Jizzax politexnika instituti taqdimot slayd


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana11.11.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1767318
1   2   3   4   5
Bog'liq
taqdimot slayd (2)

Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq fikrlashning rivojlanishini, uning 
takomillashish jarayonini 
o’rganishni o’zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o’rganadi. Insonning 
fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar 
yordamida ifoda etish mumkin. Masalan, «Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan 
shug’ullanadilar», «Hamma kapalaklar 
hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha 
bo’lsada, ularning tuzilishi, shakli bir xildir. SHuning uchun ularni 
«Hamma S 
– R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb ifodalash mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari 
sinonim tushunchalar 
bo’lib,unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato bo’ladi.
Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon 
mantig’i turli yo’nalishlardan iborat bo’lib, ular birgalikda noklassik mantiq 
deb nomlanadi.
Ko’p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig’ining bir tarmog’i bo’lib, fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», 
«qisman xato», kabi tushunchalar orqali ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki 
xato) 
bo’lsa, ko’p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq qiymatlidir. SHuning uchun bu mantiq «ko’p ma’noli 
mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng oddiy sistema uch 
ma’nolidir. Masalan, Siz “inson huquqlari deklaratsiyasi”ni 
bilasizmi? -degan savolga 
“ha”, “yo’q”, “ozgina bilaman ” kabi javoblarni olish mumkin.
Induktiv mantiq (lot. Intuitio 
– dikqat bilan e’tibor berish, diqqat bilan kuzatish) – Hozirgi zamon noklassik mantig’i 
tarmog’i bo’lib, matematik intuitsiya prinsiplaridan kelib chiqadi. Bu prinsiplar XX asr olimlari L. E. Brauer va A. 
Geytinglar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Ma’lumki, nemis olimi Kantor ishlab chikqan to’plam nazariyasi bir necha hal qilib 
bo’lmaydigan paradokslarga uchragandan so’ng, bu krizisdan qutilish uchun logitsizm, formalizm, konstruktivizm, 
intuitsionizm kabi oqimlar paydo 
bo’ladi. Bular bunday ziddiyatni formal mantiq asosida hal qilishga harakat qildilar.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling