Jizzax sambhram universiteti «tasdiqlayman»


Download 158.06 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi158.06 Kb.
#1206239
1   2   3   4
Bog'liq
BBA IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI komilov

Jami

150 soat



Foydalaniladigan adabiyotlar:



Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari 1 semestr adabiyotlari


MT 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi PF-60-sonli Farmoni, 2022 yil 28-yanvar.
MT 2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil7-fevraldagi PF -4947 sonli Farmoni
MT 4. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
MT 5. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017
MT 6. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson ma’nfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yiligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017
MT 7. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruza matni. (lotin yozuvida).-T.TDIU 2007.-256
MT 8. Фридмен М. Основы монетаризма. – М.: ТЭИС, 2006. – 175 с
MT 9. Tashmatov Sh., Xasanxonova R. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O’quv qo’llanma. T., Iqtisod –moliya. 2019.

Ta’lim strategiyasi
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani kursni o‘qitish ta’limning kredit tizimi asosida ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlari, taqdimotlar hamda mavzu bo‘yicha vazifalar va mustaqil topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Ma’ruza, amaliy ishlarga oid o‘quv materiallarda ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar beriladi, amaliy ishlarni, mustaqil ishlarni bajarish va natijalarni hisoblash tartibi tushuntiriladi. Kurs bo‘yicha qo‘yilgan o‘quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, testlar, amaliy ishlar talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:

  • Video ma’ruzalar;

  • Elektron shakldagi ma’ruza matnlari;

  • Har bir mavzuga doir prezentatsiya slaydlari;

  • Amaliy mashg‘ulotlarga doir uslubiy ko‘rsatmalar;

  • Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va mashqlari va masalalar;

  • Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar.

Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga ma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentatsiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Talabalar mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida, har bir mavzudan so‘ng elektron ta’lim platformasida sinov (test) nazoratlaridan o’tadi. Shu yo’l bilan talaba o’zining mavzulardan olgan bilimini tekshirib boradi.
Amaliy mashg‘ulotlarda har bir mavzu bo‘yicha masalalar va ko’rsatmalar bo‘yicha materiallar, prezentatsiyalar, ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular (MT) bo’yicha talabalar tomonidan mustaqil ish tayyorlanadi. Mustaqil ta’limni tashkil etishni kafedraning yetakchi professor-o'qituvchilari tamonidan uslubiy qo’lanma ishlab chiqaladi va assistent o’qituvchi tomonidan metodik tavsiya, zaruriy ko’rsatma va bajarilishga qo’yilgan talablar talabalarga yetkaziladi. Mustaqil ta’lim oldindan belgilab qo’yilgan grafik asosida qabul qilinadi.
Ma’ruza, amaliy fanlaridan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortig’ini sababsiz qoldirgan talaba yakuniy nazoratlarga qo’yilmaydi. Mashg‘ulotlarning barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan (qayta o’zlashtirish bilan) talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi. Yakuniy nazoratda test, topshiriq, yozma va og’zaki shaklda, ishda savol va topshiriqlarning umumiy hajmining 50% mustaqil ta’lim manbalaridan shaklantirilishiga alohida e’tibor beriladi.



Download 158.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling