+99893-829-99-46 - 33 - @DTM_YECHIM
JIZZAX MAJBURIY FAN - MATEMATIKA
O‘nli kasrlarni qo‘shish (ayirish) uchun
• oldin ularning verguldan keyingi raqamlari soni nollar qo‘yib tenglashtiriladi;
• so‘ng ular «ustun» qilib, vergul vergulning tagiga tushadigan qilib yoziladi;
• vergulga e’tibor bermasdan qo‘shish (ayirish) bajariladi;
• hosil bo‘lgan songa tepadagi o‘nli kasrlar vergullari tagiga tushadigan qilib vergul
qo‘yiladi. Aytish joizki, o‘nli kasrlarni ularning verguldan keyingi raqamlarini nollar
qo‘yib tenglashtirmasdan ham qo‘shish va ayirish mumkin. Bu holda, nollar
yozilmasada, ular bo‘sh o‘rinlarda turibdi deb ish ko‘riladi.
Kasrning o‘nli yozuvida verguldan keyingi:
· birinchi xona – o‘ndan birlar xonasi;
· ikkinchi xona – yuzdan birlar xonasi;
· uchinchi xona – mingdan birlar xonasi deb ataladi va hokazo.
Mavzu yuzasidan misollar:
1.
Yig‘indini toping:
𝑎) 8,23 + 2,18; 𝑑) 82,12 + 54,42; 𝑓) 10,32 + 10,01; ℎ) 6,79 + 2,99;
𝑏) 11, 35 + 6,47; 𝑒) 4,22 + 10,82; 𝑔) 0,321 + 0,346; 𝑖) 94,514 + 26,465.
2.
Ayirmani toping:
𝑎) 9,5 – 6,1; 𝑏) 12,23 – 9,12; 𝑑) 8,9 – 3,6; 𝑒) 24,7 – 0,3;
𝑓) 0,06 – 0,02; 𝑔) 0,008 – 0,001; ℎ) 1,01 – 0,99; 𝑖) 42,53 – 2,53.
3.
a) Qaysi sondan 4,67 ayrilsa, 3,23 hosil bo‘ladi?
b) Qaysi songa 2,89 qo‘shilsa, 8,93 hosil bo‘ladi?
d) 8,34 hosil bo‘lishi uchun qaysi sonni 3,56 taga kamaytirish kerak?
e) 11,08 hosil bo‘lishi uchun qaysi sonni 8,06 taga orttirish kerak?
4.
Amallarni bajaring:
𝑎) 2,6 + 3,8 + 3,7 + 0,5; 𝑏) 6,5 – 2,3 + 3,1 – 2,5;
𝑑) 18 – (1,5 + 0,04)– 6,56; 𝑒) (3,09 + 4,08) – (23 – 20,7).
+99893-829-99-46 - 34 - @DTM_YECHIM
Do'stlaringiz bilan baham: |