Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

Politexnik tarbiya.
Ishlab chiqarish jarayonlari qonun-qoidalari bilan tanishtiradigan,
shu barobarida, yosh avlodga ishlab chiqarish qurollaridan foydalanish
yo‘llarini o‘rgatadigan ta’limga politexnik ta’lim deyiladi. «Politexnika»
lotincha - ko‘p texnika (pole-ko‘p), politexnik ta’lim - «ko‘p texnikali
ta’lim» degan ma’noni bildiradi. U kasbiy ta’lim, kasb o‘rgatuvchi
ta’lim emas. Yoki u ko‘p texnikadan xabardor qiladigan fan ham emas.
Ammo politexnik ta’lim har qanday ixtisosdagi kishi uchun zarur
bo‘lgan minimum bilimlar bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Respublikamizning har bir fuqarosi o‘zining barcha kuch va
qobiliyatlarini erkin taraqqiy ettirishga qodir bo‘lmog‘i kerak. Shu
ma’noda politexnik ta’lim aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat
o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etuvchi omillardan biridir.
Qolaversa, politexnik ta’lim aqliy ta’lim va tarbiya bilan shu darajada
bog‘langanki, ularni ajratish kitobni darrov chetga surib, tarbiyachi
talabini bajarishga kirishadi. Bunda tarbiyachiga quloq solmagan
bolalarni «tarbiyasiz», «quloqsiz» deyish aslo mumkin emas. Chunki
ular o‘z mashg‘ulotiga o‘ta qiziqib qolib, uni yakunlamasdan diqqatini
boshqa narsaga jalb qila olmaydi. Afsuski, amalda tarbiyachilar,
ko‘pincha, buni hisobga olmaslik orqasida xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
Shaxsning rivojlanish holatini to‘g‘ri baholash va bilish uchun uni turli
munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish lozim.
Iqtisodiy tarbiya
O‘zbekiston Respublikasida, bozor munosabatlari shiddat bilan bir
vaqtda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy
faoliyatni yurita olish ko‘nikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga xos
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tarbiya-o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni


berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, oila
xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish,
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil
etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy
tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy
ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil
etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi mustahkam
hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Iqtisodiy ta’lim va
tarbiyaning asosiy maqsadi o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda
talaba-yoshlar ongida tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik kabi
iqtisodiy jihatlarni o‘z ichiga oluvchi xislatlarga nisbatan ongli
munosabatni shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga
oshiriladi:
- o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo‘jaligini yuritish
va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab
chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati,
kichik va o‘rta biznes, ijara shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank
operatsiyalari, buyujetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va
boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish;
- o‘quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy
boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;
- ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish;
- ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
- o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj
va layoqatni yuzaga keltirish;
- ular tomonidan tor doirada bo‘lsada tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga
qo‘yilishiga erishish.
Har qanday tarbiyada ham o‘sha tarbiyaga tegishli tushunchalarning
mazmunini to‘liq anglab yetish o‘sha tarbiya samaradorligini oshirishi
hech kimga sir emas.
Bu borada o‘quv yurti va oila sharoitida talaba-yoshlarning iqtisodiy
tafakkurini yuksaltirishda, ularni hamkorlikka va ishbilarmonlikka
chaqirishni, iqtisodiy hisob-kitoblarni o‘rganishni hayotiy tajriba asosida
amalga oshirish iqtisodiy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi.


Iqtisodiy
tarbiyada
tejamkorlik,
tadbirkorlik,
mehnatsevarlik,
tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob, oila budjeti va
boylik kabi tushunchalarning muhim ahamiyati bor.
Iqtisodiy tarbiyaning dastlabki bosqichlari uzoq tarixga ega. Ular
kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib kelavergan.
Iqtisodiy tarbiyaga tegishli ma’lumotlarni ilohiy kitob - Qur’oni
Karimda va muqaddas kitob-Hadisi sharif hamda «Avesto» bitiklarida
ham topish mumkin. Iqtisodiy tarbiya Sharq mutafakkirlarining
asarlarida ham bayon etib kelingan. Jumladan, Muhammad ibn Muso
al-Xorazmiy asarlarida qozixonada meros va uni taqsimlash bo‘yicha
alohida xodim faoliyat ko‘rsatishi qayd etilgan. Ular shubhasiz
qozixonadagi iqtisodiy muammolar yechimlarini hal etish uchun jalb
etilgan.
Bu borada Forobiyning “Inson o‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak.
Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni
rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi”, degan fikri
o‘rinlidir.
Tejamkorlikda vaqtmasalasi alohida e’tiborga molik tushunchadir. U
inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Shu sababli ham «Kun qaytadi, ammo
vaqt qaytmaydi», degan naql bor, chunki vaqt o‘lchovlidir. Undan
dunyoni o‘rganish, o‘zgartirish, shaxsiy manfaat, el-yurt xizmati va
mehnat samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatlarda foydalanish
mumkin. Shu sababli ham u qadrlidir. Tarixiy voqealardan foydalanish
iqtisodiy tarbiya berishning samaradorligini oshiradi va o‘quvchilar
ma’naviyatini yuksaltirishga yordam beradi.
O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish yo‘llaridan yana biri - bu
tarixiy voqealar asosida, ularning iqtisodiy tarbiyaga oid tafakkurini
boyitishdan iboratdir.
Tejamkorlik tarbiyasi mehnat, axloqiy va iqtisodiy tarbiyalarning
muhim asosi hisoblanadi. Shu sababli ham talabalarga iqtisodiy tarbiya
berishda, o‘gitlar va hikmatlardan foydalanib, ularni tahlil qilib borilsa,
iqtisodiy tarbiya samarali kechadi. Demak, talaba-yoshlarga iqtisodiy
tarbiya berishning samarali yo‘llaridan biri - bu iqtisodiy tafakkurni
yuksaltirishga oid o‘git va hikmatlardan foydalanishdan iborat bo‘lib,
dars mashg‘ulotlarida ulardan mosini tanlab va uni tahlil qilib,
talabalarning iqtisodiy tafakkuri rivojlantiriladi.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling