Mantiq fanining nazariy va amaliy ahamiyati. Faktlar va boshqa dalillarga tayanib
yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega
bo’ladi, kishilarda ishonch-e’tikodni
mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega
bo’lgan e’tiqodni yaratishdan iborat.
Ana shuning uchun ham yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-
e’tiqodni yaratish muhim
ahamiyat kasb etadi.Argumentlash ishonch-
e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-
e’tiqod esa, insonning komillik mezonlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Ishonch
–e’tiqod- bu kishillarning xulq-atvori va hatti –harakatini belgilab beradigan
qarashlari va tasavvurlaridir.
Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi
ma’lum bir darajada yoshlarning
chuqur bilimga, mustahkam ishonch-
e’tiqodga va, umuman, komil inson bo’lishlariga
bog’liq. Bu haqda Prezidentimiz I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson
deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan
o’zgalarga ibrat
bo’la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi
gaplar bilan aldab
bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr-
o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi».
2
Do'stlaringiz bilan baham: |