Jizzax majburiy fan matematika
Download 7.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1-kitob FARRUX ODILOV
+99893-829-99-46 - 4 - @DTM_YECHIM JIZZAX MAJBURIY FAN - MATEMATIKA Mavzu yuzasidan misollar: 1. Rasmda tasvirlangan AB kesma uzunligini toping. AB kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchab natijani tekshiring. 2. AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga ajratadi. Agar AC kesmaning uzunligi 21 mm, CD kesma AC kesmadan 6 mm uzun, DB kesma esa CD dan 7 mm qisqa bo‘lsa, AB kesmaning uzunligini toping. 3. a) 10 santimetr necha millimetr? b) 5 detsimetr necha millimetr? d) 6 metr necha detsimetr? e) 2 kilometr necha millimetr? 4. AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga ajratadi. Agar AC kesma uzunligi 34 mm, CD kesma AC kesmadan 12 mm qisqa, DB kesma esa AD dan 25 mm qisqa bo‘lsa, AB kesma uzunligini toping. 5. Millimetrda ifodalang: a) 5 sm 9 mm; b) 4 dm 6 sm 7 mm; d) 9 dm 2 sm. 6 . Santimetr va millimetrlarda ifodalang: a) 438 mm; b) 907 mm; d) 223 mm; e) 768 mm. 7. ABC uchburchakda: a) AB = 12 sm, BC = 32 sm, AC = 28 sm; b) AB = 5 dm, BC = 3 dm, AC = 4 dm; d) AB = 43 mm, BC = 5 sm, AC = 38 mm bo‘lsa, uning perimetrini toping. 8*. Ikki sonning yig‘indisi 2160 ga teng. Agar bu sonlarning ikkilangan yig‘indisiga ularning ayirmasi qo‘shilsa, 4680 hosil bo‘ladi. Shu sonlarni toping. +99893-829-99-46 - 5 - @DTM_YECHIM JIZZAX MAJBURIY FAN - MATEMATIKA Tekislik geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri. Geometriyada tekislik asosan ta’riflanmaydi; Toʻgʻri chiziq ning cheki (oxiri) yoʻq; To’g’ri chiziq har ikki uchi tomonga cheksiz davom etadi; Har qanday ikki nuqtadan faqat bitta toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin; Bir nuqtadan chiquvchi cheksiz davom etadigan shakl nur deb ataladi. Download 7.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling