Mustaqil taʼlim


Download 202.49 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi202.49 Kb.
#1094681
Bog'liq
Презентация (14)

Mustaqil taʼlim

Toshkent farmatsevtika instituti

Farmatsiya fakulteti

Mavzu: Farmasevtika faoliyati uchun litsenziya olish qoidalari

  • Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori bevosita markazga o‘zi kelib yoki Yagona portal orqali elektron tarzda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi
  • Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida Yagona portal orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.

Ariza ro‘yxatga olingandan so‘ng markaz xodimi litsenziya talabgoriga qayd etish raqamini ko‘rsatgan holda ariza qabul qilinganligi haqida yozma ma’lumot beradi yoki ariza nusxasiga tegishli belgini qayd etadi

Markaz xodimi o‘zi kelganida ariza qabul qilingan kunda, arizada qayd etilgan ma’lumotlarni maxsus shaklga tushirib, Yagona portal orqali tegishli litsenziyalovchi hamda ishchi organga yuboradi.

  • Litsenziya talabgori o‘zi yashamaydigan joydan boshqa joydagi markazga o‘zi kelib murojaat qilgan hollarda ariza markaz tomonidan tegishlicha ishchi organga Yagona portal orqali yuboriladi.
  • Litsenziya talabgori arizani markazga elektron saqlovchida taqdim etgan taqdirda markaz xodimi markazning o‘ziga o‘zi xizmat qilish uchun ajratilgan xonasida ariza Yagona portal orqali jo‘natilishida yordam beradi.
  • Yagona portal orqali jo‘natilgan ariza noyob ro‘yxatga olish raqami berilgan holda avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi.
  • Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomada litsenziya bank hisob raqami rekvizitlari va litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  • Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtirilib, litsenziyalovchi organ rahbari yoki u yo‘qligida uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng uch kun muddatda beriladi.
  • Litsenziya maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
  • Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga binoan “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi, shuningdek berilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan va amal qilishi tugatilgan litsenziyalar haqidagi ma’lumotlar ishonchli va o‘z vaqtida tegishli axborot resurslariga kiritish uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
  • Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.

Eʼtiboringiz uchun rahmat 👏


Download 202.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling