Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo


Buxgalteriya hisobining funksiyalari


Download 55.63 Kb.
bet4/5
Sana09.04.2023
Hajmi55.63 Kb.
#1347311
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot

3. Buxgalteriya hisobining funksiyalari.
Buxgalteriya hisobi rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish bilan birga boshqaruv funksiyasi ham bor. Boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi ayrim bir funksiyalarni amalga oshiradi. Ularning asosiysi axborot, nazorat, mulklarning butligini saqlash, analitik funksiyalaridir. Axborot funksiyasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyati haqida o'z vaqtida, ishonchli axborotga bo'lgan ehtiyoj va unga bo'lgan talab ham oshib bormoqda. Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste'molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi va ular asosida boshqaruv va investision qarorlar qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o'zgarishlar, ularning harakati, xo'jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang'ich hujjatlarda aks ettiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti ishonchli, xolisona, o'z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste'molchilar uchun samarali bo'lish talabi qo'yiladi. Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko'rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi.
Nazorat funksiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasi kuchaytirish talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat bu avvalom bor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy ko'rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Belgilangan rejadagi ko'rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko'rsatkichlar bilan solishtirish natijasida kerakli tuzatishlar biznes rejaga kiritiladi. Mulkning butligini ta'minlash. Buxgalteriya hisobini to'g'ri yo'lga qo'yish mulkning butligini ta'minlash, turli xildagi yo'qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-o'lchash asboblari, o'lchash idishlari va boshqalar. Ushbu funksiyani amalga oshirishning asosiy instrumenti bo'lib, o'z vaqtida va belgilangan tarbida inventarizasiya o'tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobda aks ettirish hisoblanadi. Tahliliy funksiya. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan qarorlarni yaxshilash maqsadida o'rganish jarayonidir. Hisob funksiyasi korxona xo'jalik faoliyati hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o'zaro bog'langan ifodasidir.


XULOSA Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, xamma sohalarda o’zgarishlar ro’y bermoqda. Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar, uning asosini tashkil etuvchi korxonalarda xam o’zini to’la aksini topmoqda. Barcha mamlakatlarda buxgalteriya xisobi birinchi navbatda balanslashtirish prinsipiga tayanadi.
Ma'lumki, buxgalteriya balansi hisobni mustaqil yuritadigan xar bir xo’jalik yurituvchi sub'ektning ma'lum bir vaqtga bo’lgan moliyaviy axvolini pul ifodasida aks ettiradi. Keyingi paytlarda buxgalteriya xisobi va xisobot tizimida katta o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda. Bunda ayniqsa 1992 yil bozor iqtisodiyoti xamda xalkaro talablarga javob beradigan xisob tizimini yaratishda muhim sana bulib qoldi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitidagi buxgalteriya xisobini takomillashtirishning asosiy xususiyati shundaki, davlat tomonidan xisob ishlarini tashkil kilishga doir xujjatlarda buxgalteriya ishlarini uyushtirishning asosiy uslubiy prinsiplari bilan birgalikda sub'ektga xisob yuritishda u yoki bu siyosatni, buxgalteriya xisobining shaklini, xisob axborotini ishlash texnologiyasini, buxgalteriya ishlarini tashkil kilish usullarini tanlash xuquqlari berilgan. Shu munosabat bilan keyingi yillarda vatanimizdagi xisob nazariyasi va amaliyotida sub'ektning xisob siyosati degan tushuncha paydo bulib, u zamonaviy sharoitdagi buxgalteriya xisobining rivojlanish yunalishini aks etttirgan Buxgalteriya hisobini yuritishning eng asosiy prinsipi bo’lgan balanslashtirish prinsipidan tashqari, 1996 yilning 30-avgustida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya xisobi tug’risidagi qonunidir. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya xisobi tug’risida» gi qonuniga kura buxgalteriya xisobining tashkil qilinishi korxona, muassasa va tashkilotlarning raxbari tomonidan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharotida xar bir korxona, tashkilot yoki firma farmon, nizom va ko’rsatmalarga rioya qilgan xolda xisob siyosatini o’zi belgilaydi va sub'yektning raxbariyati yoki mulk egasining buyrug’iga muvofiq amalga oshriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshqaruv xisobini tashkil kilish va buxgalteriya xisobini yuritishning aniq tartib va qoidalari belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda korxona va firmalarda moliyaviy va boshqaruv xisoblarini tashkil kilish quyidagi qurinishda tashkil qilinsa maqsadga muvofiq buladi.


Download 55.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling