Jizzax viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi
G‘aznachilik xizmati bo‘limining asosiy vazifa funksiyalari va majburiyatlari
Download 80.44 Kb.
|
Hisobot Yoqubov Ilhom M 52-2 . (2)
G‘aznachilik xizmati bo‘limining asosiy vazifa funksiyalari va majburiyatlari.
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan, Davlat budjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish; budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; budjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish; davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxni shakllantirish jarayonini nazorat qilish; xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash; Davlat budjeti g‘azna ijrosi budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini ta’minlash; budjet tashkilotlari uchun chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish; valyuta mablag‘lari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarini qaytarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Moliya vazirligi tomonidan to‘lovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash; valyuta mablag‘larini boshqarish, chet el valyutadagi mablag‘larni depozitlarga joylashtirish va budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish. ning buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadigan boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun G‘aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag‘lar o‘tkazadi; qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlariga sudning qarori bo‘yicha yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa hisob raqamlaridan mablag‘lar o‘tkazadi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazadi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona g‘aznachilik hisob raqamida mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi; budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun moliya organlarida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga budjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi; manbalar bo‘yicha tegishli budjet tizimi budjetlari daromadlari tushumi hisobini yuritadi; Davlat budjeti ijrosi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlari tushumi va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzadi; moliya organlarining topshirig‘i bo‘yicha yuqori budjetlarda nazarda tutilgan dotatsiyalar, subvensiyalar, budjet ssudalari summasini va boshqa to‘lovlarni quyi budjetlarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazadi; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi; budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan va topshirig‘i bo‘yicha budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan mablag‘lar uchun ro‘yxatga olingan shartnomalarda yoki budjet mablag‘larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o‘tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar)ning bevosita bank hisob raqamlariga to‘lovlarni amalga oshiradi; budjet tashkilotlarini va budjet mablag‘lari oluvchilarni, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi; schyot-fakturalar va tovarlar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga soliqlar, yig‘imlar hamda Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar uchun budjet mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi; birlamchi hujjatlar asosida Davlat budjeti g‘azna ijrosining tahliliy va sintetik buxgalteriya hisobini yuritadi; budjet tizimi budjetlarining ijro etilishi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish asosida budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini ijro etadi; o‘zining hududiy bo‘linmalari faoliyatini tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi; normativ-huquqiy hujjatlarni va metodologik materiallarni, shu jumladan, G‘aznachilik hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni maqbullashtirish, O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi budjet hisobini va hisobotlarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodologik materiallarni ishlab chiqishda qatnashadi; kichik biznes subyektlari unda keng ishtirok etishini nazarda tutadigan davlat xaridlarini amalga oshirishda tanlov va tender tartib-taomillarini takomillashtirish va ularni qo‘llashni kengaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalarning to‘liq va tizimli hisobini yuritadi; davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlar, shu jumladan davlat xaridlari bo‘yicha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar bo‘yicha ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilab boradi; davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida G‘aznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rab olish; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan ular tomonidan G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish; belgilangan tartibda Davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga o‘tkazish; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga xarajatlar smetalarida, qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet mablag‘lari hisobiga haq to‘lanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning to‘lov jadvalisiz, sifati, maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermaydigan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning schyot-fakturalarsiz hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar zimmasiga budjet mablag‘larini o‘tkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari uchun pul to‘lamaslik; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan G‘aznachilikda (uning hududiy bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari to‘lovi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik; narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovni budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar shartnomalari predmetiga muvofiq bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan hollarda to‘lovni to‘xtatib turish; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda ularning budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari to‘lovini moliya organlari topshirig‘iga binoan to‘xtatib qo‘yish, bu to‘g‘rida tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilarni, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarni xabardor qilish; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning G‘aznachilikda (uning bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno; korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan to‘lov muddati o‘tgan qarzlar summasini budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan yozma murojaatlari asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olish; belgilangan tartibda insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari oluvchilaridan ularning shaxsiy bank hisob raqamlaridan ko‘chirmalar, shuningdek ular tomonidan olingan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar to‘g‘risida hisobotlar va axborotlar olish; Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘azna hisob hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish; davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish. budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy bo‘linmalariga berish. Download 80.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling