K I R I SH
Ushbu uslubiy ko‘rsatma bo‘yicha «Qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan
foydalanish» fanini o‘rganish 5340400 «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi
va montaji» mutaxassisliklari buyicha tayyorlanayotgan
bakalavrlarda qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishdan foydalanish asoslari,
usullari
texnologiyasi, ularni joy sharoitiga mos holda qo‘llanilishi, har bir usulning ijobiy va
salbiy tomonlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llaniladigan
usullar va ularni hududiy muammolar echimlari haqida bilimlar uchun zarurdir.
Uslubiy ko‘rsatmada “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish”
fanidan mustaqil ta’lim mavzulari berilgan.
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish” fanini o‘rganishdan
maqsad
talabalarda isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash tizimlaridan
foydalanilganda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan
foydalanishning usullari
bilan tanishtirish va hozirgi kunda rivojlanib borayotgan energiya olishning alternativ
usullari xaqida bilim berishdir.
Bakalavr o‘lchash ishlari soxasida bilimga; isitish,
shamollatish va havoni
konditsiyalash tizimlaridan foydalanilganda bu tizim uchun sarf bo‘layotgan
energiyani tejashning samarador usullarni qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: