Jlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali
Download 401.28 Kb.
|
multimediya trafiklarini zamonaviy darajadagi marshrutizatsiyalash
Bu grafdagi har bir i j uchlar orasidagi uchta parametrni yagona parametr vaqt: ty larga o’tkazamiz! t iJ 10 12 £1,4 = - - — = 6 = 1 = 3 = 4 = 2 = 2 l1.2 2/1 9 37l 6 3/2 2 2/2 10 2/2 10 2/2 3 10 1 10 ll,5 L3,4 l4,5 6/2 5 373 = 5 £6,7 — l7.8 10/2 4 = 2 l7.8 6/3 t4'8“47I“3 15 t6 9 ~ 6/2 “ 5 24 fg.9 — ^ ,1 — 8 fo’rmula yordamida = 10 18 £5,8 — — 6 23 10/5 5 10/5 20 *1,3 — l3.8 Hisoblangan t parametrlar boyicha grafni qayta tuzamiz va Deykstr algoritmini qo’llaymiz.
1-itaratsiya R{1] R{2,3,4,5,6,7,8,9} ; (1,3); (1,4); (1,5) /1.12=0+1 = 1 ^■l 3=0+10=10 h1^=0+6=6 min hij=l=h-i 2 ^■ts=0+3=3 2-itaratsiya ^{1,2} R{3,4,5,6,7,8,9} ; (1,4); (1,5); (2,6); (2,3) h1.=0+10=10 14.4=0+6=6 ^15=0+3=3 in ^15 3 ^.6=1+10=11 ftn3=1+10=11
3-itaratsiya fi{1,2,5} R{3,4,6,7,8,9} ; (1,4); (2,6); (2,3); (5,4); (5,8) 1^1.3=0+10=10 ^14=0+6=6 ^.6=1+10=11 ft,3=1+10=11 ft _=5 h z. 3=9 min /l;:=/l5 i4=5 4-itaratsiya R{3,6,7,8,9} Д{1,2,4,5} ; (2,6); (2,3); (4,3); (4,8); (5,8) fti3=0+10=10 fta*=1+10=11 ftn 3=1+10=11 з=9 fi40=8 h z. r=9 5-itaratsiya fi{1,2,4,5,8} R{3,6,7,9} ; (2,6); (2,3); (4,3); (8,9); (8,3) ^1.3=0+10=10 fc3jfi=1+10=11 *2,3=1 + 10=11 ft_ 3=9
min hi}=hA3=hQ 3=9 h5 т 16 fts з=9 6-itaratsiya Д{1,2,3,4,5,8} R{6,7,9} ; (3,6); (8,9) Лм=1+10=11 ft- f: = 10 ft Cj C 16 min fcy=ft3 6= l 0 7-itaratsiya Д{1,2,3,4,5,6,8} R{7,9} ; (6,9); (8,9) min hi}=h6 7= \ 2 ^6,7=12 ft $ ;,= 15 ft.3 i^16 R{9} (6,9); (7,9); (8,9) min liy=fi7.9=14 8-itaratsiya Л{1,2,3,4,5,6,7,8} ?=15 /l79=14 с = 16
М^=(1,5,4,3,6,7,9)=14 Afi24=(1,5,4,8,3,6,7,9)=14 Telekommunikatsiya tarmoqlarida axborotni almashishdan oldin birinchi mashrutni aniqlash muhim vazifa hisoblanadi. Axborotni jo‘natishdan oldin mashrutni tanlashga ketgan juda kichik vaqt axborotni o‘tish vaqtiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nazariy jixatdan eng yaxshi mashrut bo‘ylab axborotni jo‘natish yaxshi samara berishi aytib o‘tilgan/ Bajardi: bet: Ruziyev S. O. III.Bob.Mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi.
EHM operatorining aqliy mehnati va toliqish masalasi. Ma’lumki, kundalik hayotimizni shaxsiy kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shaxsiy kompyuterlar hozirgi kunda hayotimizning barcha tarmoqlariga kirib kelgan va muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Ammo har bir qurilmadan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya qilish bu hayot talabi. Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bu kishi organizmini turli xavfli omillardan zarar topishi yoki jarohatlanishini oldini oladi. Eng avvalo kompyuterlardan foydalanishda ular uchun sanitariya va gigien a talablariga mos holda bino tanlash va ularni yong’in xavfsizligi vositalari, birinchi tibbiy yordam qutichalari bilan jihozlash maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya hamda Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan belgilangan talablar asosida, kompyuterlardan professional foydalanuvchilar ishga kirishdan oldin va davriy ravishda tibbiy ko’riklaridan o’tishlari shart. Homilador va emizikli farzandi bor ayollar uchun kompyuterda ishlash zararli. Ish o’rinini to’g’ri tashkil qilish, kishilarni turli kasbiy kasallanishlarga yo’liqishini oldini olishda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Shunday qilib, ishlab chiqarishda xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitini yaratish, har bir rahbar va mas’ul xodimning vazifasi bo’lib, bunda nafaqat kishilarga sog’lom ish muhiti yaratiladi, balki ishlab chiqarishda samaradorlikni oshishiga ham olib keladi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda inson operatorning psixologiya va fiziologiyasi asosiy rolni egallaydi. Ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash va ilmiy asosda aniqlash, mehnatni to’g’ri ishlash maromini ta’minlash, mehnat tartibi va dam olishni tashkil qilish zarur. Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi:
ekranni yorug’ligi; kontrast va fon o’rtasidagi aniqligi; kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; kompyuterda nurlanishning insonga ta’ siri; kompyuter buzuqligi. Displey bilan ishlaydigan EHM operatorlarida asosan, bosh og’rishi, be elka, orqa og’rishi, ko’z charchashi kuzatiladi. Mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida tashkiliy, gigienik, texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ishchi-xizmatchilar orasida mehnat gigienasi norma, qoidalariga rioya etish bo’yicha tashviqot ishlari olib boriladi. Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlashda ergonomikaning ham ahamiyat katta. Ergonomikada insonning mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsi sharoitlarni yaratishga, mehnat unumdorligini oshirishga bog’liq bo’lgan imkoniyatlar o ’ rganiladi. Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog’liq bo’lgan uskuna, qurilmalalr doirasida axborotni etkazuvchi-ko’rsatuvchi moslama-mashina modeli bo’lsa operator murakkab tizimda bo’lsa ham, boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Bu vazifani bajarish uchun shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, bu model o’ vaqtida mashinaga taalluqli ta’rifni berishi, natijada operator toliqmasdan, fikrla va e’tibor bilan axborotni xatosiz qabul qilib qayta ishlashi lozim. Murakkab hisoblangan vazifani yechish operatorning xavfsizligiga, aniq sifatli ishlashiga. mehnat unumdorligiga, shuningdek insonning psixofiziologik imkoniyatlarin axborot modeliga mos bo’lishiga bog’liqdir. Biofizik moslik operatorning ish qobiliyatini, normadagi fiziologik holatin ta’minlaydigan atrof-muhitning yaratilishini ifodalaydi. Insonnning kuchi v; energetik qobiliyati ma’lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqarish tizimida charchash maqsadga muvofiq bo’lmagan oqibatga olib kelishi
mumkin. Energetik moslik esa operatorning optimal imkoniyatlari asosida talal qilinadigan kuch, sarflanadigan quvvat, harakatning aniqligi va tezligi bilan mashinani boshqarilishidagi kelishuvni ifodalaydi. Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o’lchami, tashqi fazoning ta’sirli imkoniyatlari, ish jarayonida operatorning vaziyati, gavdaning turishi hisobga olinishini ifodalaydi. Vazifaning to’g’ri hal qilinishida ish joyi hajmi, operator harakatlanadigan masofa, balandlik, boshqaruv pultigacha bo’lgan oraliq va boshqa ko’rsatkichlar aniqlanadi. Bulardan tashqari insonning psixik faoliyati ham muhim o’rin tutadi. Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik kuchlanish darajasiga bog’liq. Operator uchun normal sharoitdagi his-tuyg’u va mehnat qilishi uchun ruhiy kuchlanish darajasi 40-60h dan oshmasligi ko’zda tutiladi, aks holda bu unin ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Mehnat sharoitini yaxshilash chora-tadbirlar orasida eng asosiysi ishchinin ish holati va ish maromidir. Ma’lumki kompyuter bilan ishlaganda operator bevosita aqliy hamda jismoniy mehnat qilishiga to’g’ri keladi. Aqliy mehnat — odamning ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va ijodi faoliyat bilan band bo’lishidir. Uning asosini ma’lumotni idrok qilish, qayta ishlas va qarorlar qabul qilish tashkil etadi. Ma’lumotni qabul qilish asosan ko’rish v eshitish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda diqqat, xotira, intellektual faoliyat singari oliy ruhiy funktsiyalar ishga solinadi. Ortiqcha zo’riqish o’ziga xos bajariladigan funktsiyalarning bir xilligi v; soddaligi (monotonligi) ayrim mehnat turlarining xususiyati hisoblanadi. Aqli; faoliyatning hamma hollarida asab tizimi, uning markaziy bo’limlarining ishtiro etishi asosiy belgi sanaladi. Aksariyat aqliy mehnatni bajarish mushak faolliginin pasayishi (gipokineziya) bilan birga o’tadi. Aqliy mehnat kuchini sinflashda uning qator xususiyatlari hisobga olinadi.
Mehnatning kuchi, avvalo, diqqat funktsiyasiga qanday talablar qo’yilishiga bog’liq. Bu ayni vaqtda kuzatilishi lozim bo’lgan muhim ishlab chiqarish ob’ektlarining soni, vaqt birligida kelib turadigan signallar miqdoriga bog’lic. SHuningdek, emotsional eshitish hamda ko’rish zo’riqishining oldini olishda mehnatning bir maromdagi darajasi muhim ahamiyatga ega. Mehnatning kuchiga, shuningdek, navbat (smena) bilan ishlash rejasi ham ta’sir qiladi, muntazam ravishda ertalabki smenada bajariladigan ish kam kuch sarflanadigan mehnat, ish smenasi o’zgarib turadigan, jumladan, tunda ishlash jarayonini kup kuch sarflanadigan mehnat deyiladi. Ba’zan ish bajarish jarayonida organizm ish qobiliyatining pasayish hollaii sodir bo’lishi mumkin, bu hollarga ob’ektiv ravishda toliqish deb baho beriladi, sub’ektiv ravishda esa charchash sezgisi yuzaga keladi. Toliqish — ish qobiliyatining pasayishidir. U ancha og’ir, ko’p kuch talab etadigan yoki davomli mehnatni bajarish natijasida payd о bo’ladigan va mehnat natijalarining miqdor va sifat jihatidan yomonlanishuvi bilan ifodalanadi. Vaqt birligida (minut, soat) tayyorlanadigan yoki bajariladigan operatsiyalar soni miqdoriy ko’rsatkich hisoblanadi. Toliqqan organizmda bir qancha o’ziga xos fiziolo gik siljishlar kuzatiladi. T oliqish qaytuvchan, fiziologik holatdir.Biroq ish qobiliyati keyingi ish davri boshlangunga qadar tiklanmasa, toliqish tobora kuchay a borishi va o’ta toliqish bosqichiga o’tishi mumkin, bu ish qobiliyatining birmuncha barqaror pasayishi bo’lib, keyinchalik ayrim hollarda kasallik rivojlanishiga olib boradi, xususan, bunda tananing yuqumli kasalliklarga chidami pasayib ketadi. Ortiqcha toliqishda hissiyotga berilish yuzaga kelib, bu yurak-tomirlar patologiyas i rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Toliqish ishlab chiqarishda shikastlanishlar sonining oshishiga, mehnat unumdorligining pasayishiga, umumiy va kasbga doir kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’ladi. Toliqishning tabiatini tushuntiradigan ko’p sonli farazlar orasida markaziy
asab tizimi nazariyasi ko’proq asoslangan va mehnat fiziologlari tomonidan qabul qilingan.Bu nazariyaga ko’ra toliqishning paydo bo’lishida bosh miya hujayralari, aniqrog’i, po’stlog’ining afferent markazlari ish qobiliyatining pasayishi e’tiborga moliqdir. Toliqish asosiy asab jarayonlari nisbatining o’zgarishi natijasida yuzaga keladi: bunda ishlaydigan asosiy markazlardagi tormozlanish qo’zg’alish jarayonlaridan ustunlik qila boshlaydi. Toliqish asab markazlariga faoliyatdagi mushaklar va ichki a’zolardan davomli impulslar kelib turishi natijasida zo’rayadi. Bunda bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining afferent markazlarida tormozlanish o’chog’i paydo bo’ladi, ayni vaqtda zonalar tormozlanish o’chog’idan funktsional yaqinligi yoki uzoqligiga va boshqa qator sabablarga ko’ra qo’zg’alish yoki tormozlanish holatida bo’lishi mumkin. Bundan qati nazar ularda tormoz jarayonining sustligi qayd qilinadi, toliqishning doimiy va xususiyatli belgilaridan biri — harakat uyg’unligining buzilishi mana shundan dalolat beradi.Buni ba’zan og’ir ishdan keyin charchagan kishining bir oz gandiraklab yurishi misolida kuz bilan payqash mumkin. Binobarin, bir butun toliqish jarayonini faqat tormozlanishning o’zi bilan bog’lash mumkin emas. Toliqishda bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining afferent bo’limida qo’zg’alish va I tormozlanishning murakkab mexanizmi o’zgaradi, chunki ishlayotgan organlardan kelayotgan impulslar ta’siri natijasida parabiotik tormozlanish o’chog’i vujudga keladi. Toliqish holatini qator ishlab chiqarish va fiziologik ko’rsatkichlar bo’yicha belgilash mumkin. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorining vaqt birligi ichida kamayishi yoki ishlash davrining uzayishi ish qobiliyati pasayganini aks ettiradi va toliqish belgisi hisoblanadi. Hatto toliqish rivojlangan sharoitlarda ba’zan navbat oxirida unumdorlikning bir qadar o’sishi qayd qilinadi, bu hol «oxirgi g’ayrat» tezroq ishni tugallash ishtiyoqi va navbatning tugashi munosabati bilan yuzaga kelgan ko’tarinki ruh bilan izohlanadi. Toliqishda mehnatning sifat ko’rsatkichlari
yomonlashadi, ishda sifatsizlikka yo’l qo’yiladi, diqqat-e’tibor pasayishi sabab xatoliklar sodir bo’ladi. Bunday holat xodimning malakasi pastligi oqibati bo’lmay balki zo’r berib bajarilgan ish natijasida toliqishning zo’rayishini bildiradi. EHM operatori ish qobiliyati va mehnat unumdorligini oshirish. Tananing ish qobiliyati birinchi gal da markaziy asab tizimining holatiga bog’liq, markaziy asab tizimiga esa ijtimoiy muhit sharoitlari katta ta’sir ko’rsatadi Ish kuni va haftasining davomiyligini qisqartirish toliqishning oldini olishda eng muhim vosita hisoblanadi. Ko’p mehnat talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, yarim avto mat va avtomatlashgan texnologiya jarayonlariga o’tish mehnatni engillashtirib, ishlal chiqarish muhitini birmuncha qulay sharoitga keltirib, toliqish rivojlanishinin oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarishda toliqishga qarshi kurash ko’pgina yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilib, ular orasida so’nggi yillarda ergonomika, ishlab chiqaris estetikasi kabi yangi yo’nalishlar ham vujudga k e ldi. Ishlab chiqarish ta’limi jarayonida mashq qilishdan foydalanish is qobiliyatini oshirishga kiradi. Muntazam mashq qilib borish unumli ishlashnin eng ishonchli usuli hisoblanadi. Mashq jarayonida ishdagi xatti-harakatlaT takomillashadi, ular birmuncha tartibli va tejamli bo’lib qoladi. Muntazam mashqlar tanada qator ijobiy siljishlar yuz berishiga olib keladi: mushak kuchi v; chidamlilik oshadi, yurak-tomirlar va nafas tizimi faoliyati yaxshilanadi. Aqli; mehnatda mashqlar xotira, diqqat, iroda kabilarning takomillashuviga imkon beradi. Mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish, mehnat unumdorligini oshirishnin asosiy vositasi hisoblanadi. Bunda avvalo, eng zamonaviy texnologiyadar mashina, mexanizmlar va boshqa jihozlarning mukammal turlaridan foydalanishg£, mehnatni to’g’ri tashkil qilishga asoslaniladi. Ayni vaqtda mehnat fiziologiyasi v
ruhiyati talablarga rioya qilish uning ajralmas qismidir. Asosiy fiziologik talablarga mehnat maromi, mehnat va dam olishnin samarali tartibini tashkil etish kiradi. Bir maromdagi mehnat — smena, hafta, oy yil maboynida bir tekisda bajariladigan mehnatdir. Mehnatning maromliligiga talal qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini to’g’ri navbatlashda asab markazlarinin fiziologik xususiyatlarini hisobga olish asoslangan. Maromli mehnat asab v mushak quvvatiyy oqilona sarflash, mehnat faoliyatining hamma davrlarida is qobiliyatini quvvatlab turish imkonini beradi. Uskunalarning nosozligi, materiallar, asbob-uskunalarning bo’lmasligi sababli ishdagi majburiy tanaffuslar ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mehnat maromining buzilishi ishga berilish bosqichida erishilgan natijani yo’qotishga sabab bo’lib, ish qobiliyatining boshlang’ich bosqichini birmuncha past darajaga qaytaradi. Ayni vaqtda ishda tez-tez bo’lar-bo’lmasga tanaffus qilaverish salbi; ehtiroslarni keltirib chiqaradi, bu ish qobiliyatini pasaytiribgina qolmay, balki ko’p takrorlanaverganda yurak-tomirlar patologiyasi rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Oylik va uch oylik rejalar nomuntazam bajariladigan (oy va chora oxirida shoshilinch ishlar) korxonalarda ishchilar o’rtasidagi kasallanishni tahlil qilish ortiqcha charchash, shoshma-shosharlik va asab buzilishiga olib keladigan sharoit, ishdan keyin qolib ishlash soatlarining ko’payishi va hatto dam olis kunlarida ishlash surunkali kasalliklar, shamollash kasalliklarining o’sishiga oli kelishini ko’rsatdi. Kasallanish hodisalarining ko’p qismi «ishga hujum qilingan oydan keyingi birinchi o’n kunlikka to’g’ri keladi. Qator korxonalarda maromli ishni joriy qilish mehnat unumdorligining 18—20%ga oshirishga va umumi; hamda kasbga doir kasallanishning pasayishiga olib keladi. Mehnat va dam olishning oqilona tartibini belgilash, ish qobiliyatini yuksa darajada saqlab turishning eng muhim sharti hisoblanadi. Mehnat tartibi degand! ish va dam olish davrlarini taqsimlash tushuniladi. Smenaning muayin davrlariga..
fiziologik jihatdan asoslangan ma’lum muddatli tanaffusni (tushki tanaffusdan tashqari) kiritish va ulardan oqilona foydalanish ish qobiliyatini yuqori darajada saqlab turish muhimdir. Bunday tanaffuslar toliqishning boshlang’ich bosqichiga to’g’ri kelsa va ishga berilish holatini buzmasa (uzoq davom etishi sababli) g’oyat fo ydali bo’ladi. Qo’shimcha tanaffuslarni belgilash vaqti va ularning qancha muddat davom etishi ishning xususiyatiga bog’liq. CHunonchi, ish nechog’lik og’ir va jadal bo’lsa, smena boshlanganidan so’ng shuncha ertaroq (yoki kunning ikkinchi yarmi uchun — tushki tanaffusdan keyin) qisqa muddatli tanaffus, ayrim hollarda ikki yoki uch tanaffus joriy qilinadi. Ularning davomiyligi ham turlicha: 5-10 dan 15-30 minutgacha, bunda ish nechog’lik og’ir va jadal bo’lsa tanaffuslarning muddat i shuncha davomli bo’ladi. Tanaffuslar vaqtidagi dam olishni oqilona uyushtirilishida ishlab chiqarish gimnastikasini o’tkazish maqsadga muvofiq, bu toliqishni kamaytiradi va mehnat unumdorligini 3-15 %ga oshiradi. Bunday unumli dam olish loqayd dam olishga qaraganda birmuncha ta’sirchandir. CHunki faol dam olish davrida induktsiya yo’li bilan ishlayotgan markazlardan charchagan asab hujayralarining tormozlanishi chuqurlashadi, ularning birmuncha tez va to’liq tiklanishi ro’y beradi. Biroq og’ir mehnatda yoki havo harorati yuqori sharoitda ishlash hollarida shamollatiladigan xonada sust dam olish maqsadga muvofiq. Toliqish profilaktikasida so’nggi vaqtda ergonomika (grekcha eggop — ish, pomos — qonun) degan no m bilan yangi yo’nalish vujudga k eldi, bu fan mehnat unumdorligini oshirish, sog’liqni muhofaza qilish, ishda xavfsizlikni va qulay sharoit (kamfort)ni ta’minlash maqsadida odamni ishga moslashtirish uchun boshqa qator fanlarning ma’lumotlaridan foydalanishga asoslangan. Mashinalar va boshqa uskunalarni, jihozlarni ixtiro qilishda, ish joylarini uyushtirish va rejalashtirishda fiziologik va psixologik talablarga rioya qilish ergonomikaning asosiy
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Mashinalarni ixtiro qilishda ishlayotgan kishinin ortiqcha harakatlardan holi etish, turli noqulayliklarga barham beradigan choralalr ko’zda tutilishi kerak. CHunonchi, ozgina engashib ishlashda quvvat sarfi atigi 22% ga oshsa, ko’proq engashib bajaradigan ishda 45% ga oshadi. Boshqaruv qo’ va oyoq bilan amalga oshiriladi gan hollarda odamning oyoq va qo’llari uchun mo’ljallangan ish maydonining samarali o’lchamlarini hisobga olish lozim. Kuchni tejash tamoyiliga amal qilish ham muhimdir. Odam ko’p kuc sarflanadigan ishni uzoq vaqt mobaynida bajara olmaydi; ayni vaqtda muskul kuch imkon bo’lganidan uzoq vaqt saqlanib turmasligi aniqlangan. Odam kuchinin ta’sirini samarali yo’naltirishni nazarda tutish kerak. Tik turgan holatda eng yuqori kuchning o’ziga tomon qilingan harakatida rivojlanishi uzatilgan qo’lga nisbatan bukilgan qo’lda bosimning kuchi ko’proq ekanligi ma’lum. Asboblar, boshqa turl boshqaruv uskuna dastasini qulay hajm va shaklda yaratish yo’li bilan ham kuchni tejashga erishiladi. Toliqish profilaktikasida samarali ish vaziyati va to’g’ri qurilganligi katta ahamiyatga ega. l Muskullarning eng past darajadagi tarangligi hisobiga yuzaga keladigan erkin, odamdan kuch talab qilmaydigan holatga oqilona vaziyat deyiladi. Gavdaning tik yoki bir oz egilgan (ko’pi bilan 10-15 daraja) holatida shunda bo’ladi. Ishni o’tirgan, tik turgan holatda. ba’zan esa goh o’tirib, goh tik turil (o’tirib, turgan holda) bajarish mumkin. O’tirish vaziyatida statik harakatlar kamroq bo’lsa-da, ish vaqtidagi harakatlar ko’lami va sarflanadigan kuch unchali katta bo’lmaganda (5 kg.gacha) uni qo’llash mumkin. Kuch 10 kg.ga etsa, o’tirib tik turib ishlash holati, bundan katta bo’lganda esa tik turib ishlash holati maqsadga muvofiq. O’tirib ishlash vaziyatida statik harakatlarni pasaytirish uchun ish jihozlari stol, stul, oyoqlar uchun tirgakning fiziologik jihatdan asoslangan loyihalaridan foydalaniladi. Stulning baland-past bo’lishini boshqarib turish, suyanchig’i, tirsakni
qo’yish uchun moslamasi borligi, o’tirib ishlash vaziyatdagi charchoqni kamaytiradi. Qator hollar da ishchi ro’parasidagi ish yuzasini yarim doira qili qirqish, uni qiya qilib qo’yish maqsadga muvofiq. Fiziologik jihatda o’tirib-ti turib ishlash vaziyati g’oyat maqsadga muvofiq, u ishchiga o’zi uchun qula; vaziyat tanlash, qon dimlanib qoladigan sohalarda qon aylanishini tiklash imkonini beradi. Bir maromdagi ishlarni bajarishda bunday vaziyat ayniqsa foydali, chunki vaziyatni o’zgartirish ruhiy jihatdan xilma-xillikni vujudga keltiradi. Ishlab chiqarish estetikasini joriy qilish: xonalarni ko’zni qamashtirmaydigan bo’yoqda bo’yash, yoritish, musiqa, intererni bezash toliqishning oldini olishda ruhiy fiziologik yo’nalish hisoblanadi. Ko’pchilik ishlab chiqarish binolarini yashil rangga bo’yash maqsadga muvofiq, chunki bu rang ta’sirsiz bo’lib, markaziy asa tizimini uyg’otishga ham, tormozlashga ham sabab bo’lmaydi. Asabga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadigan ko’k va havo rang bo’yoqlar bilan issiqlikni ko’p ajratadigan yoki shovqin hosil qiladigan xonalarni hamda uskunalarni bo’yas maqsadga muvofiqdir. Qizil va sariq ranglar ko’zga ta’sir ko’rsatadi, shunin uchun ulardan ishchilar qisqa ishlay! digan sozlash ishlarini bajarish vaqtidagina bo’ladigan xona) larda foydalanish mumkin. Biroq xona va uskunalarni bir xil rang bilan bo’yash yaramaydi, chunk bunday bir xillik odamga salbiy ta’sir etib, inson organizmi himoyasini zaiflashtiradi. Bo’yoqlardan, shuningdek, ishora-ehtiyotkorlik maqsadida ham foydalaniladi, transport vositalari, tsexdagi jo’mraklar va boshqa uskunalarni tiniq ranglarga bo’yash ishlab chiqarishda shikastlanish hollarining kamayishiga oli keladi. Sex va boshqa joylarni unumli yoritish yorug’likning bir tekis yoyilish tsexning ichki tomonini badiiy bezatish, chiroyli va qulay ish kiyimi toliqishnin oldini oladi. Mehnat unumdorligini oshirishning muhim psixofiziologik vositasli jamoada do’stona munosabatlarni o’rnatish hisoblanib, bunda rahbarning o’rni muhim. Salbiy ehtiroslarni bartaraf etish toliqishning, balki asab va yurak-tomir
kasalliklari paydo bo’lishining ham oldini oladi. Mehnatning tibbiy sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish muhitinin gigienik talablarga muvofiq kelishi mehnat unumdorligini oshirish yo’llaridan b^i hisoblanadi. CHang, gaz, shovqin va tebranishni kamaytirish, me’yoriy mikroiqlim yaratish, bularning hammasi kasbga aloqador va kasbga aloqasi bo’lmagan qasalliklarning oldini olish uchungina emas, balki ish qobiliyatining yuksa bo’lishi uchun ham zarur shart hisoblanadi. Aqliy mehnatda ish qobiliyatini yuksak darajada tutib turish uchun quyidag qator sharoitlarga rioya qilish: uxlashdan yoki dam olishdan so’ng mehnat jarayoniga asta-sekin kirishish, mehnat faoliyatida dam olish davrlarini to’g’ri rejalashtirish. Bu sharoitlardan tashqari, ish joyining qulayligi, gavda vaziyatini vaqtida o’zgartirib turish imkoniyati borligi hamda ish sathining bir tekis yoritilishi ham muhim ahamiyatga ega. Displeylar bilan ishlaydigan operatorni ish maromini yo’lga qo’yish mehnat xavfsizligini va charchashni kamaytirishni oldini oladi. Ish kuni mobaynida ishchining ishlash qobiliyati birdan o’zining eng katta qiymatiga erisha olmaydi. Operatorning disple y bilan ishlaganda ish maromi har 2 soatda yarim soat dam olishi yoki 1 soatda 15 minut dam olib turishi lozim. Bu qisqa-qisqa dam olish ish qobiliyatini yaxshilash va charchashni oldini oladi. Bundan tashqari, operator va mashina o’rtasidagi masofa, shu masofaga binoan ekrandagi yozuvlarni kattaligi, ekran yorqinligi ham shular jumlasidandir. Ko’z va ekran oralig’i 60-80 sm, kattaligi esa 3-4 mm, optimal kenglik v; balandlik 3:4, belgi orasidagi masofa esa uning bo’yidan 15-20 h bo’lishi kera (3.1-rasm).
3.1-rasm.EHM operatori ish stoliga talablar.
3.3 EHM operatori toliqishini oldini oluvchi jismoniy mashqlar. Ko’z uchun: Mashqlar o'tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qaramasdan bajariladi. 1—4 hisobda ko'z mushaklarini tarang tortib, ko'zni yuming, 1—6 hisobda ko'z mushaklarini bo'sh qo'ying, ko'zni oching (4—5 marta takrorlanadi). 1—4 hisobda burun uchiga qarab turing. Bunda ko'zni charchashgacha olib kelmang, ko'zni yuming. So'ngra 1—6 hisobda ko'zni ochib, uzoqqa tikiling (4—5 marta takrorlanadi). 1—4 hisobda boshni burmasdan o'ngga qarab turing. 1—6 hisobda to'g'riga uzoq masofaga qarang. Bu mashq ko'zni yuqoriga, pastga va chapga qaragan holda takrorlanadi. 6 hisobda qarashni diagonal bo'yicha o'ng yuqori burchakka, o'ng past burchakka, so'ngra 6 hisobda chap yuqori burchakka, chap past burchakka o'tkazib, so'ngra uzoqqa qarang (3—4 marta takrorlanadi).
Tana uchun: Jismoniy mashqlar harakatlanish qobiliyatida, asab, yurak, qon-tomir, nafas olish va mushak sistemalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, umumiy charchoqni bartaraf etadi, aqliy mehnat qobiliyatini yaxshilaydi. 20—30 sekund turgan joyda o'rta sur'atda yurish. Dastlabki holat — qo'llar yonda, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi. hisobda qo'llar oldinda, kaftlar pastga qaratiladi. hisobda qo'llar yonga, kaftlar yuqoriga qaratiladi. hisobda oyoq uchida turiladi, qo'llarini yuqoriga qilib engashiladi. hisobda dastlabki holatga qaytiladi (sekin sur'atda 4—6 marta takrorlanadi). Dastlabki holat - qo'llar orqaga, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi. hisobda tana o'ngga buriladi. hisobda dastlabki holatga qaytiladi. hisobda qo'llarni atrofga yoyib oldinga egilinadi, bosh orqaga ko'tariladi. hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 8 hisobda xuddi shuning o'zi boshqa yo'nalishda bajariladi (sekin sur'atda 4—6 marta takrorlanadi).
Xulosa Telekommunikatsiya tarmoqlarida axborotni almashishdan oldin birinchi mashrutni aniqlash muhim vazifa hisoblanadi. Axborotni jo‘natishdan oldin mashrutni tanlashga ketgan juda kichik vaqt axborotni o‘tish vaqtiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nazariy jixatdan eng yaxshi mashrut bo‘ylab axborotni jo‘natish yaxshi samara berishi aytib o‘tilgan. Xozirda tarmoqlarni optimal mashrutini topishda ishlatiladigan ko‘p algoritmlar bor. Ular odatda bir parametrga bog‘liq ravishda ishlashga asoslangan. Bilamizki tarmoqda optimal mashrutini aniqlashda bir nechta parametrlarga etibor berilsa axborotlarni optimal uzatishni ta’minlash mumkin. Telekommunikatsiya tarmog‘i sturkturani graf orqali ifodalab marshrutlash masalani yechish mumkin. Tarmoqda stansiyalarni soni grafdagi tugunlar sonini ifodalaydi. Tarmaq stansiyalari orasidagi bog‘lanish esa graf tugunlari orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Bitiruv malakaviy ishida tugunlararo yo‘l parametrlarini yangona koeffitsentga keltirib, Deykstra algoritmi asosida eng qisqa yo‘lni aniqlash masalasi yechildi va modelini keltirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Вишневский B.M. Теоретические основы проектирования компьютерных сетей. - М.: Техносфера, 2003. - 512 с. Новиков С.Н. Методы маршрутизации на цифровых широкополосных сетях связи: учеб. пособие.-Ч.1.-Новосибирск: СибГУТИ, 2000.-Ч.1-84с Буров А.А. Анализ методов маршрутизации в широкополосных цифровых сетях интегрального обслуживания (Ш-ЦСИО) / А.А. Буров, С.Н. Новиков // Компьютерные учебные программы и инновации. Математические модели исследования маршрутизации в сетях передачи данных / М.П. Березко, В.М. Вишневский, Е.В. Левнер, Е.В. Федотов // Информационные процессы. - 2001. - Т. 1, № 2. - С. 103-125. Wittmann R. Multicast Communication: protocols and applications / R. Wittmann, M. Zitterbart. - Academic press, 2001. Пономарев Д.Ю. Исследование моделей телекоммуникационных систем с непуассоновскими входными потоками // Проблемы информатизации региона. ПИР-2001: сб. науч. тр. - Красноярск: ИПЦ КГТУ, 2002. Пономарев Д.Ю. Об обслуживании в системе с входным гамма- потоком // Проблемы информатизации региона. ПИР-2001: сб. науч. тр. - Красноярск: ИПЦ КГТУ, 2002 Олифер Н. и Олифер В. Введения в IP сети. Центр информационного технологий, 1992 г. Шокина Л.Г. Охрана труда на предприятиях связи. -М.: Радио и связь, 1983 - 175 с. Баклащов Н.И. и др Охрана труда на предриятиях связь и охрана окружащей седы: Учебник для ВУЗОВ 1 - М.: Радио и связь, 1989 г. Батищев Д.И Принятие оптимальных решении в экономических
исследованиях.- Горький: Горысковий госуниверситет. 1982 - 108с. Н.Х. Гултураев, Н.С. Ходжаев, А.Д. Нормуродов Телекоммуникация тармоклари.-Т.: “Фан ва технология”, 2011, 440 бет. М.М. Musayev. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari. T.: “Aloqachi”, 2013, 394 bet. N.B. Usmanova Ma’lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari. O’quv qo’llanma. Toshkent TATU.2006 yil Автоматическая телефонная связь на железнодорожном транспорте Под ред. В.М. Волкова. - М.: Транспорт, 1996. - 324 с. Ионов, А.Д. Линии связи: Учеб. пособие для вузов А.Д. Ионов. - М.: Радио и связь, 1990. Основы телефонной коммутации В.Д. Ковалева, Л.И. Вахтангов, Ю.С. Рябченко, Ф.Г. Шиманский. - М.: Радио и связь, 1987. Проектирование и техническая эксплуатация систем передачи В.В. Крухмалев, В.Н. Гордиенко, В.И. Иванов и др. - М.: Радио и связь, 1996. Олифер, В.Г. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы В.Г. Олифер, Н.А. Олифер. - СПб.: Изд-во «Питер», 2010. Слепов, Н.Н. Синхронные цифровые сети SDH Н.Н. Слепов. - М.: ЭКО - ТРЕНДЗ, 1998. Нейман, В.И. Структуры систем распределения информации В.И. Нейман. - М.: Радио и связь, 1983. Кириллов, В.И. Многоканальные системы передачи В.И. Кириллов. - М.: Новое знание, 2002. Требованияк IP-сетямдля трансляции IPTV, http: www.akvilona.ru Алексей Шереметьев. Мультисервисные сети: передача видео, Компьютер Пресс 10'1999 Ю.А. Семенов. Телекоммуникационные технологии http:
www.citforum.ru nets semenov Безопасность жизнедеятельности. (Учебное пособие) Гриценко B.C. МЭСИ; 2004 Безопасность жизнедеятельности. (Учебное пособие) Павлов А.И., Тушонков В.Н., Титаренко В.В. МИЭМП; - 2006 Безопасность жизнедеятельности. (Учебное пособие для ссузов) Смирнов А.Т. идр. - 2009 Безопасность жизнедеятельности. (Учебно-метод. компл.) Сычев Ю.Н. - ЕАОИ; 2008 Безопасность жизнедеятельности. (Учебное пособие) Хван Т.А., Хван П.А. - 2004 Безопасность жизнедеятельности в чрезвычайных ситуациях. (Учебно-практ. пос.) Сычев Ю.Н. - МЭСИ; 2005 Сети NGN.http://www.akvadra.ru/categories.html?id=40 Сети NGN.http://www.si2000.ru/networksngn.php Коновалов Г.В. Многомерные сети — будущее инфокоммуникационных сетей. http://www.elsv.ru/files/actual/87.pdf Варакин Л.Е. Будущее поколение инфокоммуникационных сетей — FGN XXI // Международная конференция MAC-2004 “Инфоком- муникационные сети XXI века” — М. http://niits.ru/public/2004/2004-039.pdf
Download 401.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling