Jizzax shahar kasb-hunar maktabi


Fanning maqsadi va vazifasi


Download 1.31 Mb.
bet3/37
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1101494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Avtomobil txk Bo`ronova qo`llanma

Fanning maqsadi va vazifasi. O‘zbekiston Respublikasida avtotransport tizimining hozirgi holatini o‘rganish, mamlakat avtotransport tizimiga kiruvchi asosiy transport turlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, har xil avtotransport turlarining asosiy ish ko‘rsatkichlari, tavsifi, o‘zaro yondashuvining muammolari va shakllarini o‘rgatishdan iborat. avtoransport ta’minotini baholashning asosiy qoidalari, mamlakat avtotransport tizimida avtomobillarga txkning roli, ularning o‘zaro hamkorlikda ishlashini tashkil etish va ulardan foydalanish bo‘yicha nazariy bilimlar berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdir
Avtotransport har qanday ijtimoiy hayotning zarur vositasidir. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, ijtimoiy tuzumlarining o‘zgarishi bilan transport vositalari ham o‘zgaradi va rivojlanadi. Bunday o‘zgarish va rivojlanishlar ba’zan umumiy taraqqiyotdan ilgari borsa, ba’zida orqada qoladi. Avtoransport vositalari rivoji umumiy rivojlanishdan orqada qolgan jamiyat uning rivojiga to‘sqinlik qiladi va bu transport vositalari taraqqiyoti sur’atlarini jadallashtirish zaruriyatini vujudga keltiradi.
Avtotransport, asosan, mamlakat iqtisodiyotining buyumlar ishlab chiqarish jarayonini davom ettirib, uni nihoyasiga, ya’ni iste’mol doirasigacha yetkazuvchi sohadir. Demak, Avtotransportning umumjamiyat ishlab chiqarishidagi asosiy vazifasi sanoat, qishloq xo‘jaligi va avtomobil xo‘jaligi o‘zaro birlashtirishdan iboratdir. Bir tomondan, tashish hajmi, yuk oqimlari yo‘nalishlari va transport texnikasi vositalarining rivoji, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori, ularni ishlab chiqarish va joylashganligiga, ikkinchi tomondan, mavjud yo‘llarning o‘tkaza olish qobiliyati mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga va ularning qaerda joylashganligiga bog‘liqdir.
Umumjamiyat ishlab chiqarish jarayonida tovar oborotini tezlashtirish transportning muhim xususiyati yo‘llarda avtomobil transportiga txk bo‘lib, bu xususiyatning jamiyat qurilishini jadallashtirishdagi ahamiyati juda kattadir. Iqtisod olimlarining fikriga ko‘ra transport vositalari yordamida vaqt va fazoning qisqartirilishi mehnat unumdorlik kuchini rivojlantirish va uning ijtimoiy xarakterini taraqqiy qildirish mumkin.
Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri bu passajirlar va yuk tashish muntazamligi avtomobillarga txkga bog‘liqligidir. Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar va yonilg‘ilar o‘z vaqtida va muntazam tashilgandagina ularning ombordagi zahirasi minimal miqdori bo‘lishi mumkin.
Tabiat boyliklarni ishlab chiqarish va ularni tashishda ham transport alohida o‘rin tutadi. Agar zamonaviy transport vositalari va takomillashtirilgan yo‘llar bo‘lmasa, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish juda qiyin bo‘ladi.
Transport iqtisodiy vazifalarni hal etishdagina muhim bo‘lmay, balki yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq aholisini shaharga yaqinlashtirish, masalan, kadrlarni qishloq joylarida mustahkam o‘rnashib qolishiga ham yuqori darajada ko‘maklashadi. Bu katta ijtimoiy masala, ya’ni mehnat rezerblaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.
Davlat mudofaa qudratini oshirishda ham transportning roli kattadir. Bu sohada temir yo‘l va avtomobil transportlarining ahamiyati beqiyosdir. CHunki armiya qismlari va mudofaa vositalarini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, asosan, transportning shu ikki turi yordamida bajariladi. Avtomobil transporti armiyadagi barcha texnika bo‘limlarining ajralmas qismi sanaladi.
Avtotransport xilma-xil ishlarni bajaradi. U odamlarning kundalik extiyotlaridan tashqari barcha viloyatlar va tumanlar o‘rtasida muntazam aloqani ta’minlaydi. Transport tarmoqlarining keng rivojlanganligi, yuqori tashish tezligi va ularning zamonaviy bo‘lishi passajirlar tashish darajasining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Passajirlar tashuvchi transportlarning o‘sish darajasini belgilashda, faqat ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini e’tiborga olinib qolmay, balki masalaning ijtimoiy tomonlariga ham e’tibor berilishi lozim. Passajir tashuvchi transportlarning muhim vazifasi-odamlarning o‘zaro aloqasini kengaytirish avtomobilga txk va ta’mirlash extiyojini keltirib chiqaradi, tajribalar almashish, ularning madaniy saviyasini oshirishga ham xizmat qilishdan iborat bo‘lishi lozim. qishloq tumanlarini shaharlar bilan birlashtiruvchi passajir transporti ishini keng yo‘lga qo‘yish shahar bilan qishloq o‘rtasidagi mavjud muhim tafovutlarni tugatishning avtomobil saroylarining rivojlanishi kadrlarni ish bilan ta’minlash hamda avtomobil transportining rivoji uchun mutaxassislarni rivojlantirishda katta omili hisoblanadi.
Mamlakatimiz hukumati jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida avtotransport masalasiga jiddiy ahamiyat bermoqda. Xususan, Ovrupa ittifoqining Tasis dasturi bilan bajarilayotgan barcha texnik loyihalari bilan transportni rivojlantirish masallalarini atroflicha o‘rganib chiqib, uning vazifalari va rivojlantirish muammolarini ishlab chiqmoqda. Bunday loyihalarni amalga oshirilishi yurtimiz transport tizimining qudratini oshirishga, uning ilg‘or texnika bilan qurollantirilishiga hamda butun jahon tovar almashish tizimiga chiqishga imkon beradi.
Qattiq qoplamali avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 1,5 marta oshdi. Mustaqillikdan avvalgi davrdan qolgan eski avtomobil yo‘llari kengaytirilib borilmoqda. Farg‘ona vodiysi-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Nukus-Beyneu zamonaviy andozalarga javob beruvchi 1800 kilometrli magistral avtomobil yo‘li ilgarilari arab va Sharqni birlashtirgan “Buyuk ipak yo‘li”ning tiklashning ramzidir. Andijon-Osh-Erkemtosh avtomobil yo‘li Xitoy orqali Sharqiy suv xavzalariga chiqish imkonini beradi. Ovro‘po ittifoqi Tasis dasturi ekspertlarning tan olishiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari ichida faqat bizning mamlakatimizdagi /arb va Sharq davlatlari bilan sovda-sotiq ishlarini amalgan oshirish uchun etarli miqdorda avtomobil saroyi, ularning me’yorida ishlashi uchun texnika xizmati ko‘rsatish va avtoservis xizmatlari rivojlantirish bosqichma bosqich olib borilmoqda.
Mamlakatimizning barcha yirik shaharlari havo yo‘llari bilan birlashtirilgan. Hozir mamlakatimizning hamma yirik shaharlari, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi talabiga javob beruvchi reaktiv samolyotlar qabul qilaoladigan aeroportlarga ega va ular ilg‘or texnika jihozlari bilan qurollangan.
Hozirgi kunda Avtomobil transporti mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining tarkibiy qismi sifatida fan va texnika yutuqlarini keng miqyosda tatbiq etuvchi ulkan dinamik tizimga aylandi.
Boshqa ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kabi transport ham o‘ziga xos ishlab chiqarish jarayoni va o‘z mahsulotiga ega. Avtomobil transportdagi txk va ta’mirlash bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarish jarayoni, ham transport mahsuli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining murakkab transport tizimida turli magistral (temir yo‘l, avtomobil, havo va quvur orqali yuborgich) transportlar o‘zaro birgalikda rivojlanmoqda. Bu tizimga magistral transportlardan tashqari shaharlarda va ishlab chiqarish korxonalari ichida xizmat qiluvchi transportlar ham kiradi.
Fanning asosiy mazmuni va yo‘nalishi quyidagilardan iborat:
-barcha avtomobillarga txk va ta’mirlash turlariga xos bo‘lgan umumiy masalalar. Bunga avtomobillarga txk va ta’mirlash mamlakat iqtisodiyoti boshqa tarmoqlariga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari, uning iqtisodiyotdagi roli va vazifalari hamda avtotransport faoliyatini ifodalovchi asosiy tamoyil va qoidalari kiradi;
-ayrim avtotransport turlarining o‘ziga xos texnik va texnik-ekspluatatsion xususiyatlarini o‘rganish. Bunga mustaqillik yillarida avtomobillarga txk va ta’mirlash asnosida avtomobilga txk saroylarining rivojlanishi, avtoservis sohasidagi yutuqlar, har qaysi transport turiga xos va kelajakda hal qilinishi zarur bo‘lgan ilmiy-texnik muammolar kiradi;
avtoservisning rivojlantirish muammolari. Bunga turli xil transport turlaridan foydalanish va ular ishi samaradorligini oshirishning amaliy masalalarini har tomonlama ko‘rib chiqish kiradi. Bunda transport turlari o‘rtasida tashish ishlarini maqsadga muvofiq taqsimlash va avtoservisning ayrim turlarini rivojlantirishni to‘g‘ri belgilashga alohida ahamiyat beriladi.
Bo‘lajak chilangar bilim doirasini kengaytirish, malakasini oshirish, avtomobilga txk va ta’mirlash ish tajribasi haqidagi tasavvurlarini boyitishda bu fanni o‘rganish juda zarurdir.



1.Avtomobildan foydalanish jarayonida uning texnik holatining o‘zgarishi.


1. Ekspluatatsiya jarayonida, avtomobilning texnik holatini yomonlashishi va uning ishga yaroqsiz holatga kelishiga detallarini yuklanishi, yeyilishi, qizishi, ximik va fizik xossalarini o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
Avtomobil va uning agregatlalari texnik xolatini o‘zgarishining asosiy sababi ishqalanish natijasida detallarni yeyilishidir. Ishqalanish bu mexanik qarshilik bo‘lib, bir-biri bilan o‘zaro birikkan detallar sirtini o‘zaro harakatlanishidan, kuch hosil bo‘lib, bu bir detalni ikkinchisiga nisbatan siqish jarayoni deb tushiniladi.
Ishqalanish ikki turga bo‘linadi:
1.Tebranib ishqalanish - bir jism sirtida ikkinchisining siljib tebranishi natijasida vujudga keladi.
2.Sirpanib ishqalanish - bir jismning ikkinchisiga nisbatan sirpanib harakatlanishidan hosil bo‘ladi.
Mexanizmlarning yeyilish jarayonini anglash uchun, mavjud qonuniyatlar asosida, yeyilishlarning turli ko‘rinishlarga ajratishga to‘g‘ri keladi. O‘zaro bog‘langan juftlar uchun, mavjud turkumlash, yeyilishlarning quyidagi turlarini o‘rgatadi: mexanik, molekular mexanik, zangli-mexanik, charchashdan yeyilish.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling