Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

Muhammad Bobur quyidagicha ifodalagan edi:
Tole yoqi jonimga baloliq bo‘libdi,
Har ishniki, ayladim - xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerini qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qaroliq bo‘ldi.
Abdulla Avloniy o‘z asarlarida «vatan» tushunchasiga ta’rif berib,
uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat
ekanligini quyidagicha qayd etadi: «Har bir kishining tug‘ilub o‘sgan
shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan,
o‘sg‘on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi - tuyg‘usi
hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayrilsa,
o‘z yeridagi kabi rohatda yashamas. Biz Turkustonliklar o‘z vatanimizni
jonimizdan ortiq suyganimiz kabi. Arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq
cho‘llarini, eskumular shimol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini
boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi,
tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi».
Inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy
intilishlari bilan o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilar davrasida bo‘ladi, o‘zi
ko‘nikkan turmush tarzi bo‘yicha kun kechiradi, bolalikdan o‘zi
ko‘nikkan ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi, hayotining bir
qismiga aylangan tilda so‘zlashadi va u shu muhitdagina o‘zini erkin his
qiladi. Begona yurtlarda u o‘ziga tanish bo‘lgan, o‘zi ko‘nikkan muhitni
topa olmaydi. Shu bois garchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatga
safar uyushtirgan bo‘lsa-da, o‘z yurtini tezda sog‘inadi.
Huquqiy tarbiya
Huquqiy tarbiya o‘quvchilar o‘rtasida, fuqarolik tarbiyasini tashkil
etishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. 1993-yil mart oyida e’lon qilingan
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi»da qayd
etilganidek: «Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari
Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila,
mehnat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish
huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini
yuksak darajada hurmat qilish, ularga so‘zsiz rioya etish, tartib va
intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash,
xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar


(BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o‘quvchilarning
umumiy tasavvurlarini shakllantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi
PF-5618-son Farmoni bilan qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” g‘oyalari jamiyat va shaxs
huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirish borasida
qimmatli nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik
hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini
shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta’lim o‘quvchilarga
huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar
mohiyati to‘g‘risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy
bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni
shakllantirish jarayoni bo‘lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil
etilishi lozim.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy
bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni
qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon
hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini
shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonining muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:

o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy
munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati
to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
-o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga
keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma
va malakalarni hosil qilish;

ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur,
huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy
masullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning
qaror topishini ta’minlash;

o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning
ijtimoiy
hayotdagi
ahamiyatini
to‘g‘ri
baholash,
harakat
va
harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va
ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish,
yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday


ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil
etish)ni shakllantirish.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling