Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


O’qituvchining har bir so’zi aniq, ishonchli, ilmiy, amaliy, ta’sirchan va his –tuyg’u bilan sug’orilgan bo’lishi kerak


Download 95.75 Kb.
bet2/20
Sana20.02.2023
Hajmi95.75 Kb.
#1216028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5461008572781429026

O’qituvchining har bir so’zi aniq, ishonchli, ilmiy, amaliy, ta’sirchan va his –tuyg’u bilan sug’orilgan bo’lishi kerak.

  • O’qituvchi o’quvchini “o’qitish” emas, “o’qishga o’rgatish”, “tarbiyalash” emas, “o’z-o’zini tarbiyalashga” yo’naltirish mahoratini egallashi lozim. Bu esa o’qituvchidan kasbiy bilimdonlik va kasbiy mahoratni talab etadi.

  • O’qituvchining husnixati chiroyli, o’qimishli, sinf doskasiga yozganida to’g’ri, ravon va dona-dona bo’lib, ajralib turishi talab etiladi.

  • O’qituvchi bilimdonlik, ijodkorlik va o’z kasbiga nisbatan fidoyi bo’lishi kabi xususiyatlarga ega bo’lmog’i lozim.

  • O’qituvchi o’quvchilarni yangicha ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashi, ularni davr ruhi bilan hamohang tarbiyalashi, ularni ongli va asosli ravishda kasb tanlashlariga yo’naltira bilishlari kerak.

  • Har qanday o’qituvchining, ayniqsa boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining nutqi, ovozi, mimik harakatlari sinf o’quvchilarining yosh va individual xususiyatlariga mos ravishda bo’lishi lozim.

  • Eng oxirgi va eng asosiy talab: O’qituvchi AKT dan foydalanish mahoratini egallagan bo’lishi, ingliz tilida so’zlashuv darajasidagi so’zlarni bilishi, o’qituvchi formasida bo’lishi, darslarga mukammal tayyorlangan, kundalik dars ishlanmasini o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariga tasdiqlatgan holda, dars boshlanmasidan 5 daqiqa oldin kirishi lozim.

    DARSGA QO’YILADIGAN TALABLAR :



    1. Har bir dars aniq belgilangan mavzu va vazifalarga ega bo’lishi

    2. Darsning mavzusi uning vazifalariga mos, ilmiylikka yo’naltirilgan bo’lishi va xuddi shuningdek, o’quvchilarga tushunarli, hayot bilan chambarchas bog’liq bo’lishi, individual va tabaqalangan holda yondashuv talablariga mos bo’lishi

    3. Darsning vazifalari hamda o’quv jarayonining bosqichlari dasturiy talablardan, shuningdek, sinf o’quvchilarining umumiy va nutqiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanishi

    4. Dars jarayonida qo’llanuvchi metod va usullar o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo’lishi, ularning ikkilamchi muammolarini bartaraf etish, umumiy rivojlanishlarini ta’minlash va ijtimoiy me’yorlarini egallashga xizmat qilishi lozim


    5. Download 95.75 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling