Jizzax politexnika instituti


Loyihalash uchun berilgan


Download 1.24 Mb.
bet2/3
Sana07.06.2020
Hajmi1.24 Mb.
#115791
1   2   3
Bog'liq
Tush. xati-savdo mar


Loyihalash uchun berilgan:

-Zinapoya qutisining o‘lchamlari:

-A va B o‘qlar bo‘yicha 6,00 m (devorlar orasidagi masofa - 5,60 m);

-2-3 ko‘ndalang o‘qlar bo‘yicha 3,00 m (devorlar orasidagi masofa -2,62 m );

- Qavatning balandligi -3 m;

- Zinapoya marshining eni -1,05 m;

- Zinapoya qiyaligi 1/2;

- Pillapoyalar o‘lchami 150x300 mm;


Zinapoya qutisining enini aniqlaymiz
B=2l=2x150+100= 2200mm;

Bir marshning balandligi


H/2=3000/2=1500 mm;

Bir marshdagi pillapoyalar soni


n=1500/150=10 dona;
Marshning bo‘ylama yo‘nalishdagi proeksion uzunligi
a=300 (n-1)=300 (10-1)= 2700 mm;

Qavatlar balandligidagi va qavatlararo zinapoya maydonchalarining enini c1=1500 mm, c2=1500mm qabul qilamiz.


A=a+c1+c2=2700+1500+1500=5700 mm;
Zinapoya qutisining bajarilgan hisoblari bo‘yicha kurs loyihasini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmaning 6-ilovasi asosida 3,0 m ga teng bo‘lgan qavat balandligi uchun qavat va qavatlararo zinapoya maydonchalari va zinapoya marshini tanlab olamiz.

Zinapoya marshi uchun LM30-12 s markali marshni, qavat zinapoya maydonchasi uchun S-LPR 25-12 markali, qavatlararo zinapoya maydonchasi uchun S-LPR 25-12v markali maydoncha konstruksiyalarini tanlab olamiz.


j) Deraza va eshiklar
Binolarda eshiklar xonalarni bir-biri bilan bo‘ylama yo‘nalishda bog‘laydi, derazalar esa binolarda xonalarni tabiiy yoritish va tabiiy shamollatish uchun xizmat qiladi. Loyihalanadigan binoda eshiklarning tekis va oynabandlangan bir tabaqali va ikki tabaqali turlari qabul qilingan. Ish kabinetlari uchun eshiklari uchun DG 21-9 markali, tekis, balandligi 2071 mm, eni 870 mm bo‘lgan bir tabaqali yog‘och mahsulotdan ishlangan rangli turi, majlislar zali xonasining kirish eshigi uchun DK 21-13 markali, oynabandlangan, balandligi 2071mm, eni 1298 mm bo‘lgan ikki tabaqali yog‘och mahsulotdan ishlangan turi, hojat va qo‘l yuvish xonalari uchun DO 21-7 markali, oynabandlangan, balandligi 2071 mm, eni 870 mm bo‘lgan bir tabaqali plastik mahsulotdan ishlangan turlari qabul qilingan.

Loyihalanadigan binoda derazalarning oynabandlangan bir va ikki tabaqali turlari qabul qilingan. Loyihalanadigan binoda ish kabinetlarining tashqaridan yorug‘lik nuri va tabiiy shamollatilishi lozim bo‘lgan ish kabinetlari derazalari ikki qavatli, hojat va qo‘l yuvish xonalarining ikkinchi yorug‘likda ishlash uchun mo‘ljallangan derazalari bir qavatli tarzda oynabandlangan. Loyihalanadigan binoda qo‘llanilgan barcha turdagi derazalar plastik mahsulotidan ishlangan. Loyihalanadigan binoning ish kabinetlari uchun qo‘llanilgan barcha derazalarning o‘lchamlari xona sathi yuzasining 1/10...1/5 gacha nisbatda qabul qilingan.


6. Tom.

Bino konstruksiyalari va ichki xonalarni tashqi atmosfera tasirlaridan saqlash uchun binolarda tom konstruksiyalari loyihalanadi va qurilishi amalga oshiriladi. Tom konstruksiyasi qoplama va yuk ko‘taruv qismidan tashkil topadi. Tomlar turar joy binolarida loyihalanishiga qarab tekis va chordoqli tarzda loyihalanadi. Loyihalanayotgan binoda tom konstruksiyasi chordoqli ikki nishabli tarzda loyihalangan.

CHordoq ning yuk ko‘taruv konstruksiyasi markaziy ustun, ustunning ustki qismiga o‘rnatilgan to‘sin, bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorlar ustiga o‘rnatilgan mauerlat va stropiladan tashkil topgan. Top qoplamasi sifatida qalinligi 0,8 mm lik taboqli metall elementlardan foydalanilgan. Metall taboq elementlar stropilaga mix yordamida mahkamlangan 20 mm qalinlikdagi taxta to‘shamalarga o‘zi buraluvchi shruftli mixlar yordamida mahkamlangan. Metall taboqli elementlarning bir-biri bilan birlashadigan chok qismlari ostiga xuddi shunday metall elementlardan ishlangan suvni oqizuvchi ariq shaklidagi maxsus qoplamalar, tomning yuqorigi qismiga esa nishab tarzdagi qoplama o‘rnatilgan. Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari orayopma plitalariga maxsus bog‘lovchi simlar bilan tortib mahkamlangan.




  1. Download 1.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling