Jizzax shahar 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi Ta’lim – tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga


Download 27.46 Kb.
bet1/2
Sana09.05.2023
Hajmi27.46 Kb.
#1448959
  1   2
Bog'liq
Баённома 6108


Jizzax shahar 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi Ta’lim – tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan PF-6108 farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884 qarorini amalga oshirish uchun o‘tkazilgan yig’ilish
BAYONI №
“____”_____________ 2020-yil 4-maktab
Qatnashdi: maktab direktori O. Ismoilov, maktab rahbarlari va maktabning 100 nafar o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Kotibi: X. Nishonova
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori O‘.Ismoilovning ma’ruzasi eshtidi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar oshirilmoqda. Farmon loyihasidagi ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan 8 ta belgilariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Milliy o‘quv dasturni ishlab chiqilishi, umumiy o‘quv yuklamalari, o‘quv dasturlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash holatlariga alohida to‘xtaldi. Muassasalardagi pedagog xodimlarni malaka oshirish jarayonlaridagi yangi tizimga o‘tilishi ta’kidlab o‘tildi. O‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim muassasalari pedagoglariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy malaka toifasi berilishi belgilanganligi pedagog kadrlarni yanada ko‘proq quvontirib, o‘z ustida zamon talablari asosida ishlashlari ta’kidlab o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon loyihasidagi mavjud 35talik bandlik kengash ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyixasida 2021 yil 1 martga qadar malakali pedagog, ilmiyxodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturini (keyingi o‘rinlarda – Dastur) ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish:
tayanch o‘quv rejasini takomillashtirish va umumiy haftalik o‘quv yuklamasini kamaytirishhamda o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish;
o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga o‘z bilim
va ko‘nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o‘rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish;
fanlararo o‘zaro aloqadorlik va sinflar kesimida davriylikka to‘liq rioya qilgan holda o‘quv dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash;
yangi avlod darsliklarini o‘qituvchining metodik qo‘llanmasi, o‘quvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish;
o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda savodxonlik, kompetentsiya hamda shaxsiy sifatlarini baholash tizimini joriy etish;
2021 yil 1 mayga qadar Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda dasturni ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida ekspertizadan hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ta’minlash;
Dasturning 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy qilinishini ta’minlash to‘g‘risida fikrlar berilgan.
Prezident farmoni yuzasidan maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi B. Qodirova so‘zga chiqib, kengash ishtirokchilari bilan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm – fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PF-6108 sonli farmonlarining mazmun moxiyatini tushuntirib o‘tdi. PF-6108 bo‘yicha 2020-yil noyabr oyidan boshlab sinf rahbarlarining oylik maoshlari 1.5 barobarga oshishini, endilikda fan o‘qituvchilari MOKdan o‘tish jarayoni oliy ta’lim va nodavlat tashkilotlarda amalga oshishini, pedagoglarning attestatsiyadan o‘tkazilishi uchun undiriladigan pul mablag‘lari faqat qayta attestatsiyadan o‘tuvchilar uchun tegishli ekanligi, maktab direktorlarining ishga olinishi va ishdan bo‘shatilishi xududiy maxalliy deputatlarga bog‘liq ekanligi , maktabning bo‘sh turgan binolarini tugaraklar, seksiyalar, o‘quv markazalariga berilishi, 2021 yil 1-yanvardan boshlab olis xududa joylashgan byudjet tashkilotlariga mexnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan mutaxassislarga ir martalik bazaviy xisoblash miqdorining 50 baravarida bir martalik yordam puli berilishi, o‘quvchisi respublika fan olimpiadalarida o‘rin olsa navbatsiz toifa sertifikatlarini berish, maktab bitiruvchilari oliy ta’limga kirishi bo‘yicha ko‘rsatgichlarning yuqoriligiga qarab bir martalik raxbar va o‘rinbosariga rag‘batlantirshlarning berilishi kabi ulkan imkoniyatlarni aytib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘IBDO‘ X. Nishonova so‘zga chiqib Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida ushbu qonun hujjatlarida quyidagilar o‘z aksini topgan:
- Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan birgalikda 2021 yil 1 martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturini (keyingi o‘rinlarda - Dastur) ishlab chiqilib va unda quyidagilarni nazarda tutilgan :
- tayanch o‘quv rejasini takomillashtirish hamda uzaro uzviy bog‘lik fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish;
- o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga o‘z bilim va ko‘nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o‘rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish;
- fanlararo o‘zaro aloqadorlik va sinflar kesimida davriylikka to‘liq, rioya qilgan holda o‘quv dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash;
- yangi avlod darsliklarini o‘qituvchining metodik qo‘llanmasi; o‘quvchining mashk, daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish;
- o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda savodxonlik, kompetentsiya va shaxsiy sifatlarini baholash hamda kasblarga bo‘lgan qiiziqishini aniqlash tizimini joriy etish;
- maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini (keyingi hrinlarda - pedagog xodimlar) attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi;
-pedagog xodimlarga barcha malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, pedagog xodimlarning oliy ma’lumot yoki qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomida ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklarga mos keladigan fanlardan imtixonlar tashkil qilinadi va axborot tizimlarini qo‘llagan holda ularningfaoliyat samaradorligi baholanadi;
- pedagog xodimlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘m undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash mikdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘risida"gi PQ-4306-son qarorida ro‘yxati belgilangan xalqaro fan olimpiadalarida «g’oliblik (oltin, kumush, bronza medali) ni qo’lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga - oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘qituvchilariga - bosh o‘qituvchi malaka toifasi beriladi;
-respublika fan olimpiadalarida va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir toifara oshiriladi;
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi;
-2021/2022 - o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi;
- o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortik, qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari - 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari - 6 baravardan;
-o‘quvchilarining 85-89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari - 9 baravar, direktori o‘rinbosarlari -4,5 baravardan;
-o‘quvchilarining 80-84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari - 6 baravar, direktori o‘rinbosarlari - 3 baravardan.
- tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlari mahalliy byudjet mablag‘ari hisobidan mehnatga haq, to‘lash eng kam mikdorining 10 baravari mikdorida bir martalik rag‘batlantiriladi;
-xalq, ta’limi bo‘limi mudirlari va metodistlariga, umumta’lim muassasalari direktorlariga hamda tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar o‘qituvchilariga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yullanmalar beriladi.
- 2021 yil 1 yanvardan boshlab: umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tayinlash tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan amalga oshiriladi;
-2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qizik,ishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun "Kasbga yunaltirish tizimi" joriy etiladi.
- Xalq ta’limi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bilan birgalikda:
-7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib , kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini anilanib va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi:
-sinf o‘quvchilari uchun har oyda bir marta "Kasblar olamiga sayohat" mavzusida maxsus kurslar olib boriladi;
- sinf o‘quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba "Mening kelajakdagi kasbim" mavzusida seminar-treninglar olib borilib, o‘quvchilarni kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasblarga yo‘naltiriladi.
-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o’tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq, ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boriladi.
-2021/2022 o’quv yilidan boshlab: amaliyotga yunaltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimi joriy etilishi belgilandi.



Download 27.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling