Jizzax majburiy fan matematika


+99893-829-99-46 - 12 - @DTM_YECHIM


Download 7.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana11.10.2023
Hajmi7.6 Mb.
#1697779
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
1-kitob FARRUX ODILOV

 
+99893-829-99-46 - 12 - @DTM_YECHIM 

JIZZAX MAJBURIY FAN - MATEMATIKA 
 
Noma’lum qiymatini topish talab qilinayotgan harf qatnashgan tenglikka 
tenglama 
deb ataladi. 
 
Noma’lum harfning tenglamani to‘g‘ri sonli tenglikka aylantiradigan qiymati 
tenglamaning ildizi
(yechimi) deb ataladi. 
 
Tenglamani yechish
deb, uning barcha ildizlarini topishga (yoki uning birorta ham ildizi 
yo‘qligini aniqlashga) aytiladi. 
 
Noma’lum qo‘shiluvchini topish uchun yig‘indidan ma’lum qo‘shiluvchini ayirish 
kerak. 
Masalan: 𝑥 + 23 = 57 → 𝑥 = 57 – 23 → 𝑥 = 34

 
Noma’lum kamayuvchini topish uchun ayiriluvchini ayirmaga qo‘shish kerak. 
Masalan: 𝑦 – 9 = 16 → 𝑦 = 16 + 9 → 𝑦 = 25
 
Noma’lum ayiriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ayirish kerak. 
Masalan: 38 – 𝑧 = 12 → 𝑧 = 38 – 12 → 𝑧 = 26
 
Mavzu yuzasidan misollar:
 
1.
Tenglamani yeching: 
𝑎) 𝑥 + 45 = 79 𝑒) 𝑦 – 3072 = 1136 
𝑏) 1306 + 𝑥 = 2176 𝑓) 796 – 𝑧 = 423 
𝑑) 𝑦 – 463 = 361 𝑔) 2609 – 𝑧 = 1423 
2. 
Botir bir son o‘yladi. Agar unga 74 ni qo‘shib, hosil bo‘lgan yig‘indiga yana 21 qo‘shilsa, 
142 hosil bo‘ladi. Botir qaysi sonni o‘ylagan? 
3.
Tenglamani yeching: 
𝑎) (𝑥 + 24) – 12 = 79 𝑏) (𝑦 – 29) + 45 = 76 
𝑑) (122 + 𝑥) – 291 = 157 𝑒) 784 + (𝑦 – 165) = 869 
𝑓) (𝑥 + 3013) + 2222 = 7162 𝑔) 542 – (𝑦 – 307) = 148 
4. 
Uchta kesmaning uzunliklari yig‘indisi 244 sm. Birinchi kesma uzunligi 𝑦 sm bo‘lib, u 
ikkinchi kesmadan 13 sm uzun, uchinchi kesmadan esa 65 sm qisqa. Birinchi kesma 
uzunligini toping. 


 
+99893-829-99-46 - 13 - @DTM_YECHIM 

JIZZAX MAJBURIY FAN - MATEMATIKA 
 
Sonini b soniga ko‘paytirish deganda, har biri a soniga teng bo‘lgan b ta
qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish tushuniladi. 
Masalan:
 
a va b sonlari ko‘paytmasi a · b tarzida yoziladi. Bu yerda a · b – 
ko‘paytma
,
a va b sonlar esa
ko‘paytuvchilar
deb ataladi. 
Masalan: 24 ∗ 4 = 96 24 va 4 ko’paytuvchilar, 96 −ko’paytma. 
 
Ko‘paytuvchilar o‘rnini almashtirgan bilan ko‘paytma o‘zgarmaydi. 
Masalan: 4 ∙ 8 = 8 ∙ 4 
 
Sonni ko‘paytmaga ko‘paytirishda sonni oldin birinchi ko‘paytuvchiga ko‘paytirish, 
so‘ng esa hosil bo‘lgan ko‘paytmani ikkinchi ko‘paytuvchiga ko‘paytirish kifoya. 
 

Download 7.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling