Jizzax majburiy fan matematika
Download 7.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1-kitob FARRUX ODILOV
Mavzu yuzasidan misollar:
1. Ko‘paytirishni bajaring: 𝑎) 0,123 ∙ 1,6; 𝑏) 0, 21 ∙ 0,25 ; 𝑑) 21,25 ∙ 2,21; 𝑒) 0,14 ∙ 0,023; 𝑓) 1,26 ∙ 2,41; 𝑔) 2,99 ∙ 2,02; ℎ) 7,908 ∙ 0,4; 𝑖) 0,752 ∙ 0,3; 𝑗) 1,7 ∙ 1,601. 2. 2,5 kg konfet va 2,3 kg pecheniy sotib olindi. Agar 1 kg pecheniy 1500 so‘m, konfetning narxi pecheniynikidan 1100 so‘m ortiq bo‘lsa, bu xarid uchun qancha pul to‘langan? 3. Yer Quyosh atrofida sekundiga 29,8 km tezlikda aylanadi. Sayyoramiz: a) 4 sekundda; b) 5,8 sekundda; d) 23,4 sekundda; e) 1 minutda taxminan qancha yo‘l bosadi? 4. Qulay usulda hisoblang: 𝑎) 3,4 ∙ 2,6 + 1,3 ∙ 2,6 + 5,3 ∙ 0,7 + 5,3 ∙ 1,9 = 𝑏) 3,6 ∙ 3,8 + 1,6 ∙ 1,6 + 2,7 ∙ 4,6 + 0,9 ∙ 4,6 = 𝑑) 1,7 ∙ 2,3 – 1,7 ∙ 1,5 + 0,8 ∙ 2,2 – 0,8 ∙ 0,5 = 𝑒) 2,5 ∙ 3,5 – 1,6 ∙ 2,5 + 1,9 ∙ 0,7 + 0,8 ∙ 1,9 = 5 . Xaridorda 172 000 so‘m bor edi. U do‘ppi va ro‘molcha sotib oldi. Do‘ppi uchun hamma pulining 0,1 qismini, ro‘molcha uchun esa hamma pulining 0,01 qismini sarfladi. Xaridorda qancha pul qoldi? +99893-829-99-46 - 37 - @DTM_YECHIM JIZZAX MAJBURIY FAN - MATEMATIKA Sonni o‘nli kasrga bo‘lish uchun: • bo‘luvchida verguldan keyin nechta raqam bo‘lsa, bo‘linuvchida ham bo‘luvchida ham vergul o‘shancha xona o‘ngga suriladi; • so‘ng bo‘lish o‘nli kasrni natural songa bo‘lgan kabi amalga oshiriladi. O‘nli kasr hamda 0,1; 0,01; 0,001 va hokazo (bir nechta nollar va 1 dan iborat) sonlarning bo‘linmasini topish uchun o‘nli kasrdagi vergulni bu sonlarda birdan oldin nechta nol turgan bo‘lsa, o‘shancha xona o‘ngga surish kifoya. Agar nollar yetishmasa, oldin o‘nli kasr oxiriga keragicha nollarni yozish kerak bo‘ladi. O‘nli kasrni 0,1; 0,01; 0,001 va hokazo sonlarga bo‘lish — uni mos ravishda 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga ko‘paytirish demakdir. Shuningdek, o‘nli kasrni 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga bo‘lish — uni mos ravishda 0,1; 0,01; 0,001 va hokazo sonlarga ko‘paytirish demakdir. Download 7.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling