Jizzax politexnika instituti tarix fakulteti


Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash


Download 114.36 Kb.
bet7/8
Sana24.12.2022
Hajmi114.36 Kb.
#1051873
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BINO VA INSHOATLARNING YONISH VA PORTLASH BO‘YICHA TOIFALANISHI kurs ishi

Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash
Portlashga moyil xonalari mavjud bo‘lgan sanoat korxonalarini loyihalashda, ularni portlashdan va butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat qiladigan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘lib, portlashga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari ishlab chiqarish tartibini yaratish yoki tanlash jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab chiqarishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim bo‘ladiki, uni ishlatish jarayonida dastgoh va uskunalardan portlovchi gaz va havo aralashmasini hosil bo‘lishiga etarli bo‘lgan yonuvchi gaz va suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham portlaydigan miqdorgacha yig‘ilib qolmasligini ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak. Agar barcha tadbirlarni bajarganda ham, portlash xavfi to‘liq bartaraf etilmaydigan bo‘lsa, bu holda bino va inshootlarni loyihalashda maxsus konstruktiv echimlar vositasi bilan ularni portlash oqibatidagi buzilish darajasini kamaytirish choralari qo‘llaniladi.
Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi bo‘yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo‘lishi sababli yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib ketishdan saqlash maqsadida «Ishlab chiqarish binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda portlash paytida hosil bo‘ladigan bosimni ta’sir kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi» binoning yuk ko‘taruvchi asosiy qismlarini saqlab qolish uchun xizmat qiladigan qurilmalar rejalashtiriladi.
Elektr va gaz payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi
Qurilish jarayonida bino va inshootlarni mustahkamligini oshirish maqsadida metal va temirbeton qurilmalarni o‘zaro bog‘lab, ularni yaxlit bir hajmiy tizimga keltiriladi. Buning uchun elektr yoki gaz payvandlash uskunalaridan foydalaniladi. Elektr va gaz payvandlash uskunalarini ishlatish jarayonida payvand qilinayotgan nuqtada ochiq alangani hosil bo‘lishi va undagi harorat 1100o S gacha ko‘tarilishi mumkin. SHuning uchun payvandlash ishlarini bajarish davomida ma’lum tartib va qoidalarga rioya qilish zarur bo‘ladi. Bunday ishlarni ochiq havoda yoki yopiq xonalarda doimiy o‘tkaziladigan joylari tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida belgilanadi. Yopiq sexlarda payvandlash ishlarining vaqtinchalik o‘tkaziladigan joylari, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimning yozma tariqasida bergan ruxsatnomasi bilan aniqlanadi.
Olov bilan bog‘liq bo‘lgan payvandlash ishlari bajariladigan joylarda albatta dastlabki o‘t o‘chirish vositalari ishga tayyor holda bo‘lishi va barcha payvandlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilishi shart. Vaqtinchalik elektr yoki gaz payvandlash ishlari bajariladigan joylarda 5m radius kengligida aylanma hudud yonuvchi ashyolardan tozalangan bo‘lishi lozim. Agar elektr payvanchi balandda ishlayotgan bo‘lsa, pastda payvandlash paytida uchib chiqayotgan uchqunlarni tarqalishini kuzatib turgan yordamchi bo‘lishi va payvandchining yonida yongan elektrodlar qoldig‘ini solish uchun maxsus metal quticha bo‘lishi lozim. Elektr payvandlash va gazda qirqish ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi: -yong‘in xavfsizligini ta’minlamasdan turib payvandlash uskunalarini ishlatish, hamda nosoz bo‘lgan uskunalarda ishlash; -maxsus belgilangan ximoya kiyimlarini kiymasdan turib ishni boshlash; -kislorod balonlari va yonuvchi gaz balonlarini, karbit va bo‘yoq mahsulotlari solingan idishlar bilan bir xonada saqlash; -karbit solingan idishlarni zax tortishi mumkin bo‘lgan erto‘lalarda saqlash; -asetilen generatori va uning qismlari muzlab qolganda olov yoki qizdirilgan buyumlar yordamida muzini eritish; -yonuvchi gaz va kislorod balonlari, atsetilen generatori bor bo‘lgan joylarda chekish va ochiq holdagi olovlardan foydalanish; -karbit solingan idish qopqog‘ini ochishda misdan qilingan asboblardan foydalanish. Havodagi gaz va chang moddalarining yonish jarayoni Yonuvchi bug‘ va gazsimon moddalarning yonish va portlash xavfi ularning alangalanish chegaralari, chaqnab yoki alangalanib yonish harorati va alanganing tarqalish tezligi bilan belgilanadi. 451 Yonuvchi gazning havodagi kislorod bilan aralashmasi yonish uchun etarli darajada yig‘ilib qolgan muhitda haroratning ko‘tarilishi, uning o‘zo‘zidan alangalanib ketishiga sabab bo‘ladi. Aralashmaning yonishiga sabab bo‘lgan dastlabki haroratni, uning alangalanish harorati deb ataladi. Gazning havo bilan aralashib yonishi har qanday aralashma holatida ham amalga oshavermaydi, balki ma’lum chegaraviy miqdordagi aralashma hosil bo‘lganidagina yonishi mumkin. Shuning uchun ham aralashmalarning alangalanadigan miqdorlari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda gazlarning quyi chegara miqdori deb, ularning alanga hosil qilgan holatidagi minimal miqdori tushuniladi va ana shu quyi chegara, sanoat korxonalarining yong‘in va portlash xavfiga moyillik toifalarini aniqlashda asosiy me’zon bo‘lib xizmat qiladi. Qurilishda ishlatiladigan ba’zi yonuvchi modda va ashyolarning yonish va portlash xavfi o‘zaro birbiriga o‘xshash bo‘ladi. Ammo ahamiyatli farqi 452 shundaki, portlash jarayonida alanganing atrofga tarqalish tezligi yong‘indagiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. YOnuvchi gaz va bug‘larning havo bilan gomogen aralashmasi ma’lum sharoitda portlab yonish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bino va inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan. portlovchi bosim kuchini aniqlash va engil otiluvchi himoya qurilmalarini loyihalash uchun yong‘in paytida alangani tarqalish tezligini bilish juda zarur hisoblanadi. Modda va ashyolarning yonuvchanlik va portlash xususiyatlari ularning yonish jarayonidagi agregat holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar yonuvchi moddalarning agregat holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Jumladan, yonuvchi modda gazsimon bo‘lganda bu ko‘rsatkichlar quydagilardan iborat bo‘ladi:
- alanganish chegara miqdori (ACHM); - alangani tarqalish tezligi (ATT);
- kislorodni portlashdagi quyi miqdori (KPQM);
- o‘z-o‘zidan alangalanish va chaqnab yonish harorati (Ta); - portlash jarayonidagi xavfli bosim (Rmax); - bosimni ko‘tarilish tezligi va boshqalar. Yonuvchi gazsimon moddalarning atmosferada alangalanish chegaralari, ularni ma’lum atmosfera bosimi ostida, tashqi harorat manbai ta’siridan (butun hajmi bo‘yicha) alangalana olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, havodagi nisbiy miqdori bilan aniqlanadi. Bunday holatdagi gazlarning yonish va portlash chegaralari ikkita, ya’ni quyi va yuqori chegara miqdorlar hajmida bo‘ladi. Aralashma tarkibidagi yonuvchi gazsimon moddaning aralashmada portlash yoki yong‘inni keltirib chiqara oladigan eng ko‘p miqdori, uning yuqori chegaraviy miqdori (YUCHM), va yonish sodir bo‘lmaydigan eng kam miqdori esa quyi chegaraviy miqdor (QCHM) deyiladi.
Odatda yonuvchi moddaning yonish jarayonida tezlatgich (katalizator) sifatida, havodagi kislorod ishtirok etadi va uning atmosferadagi azotga nisbati 1/3,76 ni tashkil etadi. Shu boisdan yonish reyaksiyalarini hisoblashda azotning ishtiroki inobatga olinishi shart. Yonuvchi gazlarning havo bilan har qanday nisbatdagi oddiy aralashmasi o‘z-o‘zidan alangalanavermaydi, balki uning harorati ma’lum miqdordan, ya’ni alangalanish haroratiga teng yoki undan yuqori bo‘lgandagina yonishi mumkin. Quyidagi 5.4-jadvalda kundalik hayot faoliyatimizda ishlatiladigan tabiiy va sun’iy hosil bo‘ladigan asosiy yonuvchi gazlarni alangalanish harorati va chegaralaridan namunalar berilgan.
Yonuvchi chang zarrachalari havo bilan aralashganda, ma’lum harorat va bosim ta’sirida yonishi yoki portlashi mumkin. Ularning bunday sharoitda yonishi (yoki portlashi) uchun etarli bo‘lgan eng kam miqdoriga, qo‘yi alangalanuvchi chegara miqdori deb yuritiladi.
Qurilish me’yorlari va qoidalariga binoan changlar ikki turga ajratilgan, ya’ni yonuvchanlik quyi chegara miqdori 65 g/m3 dan yuqori bo‘lganda yonishga xavfli va portlashining quyi chegara miqdori 65 g/m3 dan past bo‘lganda portlashga xavfli xisoblanadi.
Bundan tashqari chang yonuvchanligi va portlashga moyilligi bo‘yicha 4-ta sinfga bo‘linadi, ya’ni portlash xavfi bo‘yicha ikkita sinfga:
1-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m3 gacha bo‘lgan portlovchi changlar;
2-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m3 dan yuqori bo‘lgan portlovchi changlar.
Hamda alangalanib yonish bo‘yicha ikkita sinfga bo‘linadi:
3-sinf: alangalanish harorati 2500 Cgacha bo‘lgan yonuvchi changlar;
4-sinf: alangalanish harorati 2500 Cdan yuqori bo‘lgan yonuvchi changlar.
Ba’zi yonuvchi changlarning yonish va portlash quyi chegara miqdori quyidagicha. Masalan, un changi- 30 g/m3 , kraxmal changi- 40 g/m3 , paxta changi 65 g/m3 dan yuqori, yog‘och changi- 67 g/m3 , tamaki changi- 68 g/m3 , tosh ko’mir changi-114 g/m3 yonuvchilarga, kanifol changi- 5 g/m3 , oltingugurt changi- 2,3 g/m3 , shakar changi - 8,9 g/m3 va boshqalar portlovchilarga misol bo‘ladi.
Changlarni yuqori miqdroiy alangalanish chegaralari odatda etarli darajada baland bo‘lganligi sababli, ishlab chiqarish sharoitida ularga etishib bo‘lmaydi. Yonuvchi suyuqliklarning yonish xavfi, odatda ularning harorat ko‘rsatkichlari, kimyoviy tarkibi hamda bug‘lanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Ba’zi engil alangalanuvchi suyuqliklarni chaqnab portlashiga tashqi muhit haroratining ko‘tarilishi sabab bo‘lishi mumkin.
Suyuqliklarning yonuvchanlik darajasi ularning chaqnash haroratiga qarab belgilanadi va ikki toifaga bo‘linadi. Ya’ni, chaqnash harorati 61o Cdan past bo‘lgan suyuqliklar engil alangalanuvchi va yuqori bo‘lganlari esa engil yonuvchi suyuqliklar turkumiga kiritilgan. Ishlab chiqarishda, harorati chaqnash haroratidan yuqori bo‘lgan muhitlarda, bu turdagi suyuqliklarni qo‘llanilishi xavfli hisoblanadi. Davlat xavfsizlik me’zonida ba’zi engil yonuvchi suyuqliklarning chaqnash harorati quyidagicha berilgan: Atseton-1,80 C, benzol-150 C, benzin- 500 C, solyarka –380 C, kerosin –280 C, skipidar –340 C, toluol-60 C, ksilol –230 C, motor yonilg‘isi-700 C va boshqalar.


    1. Download 114.36 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling