Jizzax Politexnika instituti Transport fakulteti Yo`l muhandisligi yo`nalishi 111-20 guruh talabasi Mamatmurodov Jahongirning Avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnologiyalari fanidan amaliy topshiriq
Geosintetik materiallarni yo’l qurilishida
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekonstruksiya
2.Geosintetik materiallarni yo’l qurilishida
qo’llash. Mazkur davlat standarti avtomagistrallar, aerodromlar, umumiy foydalanishdagi yo‘llar, aholi punktlari, vaqtinchalik yo‘llar va yer osti yo‘llarini, shuningdek avtotransport vositalari uchun to‘xtab turish joylarini qurish va ta’mirlashda armaturalovchi va ajratuvchi qatlam sifatida ishlatishga mo‘ljallangan yer qoplamasi qatlamlarini ajratish va ortiqcha qismini chetlatish uchun geosintetik materiallar (keyingi o‘rinlarda — materiallar) bo‘yicha texnikaviy shartlarni belgilaydi. maksimal yuklanish — sinov vaqtida olingan cho‘zishdagi maksimal kuch. maksimal yuklanishda nisbiy cho‘zilish — maksimal yuklanish jarayonida cho‘zilishning foizda ifodalangan nisbiy deformatsiya; ko‘ndalang yo‘nalish — ishlab chiqarishda va keyinchalik o‘rab joylashda rulonning harakat yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan material polotnosining tekisligidagi yo‘nalish; uzunasiga yo‘nalish — ishlab chiqarishda va keyinchalik o‘rab joylashda rulonning harakat yo‘nalishiga parallel bo‘lgan material polotnosining tekisligidagi yo‘nalish; cho‘zilishdagi mustahkamlik — sinov vaqtida kuzatiladigan hamda namuna uzilgunicha cho‘zilgandagi maksimal yuklanish; o‘rab joylash birligi — iste’molchiga jo‘natishga tayyor bo‘lgan materialning alohida o‘rab joylangan birligi. Yer qoplamasi qatlamlarini ajratish uchun mo‘ljallangan materiallar mazkur davlat standarti talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 4.1.1. Foydalaniladigan boshlang‘ich xomashyoga ko‘ra materiallar quyidagi turlarga bo‘linadi: polipropilen tola asosida; poliamid tola asosida; polietilen tola asosida (bikomponent tolalarda). 4.1.2. Dag‘al matoni (xolstni) hosil qilish usuliga ko‘ra materiallar quyidagilardan ishlab chiqariladi: shtapel toladan; polimer eritmasidan. 4.1.3. Tolalarning birikish turiga ko‘ra materiallar quyidagicha ishlab chiqariladi: keyinchalik termik ishlov berish orqali igna bilan teshilgan; termik biriktirilgan. . Materialning har bitta qadoq birligi o‘ramga yopishtirilgan yoki tushirilgan etiketka ko‘rinishidagi markirovkaga ega bo‘lishi kerak. Markirovkalashda o‘rab joylash materialiga etiketkalarni yopishtirmasdan shtamp bilan bajarishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, shtamp izi aniq, tushunarli va o‘chib ketmaydigan bo‘lishi kerak. Markirovkani takrorlanadigan matnli o‘ram tasmaga tushirishga yo‘l qo‘yiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling