Jizzax shahar kasb-hunar maktabi


Download 1.31 Mb.
bet2/37
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1101494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Avtomobil txk Bo`ronova qo`llanma







KIRISH


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi faoliyatini tashkil etish maqsadi.



  • Transport va logistika tizimini rivojlantirish muammolarini o‘rganish, respublikaning transport salohiyatidan foydalanish, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

  • Xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yo‘lovchi va yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish;

  • Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish;

  • Atrof muhitga zararli ta’sirni kamaytirish, resurslarni tejash va transportda ekologiyani yaxshilash bo‘yicha muammolarni o‘rganish va takliflar tayyorlash;

  • Tizimli ravishda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalariga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga egadir;
Markazni 2019-yilda va keyingi yillarda saqlash uchun budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda Markaz tomonidan taqdim qilinadigan asoslangan hisob-kitoblarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi. Zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini va ekspertlarni maslahatchilar sifatida shartnoma asosida jalb qilish;
Bugun mamlakatimiz transport tizimining har bir tarmog‘ida o‘z faoliyatiga doir “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida” qonunlar va Havo kodeksi kabi qonun hujjatlari mavjud.
Natijada transport tizimining avtomobil, temir yo‘l, aviatsiya, suv transporti tarmoqlari bir-biridan alohida, o‘z yo‘nalishida rivojlanib, ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi alohida qonun mavjud emas edi.
Ko‘rib chiqilayotgan Qonun esa sohadagi bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda tarmoqdagi qonun hujjatlari bilan teng yuridik kuchga ega bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida ishlaydigan, bir-birini to‘ldiradigan normalarni belgilaydi.
Tashish shartnomasi va majburiyatlari bo‘yicha yuzaga keladigan javobgarlikni ta’minlash kabi iqtisodiy masalalarning hal etilishi orqali tijorat transporti faoliyatini rivojlantirish ham Qonunning asosiy maqsadlaridan biridir.
Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, transport faoliyati subyektlarining tengligi, davlat va transport faoliyati subyektlari manfaatlarining uyg‘unligi va javobgarligi kabi tamoyillar ham Qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda. Umuman Qonun tijorat asosida amalga oshiriladigan har qanday transport faoliyatini yuritishda vujudga keladigan munosabatlarga nisbatan tadbiq etiladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling