Jizzax politexnika instituti
Download 1.24 Mb.
|
Tush. xati-savdo mar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Zilzilaga, emirilishga va yong‘inga qarshi qabul kilingan chora-tadbirlar Zilzilaga qarshi choralar.
- Emirilishga qarshi choralar.
- YOng‘inga qarshi choralar.
- Jamoat binolarini loyihalashda qo‘llaniladigan industrial konstrukiyalar turlari Tasmali temirbeton poydevorlar uchun to‘shamalar
- Erto‘la devorlari, sokol va poydevorlar uchun beton bloklar
- Temirbeton G‘OVAKli orayopma panellari
- ZINAPOYALAR
- Zinapoya qutisining sxemasi
- Zinapoya qutisining qirqimi 7. FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR. RO‘YXATI
Ichki va tashqi pardozlash ishlari. Loyihalanadigan binoda ichki va tashqi pardozlash ishlari, ishlarni olib borish bo‘yicha tegishli QMQlari talablari asosida bajarilgan. Binoning barcha ish kabinetlari va ichki yo‘laklari xonalarining ichki devorlari ohak-qumli tarkibga ega bo‘lgan oddiy qorishma bilan suvoqlangan. Binoning namlik rejimiga ega bo‘lgan hojatxona va yuvinish xonalarining devorlari ohak-sement va qumli murakkab qorishma bilan suvoqlangan. Barcha ish kabinetlari va ichki yo‘laklarining ichki devorlari suvoq ustidan “megomeks” maxsus silliqlash qorishmasi bilan yupqa tekislashdan o‘tkazilgan va barcha devorlar suvli emulsiya bo‘yog‘i bilan bo‘yoqlangan. Bo‘yoqlash ishlari xar bir xonada boradigan funksional jarayonlarni hisobga olgan holda tegishli koler yoki rang beruvchi bo‘yoqlardan foydalangan holda bajarilgan. Barcha xonalarda pol sathidan 0,4 m balandlikda devorlarning pastki qismida “sapojka” shaklida ajratib alohida suv bo‘yoqli havo rang bo‘yoq bilan bo‘yoqlangan. Devorlarning xona shiftiga etmasdan 0,15 balandlik qismida rangli bo‘yoqlash to‘xtatilgan va rangli koler bilan ajratuvchi chiziq tortilgan. Barcha xonalarning shiftlari oq rangda bo‘yoqlangan. YUvinish va hojat xonalarining devorlari 2,20 m balandlikda suv va namlik tasir etmaydigan sirlangan plitkalar bilan qoplangan. Loyihalanadigan binoning tashqi devorlari to‘lig‘icha ohak-sement va qumli murakkab qorishma bilan suvoqlangan. Murakkab qorishma ustidan “megomeks” maxsus silliqlash qorishmasi bilan yupqa tekislashdan o‘tkazilib barcha devorlar suvli emulsiya bo‘yog‘i bilan bo‘yoqlangan. Bo‘yoqlash ishlari binoning tekis va alohida chiqib turgan qismlarini ajratgan holda turli bo‘yoqlar berish bilan amalga oshirilgan. Binoning sokol qismi suv va nam tasir etmaydigan sirlangan pltkalar bilan qoplangan.
Binoda zilzila kuchlariga qarshi hamda binoning bikrligini saqlash uchun poydevorlarning ustki qismidan to‘lig‘icha 300 mm qalinlikda yaxlit temirbeton zilzila belbog‘lari yuritilgan, binoning poydevoridan oxirgi qavat orayopmasi balandligida 150-200 mm qalinlikda tik yo‘nalishda temir beton zilzila belbog‘lari, qavatlararo balandlikda bo‘ylama yo‘nalishda joylashtirilgan orayopma plitalari va ularni bir-biri bilan bog‘lovchi 220-250 mm qalinlikda qo‘yilgan temir beton zilzila belbog‘lari ishlangan. Emirilishga qarshi choralar. Loyihalanadigan binoning poydevorlarini grunt tarkibidagi er osti suvlari, turli xil biologik termitlar va boshqa tasirlardan saqlash uchun tashqi tomondan bitum bilan ikki marotaba bo‘yoqlangan. Devorlarni tashqi tasirlardan saqlash uchun sokol konstruksiyalari tashqi tomondan sirlangan plitkalar bilan qoplangan. Poydevor va deor konstruksiyalarining orasiga devorlarni turli xil namlik, sho‘r va boshqa tasirlardan saqlash uchun ikki qavat pergamin mahsuloti to‘shalgan. YOng‘inga qarshi choralar. Loyihalanayotgan bino koridorli usulda qurilgan. Bino xonalarida hosil bo‘lgan yong‘innning boshqa xonalarga o‘tishini oldini olish uchun xar bir xonaning ikkinchi xona bilan birlashish chegarasidagi devorlar yong‘inbardosh mahsulotlardan ishlangan. Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari ishlangan yog‘och mahsulotli elementlari yong‘inga qarshi maxsus kimyoviy suyuqliklar bilan ishlov berilgan. Jamoat binolarini loyihalashda qo‘llaniladigan industrial konstrukiyalar turlari Tasmali temirbeton poydevorlar uchun to‘shamalar (seriya I.II2-I bo‘yicha I-chiq.) Erto‘la devorlari, sokol va poydevorlar uchun beton bloklar Temirbeton G‘OVAKli orayopma panellari ZINAPOYALAR Zinapoya qutilari o‘lchamlari Zinapoya qutisining sxemasi Zinapoya qutisining qirqimi 7. FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR. RO‘YXATI 1. E.V.SHipacheva, T.A.Sarkisyan. Proektirovanie generalnыx planov grajdanskix i promыshlenыx zdaniy. Toshkent. «Fan va texnologiyalar». 2007 g. 2. E.V.SHipacheva, T.A.Sarkisyan. Proektirovanie maloetajnыx jilыx zdaniy s nesuщimi stenami.. Toshkent. «YAngi avlod asri». 2006 g. 4. SHNK 2.08.02-09. “Jamoat binolari va inshootlari”. 5. QMQ 2.08.04-04 “Mamuriy binolar” 6. QMQ 2.08.06-97 “Sanitariya-epedemiologiya staniyalari” 5. KMK 2.01.01-94 Klimaticheskie i fiziko geologicheskie dannыe dlya proektirovaniya. 6. KMK 2.01.03-96 “Stroitelstvo seysmicheskix rayonax” 7. Vaitov M.M. “Memorchilik” 2-qism. Fuqaro binolari.Toshkent. “Tafakkkur” 2010. 8. SHukurov G‘. SH., Maxmudov M. M., Rafikov S. A., G‘aniev. SH. I. “Bino va inshootlar arxitekturasi”. O‘quv qo‘llanma. SamDAQI. Samarqand 2007. 10. P.G.Buga. Grajdanskie, promыshlennыe i selsko-xozyaystvennыe zdaniya. Moskva. Vыsshaya shkola 1987 g. 11. T.G.Maklakova. Arxitektura grajdanskix i promыshlenыx zdaniy. Moskva. Stroyizdat 1981g. 12. B.YA.Orlovskiy, A.A.Magay. Osnovы proektirovaniya grajdanskix i promыshlenыx zdaniy. Moskva. Stroyizdat 1980g. 13. A.A.YAkubovich. Zadaniya po chercheniyu dlya stroiteley. Moskva. Vыsshaya shkola 1984g. 14. Sbornik zadaniy po stroitelnomu chercheniyu. Moskva. Vыsshaya shkola 1980g. 15. T.G.Maklakova i dr,. Proektirovaniejilыx i obshestvennыx zdaniy. Moskva. Stroyizdat 1998g. 16. I.A. SHereshevskiy. Konstruirovanie grajdanskix zdaniy. Leningrad. Stroyizdat 1981 g. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling