“TASDIQLAYMAN”
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion
rivojlanish instituti rektori v.b.
A.Jurayev
“____” _________ 2022-yil
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini 2022-yil oktabr oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining yig‘ilish
B A Y O N N O M A S I
20.10.2022-yil Termiz tumani
Yig‘ilish raisi: R.Norliyev – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
KUN TARTIBI:
Institutning ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini 2022-yil oktabr oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish to‘g‘risida
ESHITILDI: Yig‘ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, komissiya raisi R.Norliyev ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan barcha ishtirokchilarni tanishtirdi va o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi "Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6208-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori asosida tavsiya etiladigan talabalarni mezon asosida aniqlashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |