Quyosh energetikasi - quyosh energiyasidan foydalanib
issiqlik va elektr
energiyasi olish bilan bog‘liq bo‘lgan soha.
Quyosh yordamida issiqlik bilan ta’minlash - quyosh nuridan isitish, issiq suv
bilan va iste’molchilarni texnologik extiyojlarini ta’minlash maqsadida foydalanish.
Quyosh yordamida issiq suv bilan ta’minlash - quyosh nuri energiyasidan,
maishiy- kommunal va texnologik zaruriyatlar uchun suvni qizdirib berish maqsadida
foydalanish.
Quyosh elementi - quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘zgartirishning turli fizik omillariga asosan ishlab chiqarilgan element.
Quyosh fotoelektrik elementi - fotoeffekt asosidagi quyosh elementi.
Quyosh kollektori – quyosh nuri energiyasini yutib uni issiqlik energiyasiga
o‘zgartirib beruvchi qurilma.
Quyosh energiyasi konsentratori – nurlarni qaytish va sinish xususiyatlariga
asoslangan quyosh nuri oqimi zichligini oshirish uchun optik qurilma.
Quyosh nuri bilan isitishning aktiv tizimi – iste’molchini isitish bo‘yicha
yuklamasini to‘la yoki qisman qamrab olish maqsadida quyosh kollektorlarida
issiqlik tashuvchini qizdirish uchun quyosh energiyasidan foydalanuvchi tizim.
Quyosh nuri bilan isitishning passiv tizimi –quyosh energiyasidan
foydalanilgan tizim. iste’molchini isitish bo‘yicha yuklamasini to‘la
yoki qisman
qamrab olish maqsadida quyosh kollektorlaridan foydalanilmasdan quyosh
energiyasini qabul qiluvchi va akkumulyatorlar sifatida
bino va inshootlarning
konstruktiv elementlaridan foydalanuvchi tizim.
Do'stlaringiz bilan baham: