Jizzax majburiy fan matematika
+99893-829-99-46 - 27 - @DTM_YECHIM
Download 7.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1-kitob FARRUX ODILOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan misollar: 1.
+99893-829-99-46 - 27 - @DTM_YECHIM JIZZAX MAJBURIY FAN - MATEMATIKA Bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shishda, qo‘shiluvchilarning suratlari qo‘shilib, natija yig‘indining suratiga, maxraji esa o‘zgarishsiz qoldirilib, yig‘indining maxrajiga yoziladi. Masalan: 14 39 + 15 39 = 14+15 39 = 29 39 Bir xil maxrajli kasrlarni ayirishda, kamayuvchining suratidan ayriluvchining surati ayrilib, natijani ayirmaning suratiga, maxraj esa o‘zgarishsiz qoldirilib, ayirmaning maxrajiga yoziladi. Masalan: 18 37 − 16 37 = 18−16 37 = 2 37 Mavzu yuzasidan misollar: 1. Kasrlar ustida amallarni bajaring: 𝑎) 3 5 + 4 5 = 𝑏) 3 12 + 4 12 = 𝑑) 13 25 + 14 25 = 𝑒) 8 19 + 11 19 + 1 19 = 𝑓) 5 7 − 3 7 = 𝑔) 9 13 − 7 13 = ℎ) 46 125 + 34 125 = 𝑖) 118 219 + 110 219 = 2. Idishda 5 7 litr eritma bor edi. 4 7 litr eritma ishlatilgandan so‘ng, unga yana 3 7 litr eritma quyildi. Idishda qancha eritma bo‘ldi? 3. 200 gektar ekin maydonining 6 10 qismiga kartoshka va 3 10 qismiga piyoz ekildi. Necha gektar ekin maydoni bo‘sh qoldi? 4. Amallarni bajaring: 𝑎) 19 21 − 16 21 + 7 21 = 𝑏) 9 11 + 8 11 − 10 11 = 𝑑) 100 101 + 1 101 − 99 101 = 𝑒) 19 34 − ( 21 34 − 7 34 ) = 𝑓) 39 45 − ( 43 45 − 41 45 ) = 𝑔) 198 233 − ( 101 233 + 87 233 ) = +99893-829-99-46 - 28 - @DTM_YECHIM JIZZAX MAJBURIY FAN - MATEMATIKA 5. Tenglamani yeching: 𝑎) 𝑥 − 3 34 = 5 34 𝑏) 36 77 − 𝑦 = 11 77 𝑑) 𝑧 + 13 25 = 23 25 𝑒) 15 87 + 𝑝 = 86 87 6. Kitobning birinchi bo‘limi butun kitobning 5 13 qismini, ikkinchi bo‘limi esa uning 2 13 qismini tashkil etadi. Agar birinchi bo‘lim ikkinchi bo‘limdan 12 bet ko‘p bo‘lsa, kitob necha betdan iborat? 7. Tenglamani yeching: 𝑎) 17 35 − 𝑥 = 8 35 + 3 35 𝑏) 𝑦 − 17 21 = 19 21 − 16 21 𝑑)𝑧 + 35 49 = 41 49 + 39 49 Har qanday natural sonlarni bo‘lish natijasini kasrlar yordamida ifodalash mumkin. Yig‘indini songa bo‘lishda har bir qo‘shiluvchilarni alohida-alohida bu songa bo‘lib, so‘ng hosil bo‘lgan bo‘linmalarni qo‘shish kifoya. Mavzu yuzasidan misollar: 1. 2 ta qatlama 5 ta likopchaga teng qilib taqsimlandi. Har bir likopchaga qo‘yilgan qatlamani kasr ko‘rinishida ifodalang. 2. Yig‘indini songa bo‘lish qoidasiga ko‘ra ifodaning qiymatini toping: 𝑎) (34 + 51): 17; 𝑏) (3434 + 68) ∶ 34; 𝑑) 156 ∶ 26 + 364 ∶ 26; 𝑒) (133 + 228) ∶ 19; 𝑓) (952 + 3528) ∶ 56; 𝑔) 1107 ∶ 123 + 1353 ∶ 123. Download 7.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling