Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi


Energiya va koinot paydo bo‘lishining zamonaviy talqini


Download 0.51 Mb.
bet2/3
Sana27.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1298765
1   2   3
Bog'liq
XDSH 451-21

Energiya va koinot paydo bo‘lishining zamonaviy talqini
Fizikada energiyaning turli ko‘rinishlari o‘rganiladi. Masalan mexanik energiya (kinetik va potensial energiyadan iborat), ѐrug‘lik energiyasi, kimѐviy energiya, atom energiyasi va xokazo. Energiya doimo bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi. Bu aylanish tabiatda sodir bo‘lishi yoki uni biz amalga oshirishimiz mumkin
Masalan: Quyoshning nurlanish energiyasi dengiz va okeanlar sirtini qizdirib suvni bug‘lantiradi, bu bug‘lar shamolda materiklar bo‘ylab xarakatlanib soviydi va og‘irlik kuchi tasirida tog‘larga qor bo‘lib yog‘adi. Quyosh nuridan qor erib yana suvga aylanadi, bu suvlarning og‘irlik kuchi tasirida pastga qarab xarakatlanishidan daryo suvlari hosil bo‘ladi. Daryo suvlari yo‘liga elektrostansiyalar qurib suvning potensial energiyasini elektr energiyasiga aylantiramiz. Bu elektr energiyasini yorug‘lik, mexanik, issiqlik energiyalariga aylantirib ulardan foydalanamiz.
Ko‘rinib turibdiki energiya doimo bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi va hayotni ta’minlaydi.
Bunday katta bosim va haroratdan keyin portlash sodir bo‘lib kengayish boshlangan, bu hozirgacha davom etmoqda. Buyuk portlashning sxematik tasviri 1.3- rasmda keltirilgan.
Buyuk portlashdan oldin barcha mavjud koinot va galaktikalar o‘ta kichik xajm ichida, o‘ta zichlashgan xolda joylashgan va gigant qisilish natijasida portlagan. Albatta buni tasavvurga sig‘dirish qiyin.
Portlashdan so‘ng koinot kengayib borgan va asta sekin dastlab elementar zarralar, so‘ng atomlar, molekulalar, jismlar, eng so‘nggida biologik hayot shakllangan. Koinotning kengayishi hozir ham davom etmoqda. Hozirgi zamon fani xulosalariga ko‘ra bizning galaktikamiz (somon yo‘li galaktikasi) va Quyosh sistemasi bir necha milliard yil avval paydo bo‘lgan.
1.3-rasm
Quyosh Yerdagi barcha tiriklikning manbaidir. Quyoshning massasi taxminan 2 x 1030 kg, radiusi 1392000 km. Quyosh bizning ―Somon yo‘li galaktikamiz markazidan 26000 yorug‘lik yili masofasida joylashgan, Yerdan Quyoshgacha esa 150 mln. km. Yer Quyosh atrofida 365 kun 6 soatda bir marta aylanib chiqadi, orbitadagi chiziqli tezligi 267 km/s. Quyosh esa galaktika o‘qi atrofida 250 mln. yilda bir marta aylanadi.
Quyoshda uzluksiz ravishda termoyadro reaksiyalari davom etib turadi, uning markazidagi harorat 15000000°K daraja, bosim esa yuz milliard atmosferadan ham baland (bir atmosfera bosim 101 325 N/m2 ). Bunday harorat va bosimni tasavvur etish juda qiyin. Hozirgi zamon fani va texnikasi sun’iy ravishda bunday sharoit hosil qilishga qodir emas.Quyoshning nurlanish quvvati 3,8 x 10 20 MVt, Yerga bu quvvatning ikki milliarddan bir ulushi yetib keladi, bu taxminan 1,9 x10 11 MVt bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda Yer yuzining har bir kvadrat metriga 1000 Vt Quyoshning nurlanish quvvati mos keladi. Albatta, bu juda katta energiya, muhandislik tizimlarining vazifasi ana shu energiyadan foydalanishdir.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling