Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/234
Sana29.09.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1689741
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   234
Bog'liq
OPN o`quv qo`llanma

 
 
3. 6. Oila ustalik bilan harakat qilish tizimi sifatida. 
Oila jamiyat asosi, ulkan ijtimoiy kuch hisoblanadi. Unda ajdodlarimiz 
merosi, bugunimizning oydin sahifalari, ertangi kunimiz umidi bor. Biz shu oilada 
kelajagimiz egalari, millatimiz vorislarini tarbiya qilamiz. Bu maddas dargohda 
kechagina beshikni tebratib, bagʻrimizga bosib, ovutganlarimiz – farzandlarimiz 
oʻsmoqda. Ona Oʻzbekistonimizda ham oila hamisha muqaddas sanalgan. Oilani 
qoʻllab quvatlash va bola manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan 
konstitutsiyaviy normalar qator qonun va qonun osti hujjatlarida oʻz aksini topgan. 
Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar bilan bir qator 
qonun osti hujjatlari qabul qilingan boʻlib, ular jumlasiga, Vazirlar Mahkamasining 
2000-yil 21-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlar boʻyicha komissiyalar 
faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2002-yil 25-yanvardagi “Ayollar va oʻsib 
kelayotgan avlodning salomatligini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 7-sentyabrdagi “Bolalarni ijtimoiy koʻnikma 
markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi, O‘zbekiston Respublikasi “Oila va xotin-
qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy 
hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida“gi 04.07.2022 yildagi 358-sonli O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarni misol qilish mumkin.
Farovon turmush va ahil oiladan esa bevosita, sogʻlom farzand dunyoga 
keladi. Davlatimiz tomonidan, joriy yilga “Sogʻlom bola yili” deb nom berilganligi 
farzandlarimizning sogʻligʻi, ularning kelajagi haqida koʻrsatilayotgan e’tibor va 
gʻamxoʻrlikning yana bir amaliy ifodasidir. Farzandlari sogʻlom yurtning ertasi 
ulugʻ, maqsadi ravon boʻladi. Davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida farzandning sogʻlom 
va barkamol boʻlishida oilaning oʻrni naqadar beqiyos ekanligini koʻrsatib, 
“Sogʻlom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat boʻlib oʻsib-ulgʻayishi koʻpgina talab 
va omillarga bogʻliq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. Lekin ular orasida 
shunday oʻta muhim, hal qiluvchi mezonlar borki, bu haqda alohida toʻxtalishni 
oʻrinli, deb bilaman. Biz oilani hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak nasllar 
taqdiriga kuchli ta’sir koʻrsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilamiz. 
Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, oʻz Vataniga, xalqiga 
sadoqatli boʻlish kabi olijanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi. Shuning 


78 
uchun xam oilani barkamol, sogʻlom avlodni voyaga yetkazishdagi ahamiyati 
beqiyosdir”, deb taʻkidlab oʻtadilar. Oilaning asosiy vazifasi xam jamiyatga fidoyi 
komil insonlarni yetishtirib berishdan iborat. Zero, sogʻlom bola bu sogʻlom 
oilaning mevasidir. Sogʻlom inson deganda, faqat jismoniy sihat-salomatlikni emas, 
balki oʻzbek xalqiga xos sharqona odob-axloq, milliy gʻoya va bagʻrikenglik, 
insonparvarlik kabi ezgu his-tuygʻular ruhida kamol topgan maʻnan yetuk insonni 
tushunishimiz mumkin. Zero, maʻnaviy sogʻlom insonlar avvalo yurt tinchligi, xalq 
farovonligi va xalqning ertangi kuni uchun qaygʻura oladilar. Bevosita oiladagi 
sogʻlom muhit, sogʻlom mafkura, maʻnaviy sogʻlom insonning tayanch manbaidir 
deya olamiz. Jamiyatimiz mustahkam tayanchi boʻlmish oila nafaqat ertangi kun 
shaxslarini tarbiyalaydi, balki vatan va ertangi kun uchun qaygʻura olish qobiliyatini 
xam shakllantira olishi shubhasizdir. Oila – har birimiz kamolga yetadigan, 
farzandlarimiz oʻsib-ulgʻayadigan tabarruk dargoh. Hayotimiz mazmuni, ertangi 
kundan umidimiz oila bilan. Dunyoda hech kimdan kam boʻlmaydigan barkamol 
avlodni tarbiyalash, Vatanimizning buyuk kelajagini barpo etishdek ulugʻvor orzu-
umidlarimiz kamol topadigan beshik – oiladir. Nikohning quyi tizimi bolaning 
rivojlanishi uchun juda muhimdir. U unga kundalik oʻzaro munosabatlarda oʻzini 
namoyon qiladigan samimiy munosabatlar modelini taqdim etadi. Nikohning quyi 
tizimida bola qanday qilib mehr va muhabbatni ifoda etish, stressli sherik bilan 
qanday munosabatda boʻlish va tenglik asosida ziddiyatlarni yengib oʻtish 
misollarini koʻradi. Bola bu yerda koʻrgan narsasi tashqi dunyo bilan aloqada 
boʻlganda uning qadriyatlari va umidlarining bir qismiga aylanadi. Yaxshi 
ishlaydigan oilalarda ota-ona va bola quyi tizimlarida oʻzaro munosabatlar qoidalari 
ota-ona va bola quyi tizimlaridagidan farq qiladi. Shunday qilib, ota-ona va bola 
quyi tizimlariga qaraganda yuqori darajadagi uygʻunlikni namoyon etadi.

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling