JIZZAX VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI KUTUBXONA RAHBAR VA XODIMLARINING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSI UCHUN - Yig‘ma bibliografik ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish.(2 soat amaliy mashg`ulot)
VII. Elektron kataloglar, resurslar va ma’lumotlar bazalari bilan ishlashdagi yangiliklar moduli
Reja:
1
- Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi
2
3
4
- Ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushunchalar
1.Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi - Bibliografiya - so‘zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda “biblion” — „kitob”, “grapho” — „yozaman” degan ma’noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko‘chirib yozish ma’nosida qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan
Axborotning qadimiy shakllari - Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda ipakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan.
Ikki yarim ming yil mobaynida qadimgi hujjatli manbalarni o‘rganish bibliografik axborotni tashkil etuvchi matnlarni aniqlashga imkon berdi. Bular quyidagilardan iborat:
bibliografik kirish
matn ichi ro‘yxatlari
mashhur mualliflar asarlari ro‘yxati
kutubxona kataloglari
bibliografik ro‘yxatlar
Bibliografik axborot - Bibliografik axborot - asar haqidagi ma’lumotdir. Axborotning boshqa turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot murakkab ijtimoiy hodisa bo‘ib, uni tuzish, yoshi, kasbi, mutaxassisligi, qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga ko`ra, turli xil iste’molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |