Bu kabi faoliyat turlari o‘qituvchi va o‘quvchilarni bilimlarning barcha sohalariga doir eng yaxshi bosma va audiovizual materiallar bilan tanishtirishga shuningdek xalqimizning ma’naviy-axloqiy merosi, ajdodlarimizning ilmiy merosini o‘rganishga hamda ularni o‘quv-tarbiya jarayonlariga tatbiq etishga yordam beradi KUTUBXONANING VAZIFALARI VA UNGA QO’YILGAN TALABLAR Kutubxona mutaxassisi ta’lim sohasidagi metodik ishlar yaxshi xabardor bo‘lishi:adabiyotlarni menejmentlik bo‘yicha o‘rganuvchi hamda kompyuterda ish yuritishni bilish kerak. Kutubxona rahbari budjet buyurtmalarini asosli ravishda tuza bilishi va ajratilgan moliyaviy mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risida hisobot berishga tayyor bo‘lishi darkor.
Har bir alohida o‘quvchining bilimini kengaytirish hamda ta’lim jarayonida axborotlarni izlash va ulardan foydalanish maqsadida axborotlarning kelib tushishini ta’minlash markazning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ko‘plab axborot manbalariga ega bo‘lishi uchun kitobxonlarni turli axborot manbalari bilan muomala qilishga o‘rgatish markaz xodimiga qo‘yiladigan kasbiy talabdir.
Shunga muvofiq, markaz mutaxassislari axborotlar bo‘yicha mutaxassis sifatida da’vat etilganlar. Kutubxona mutaxassisining axborot faoliyatini ado etishi uchun quyidagi malakali talablar qo‘yiladi: - maktab o‘quv dasturi talabiga javob beruvchi axborot manbalarini tanlashni ta’minlovchi rejani yozma ravishda bayon eta bilish; -maktabda axborot xizmatini rivojlantira bilish; -o‘qituvchi va o‘quvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyoji va qiziqishini o‘rganish va baholay bilish; -axborot xizmatining muqobil tizimini rejalashtirish; -o‘quvchi va o‘qituvchilarga yordam tariqasida axborot manbalari va bibliografiyasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish; - o‘zlashtirilgan axborotlarni saqlashda ilg‘or texnologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |