Jizzax viloyati zarbdor tumani


Tuman hokimi: Z.SH.Roʼzyiev


Download 282 Kb.
bet2/4
Sana30.10.2023
Hajmi282 Kb.
#1733701
1   2   3   4
Bog'liq
2023 йил июлдаги

Tuman hokimi: Z.SH.Roʼzyiev

« ____» _________ 2023 yil № ________ Zarbdor shaharchasi


Tuman hokimining 2022 yil 3-avgustdagi №185-3-49-Q/22-sonli
qaroriga oʼzgartirish va qo’shimcha kiritish toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10-avgustdagi «Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy ximoya qilish va qoʼllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi №237-sonli qarori Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj toifalarini moddiy qo’llab- quvvatlash tizimini yanada takomilllashtirish to’g’risida»gi PF-58-sonli Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 iyundagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg’iz keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-274-sonli qarori, ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan tuman hokimining 03.08.2022 yildagi №185-3-49-Q/22-sonli qarori boʼyicha roʼyxatga olingan O’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarning vafot etganlar, koʼchib ketganlarni roʼyxatdan chiqarish va yangi roʼyxatga olish hamda tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʼlimining 2023 yi 11-yanvardagi №2-sonli xatini inobatga olib




Q А R O R Q I L А M А N:

1. Tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʼlimining 2023 yil 11-yanvardagi №2-sonli xati ijro uchun qabul qilinsin.


2. Oʼzgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash maqsadida qabul qilingan tuman hokimining 2022 yil 3-avgustdagi №185-3-49-Q/22-sonli qaroriga, Zarbdor tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʼlimida hisobda turgan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni vafot etganlar va koʼchib ketganlarni roʼyxatdan chiqarish hamda yangi roʼyxatga olinganligi munosabati bilan qisman oʼzgartirish kiritilsin.
3. Tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʼlim boshligʼi (S.T.Dustmurodov)ga taqdimnomaga koʼra 1-ilovada koʼrsatilgan vafot etgan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni hisobdan chiqarish topshirilsin.
4. Tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʼlimi taqdimnomasiga koʼra roʼyxatga olingan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarning umumiy roʼyxati 2-ilovaga, oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy xizmatga olingan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslar, 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.
5. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Zarbdor tuman bo’limi boshlig’i (D.Mamirov) ga 4-ilovada koʼrsatilgan ijtimoiy nafaqa oluvchi o’zgalar parvarishiga muxtoj bo’lgan yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to’lovi-pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to’lanishi hamda bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiena tovarlari o’rniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo’shimcha to’lov to’lab berish topshirilsin.
6. Oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy ximoyaga olingan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslar harakatlanishida jiddiy qiyinchiliklari boʼlganlar uchun bepul va imtiyozli transport xizmatlari koʼrsatilishi «Аkbarali yo’l trans» MChJ raxbari (А.Kayumov)ga homiylik qilish toʼgʼrisidagi tashabbusi maʼqullansin va 5-ilovaga asosan tasdiqlansin.
7. Tuman moliya boʼlimi (B.Axmedov)ga Oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy himoyaga olingan Yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarning uyiga borib xizmat ko’rsatuvchi xolidan xabar oluvchi ijtimoiy xodimalarga qishki va yozgi kiyim-kechaklari, kerakli ish kurollari, devonxona mollari, inventarlar xamda yulda yurish uchun aloxida mablagʼlar bilan 6-ilovaga asosan tasdiqlansin. Oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy himoyaga olingan Yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ular holidan xabar olish hamda ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash maqsadida tuman Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni har bayram arafasida holidan xabar olish va ularning tomorqa ishlariga yordam berish, obodonlashtirish va hasharlari uchun koʼngilli fuqarolarni jalb etish taʼminlansin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman xokimining 2022 yil 3-avgustdagi №185-3-49-Q/22-sonli qarori oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʼrinbosari R.Аnqaev zimmasiga yuklatilsin.



Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling