Jizzax politеxnika instituti ’’Arxitektura va qurilish” fakulteti


Download 390.76 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi390.76 Kb.
#1414223
1   2   3   4   5
Bog'liq
O

Vertikal montaj usulida binoni barpo etish, binoni alohida qismini odatda 2...4 ustun qadami oralig‘idagi binoning butun balandligi bo‘yicha olib boriladi. Bu usulning afzallik tomoni shundakim, qurilish maydoni o‘lchamlarining kichikligi, montaj krani va konstruksiyalar omborining qurilayotgan bino gabaritlarida joylashganligi. Binoni bir qismini butun balandligi bo‘yicha montaj qilishda shu qismda tomqoplama ishlari ham bajarilgandan keyin, montajdan keyingi va pardozlash ishlarini bajarishga kirishish mumkinligi, binoni pardozlash bilan barpo etish muddatini keskin qisqartiradi.
Birinchi yarusni ustunlari, odatda karkasdagi eng og‘ir konstruksiya bo‘lib, ko‘pincha alohida oqimda montaj qilinadi. Ishlab chiqarishni tezlashtirish, texnologik tanaffuslarni kamaytirish uchun stakan turidagi 1m balandlikdagi “to‘nkali” poydevorlarni zavodlarda tayyorlab olib kelish va montaj qilish tavsiya etiladi.
Bitta montaj kranini bitta yoki ikkita temperatura bloklarida ish olib borishi, optimal (ma’qul) texnologik yechimlardan hisoblanadi.
Elementlarini o‘rnatilish ketma-ketligi nuqtai nazaridan, ko‘p qavatli binolarni montaj qilish usulini aralash usul deb qarasa bo‘ladi. Montaj uchastkasida hamma ustunlarni , panellarni qamrovning butun yarusi bo‘yicha ilib mahkamlash alohida va kompleks holda rigellar va plitalarni montaj qilish oqilonadir. Elementlarni bunday ketma-ketlikda o‘rnatishdagi nisbiy erkinlik faqat minorali kranga xosdir. Agar o‘ziyurar strelali va minorali-strelali kranlar ishlatilsa, unda “kranga qarab” montaj prinsipiga to‘liq rioya qilinib, ketma-ket ko‘p miqdordagi ko‘p yarusli ustunlarni montaj qilish qo‘llanilmaydi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1 Bozorboyev N. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. I-qism. O‘quv qo‘llanma




2 Toshkent, 2000. 2. Bozorboyev N., Sobirov M. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. II-qism. O‘quv qo‘llanma Toshkent, 2000.
Download 390.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling