosalari,
falsafiy umumlashmalari bilan asrlardan asrlarga o‘tib kelib, oila
tarbiyasini shakllantirdi, yuzlab avlodlarning to‘g‘ri tarbiya topishiga
ko‘maklashdi, minglab odamlar qalbiga ezgulik urug‘ini ekdi. Ziyolilar
va hatto oddiy xalq o‘rtasida ushbu kitobning g‘oyatda mashhur
bo‘lgani, masallar ichida masallardan iborat murakkab syujet qurilishi
kitobxonlarda zavq-shavq uyg‘otib, ularni ma’naviy jihatdan boyitgani
ham mazkur go‘zal hikmatlarning hayot masalalariga uzviy bog‘liqlik
xususiyatlariga borib taqaladi. Ma’lumki, O‘rta asr Sharqining buyuk
mutafakkirlari o‘zlariga qadar mavjud bo‘lgan barcha ilm-fan
yutuqlarini o‘zlashtirib, deyarli hamma sohalarda ilmiy asarlar
yaratdilar, bu bilan ham kifoyalanmay, mavjud ilmlarni tasnif qildilar,


xorijiy tillardagi mashhur asarlarni arab, fors va turk tillariga tarjima
qilish ishlari bilan shug‘ullandilar. Shunday xizmatlari bilan «yagona
mintaqa madaniyati» deb atalishi mumkin bo‘lgan tarixiy yangi
jarayonga asos soldilar. O‘z navbatida ushbu tarixiy jarayon boshqa
xalqlar ilm-ma’rifatiga kuchli ta’sir etib, Uyg‘onish davri deb ataluvchi
ulkan ma’rifatparvarlik davrining boshlanishiga asos bo‘ldi. Shuning
uchun ham, biz Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy,
Farg‘oniy
kabi
buyuk
qomusiy
olimlar
asarlarida,
ularning
ilmiy-nazariy ta’limotlarida ta’lim-tarbiya masalalariga keng o‘rin
berilganiga, chunonchi, tarbiya muammolariga jahon ma daniyati
mezonlari bilan yondashilganiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, Forobiy
(873-950)ning «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishish haqida
ko‘rsatmalar», «Baxt-saodatga erishish haqida», «Fuqarolik siyosati»,
«Davlat arbobining aforizmlari» kabi asarlarida1 jamiyatning kelib
chiqishi, maqsad va vazifalari haqida falsafiy ta’limot yaratdi, inson
jamoalarining jamiyatda tutgan roli, davlat va oila, ularni boshqarish
haqidagi ilmiy bilimlar tizimini yaratdi. Uning fikricha, inson jamoalari
va jamiyat kishilarning yashashi va kamolotga erishishi uchun zarur
bo‘lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun intilishlari
natijasida kelib chiqqan. Binobarin, inson yakka holda hech qachon asl
ma’noda baxtli bo‘lolmaydi: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday
tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun
ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi; u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga
kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji
tug‘iladi». Boshqa bir o‘rinda Forobiy oila, shaharni inson tanasidagi
a’zolarga qiyoslab, bu a’zolarning tabiati, holati va harakatiga ko‘ra
turlicha bo‘lsa ham, lekin yagona maqsad, ya’ni inson tanasi faoliyatini
ta’minlash maqsadida o‘zining ma’lum ishini bajarishi haqida ma’lumot
beradi. Demak, biror mamlakatda o‘nlab shaharlar, bu shaharlarning har
birida yuzlab va minglab oila va xonadonlar yashashi tabiiy hol bo‘lib,
garchi bu uy yoki shaharlar har xil, biri ikkinchisini takrorlamaydigan
bo‘lishiga qaramay, ular o‘zaro birikib, shahar yoki mamlakatni tashkil
etadilar hamda uni takomillashtiradilar.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling