Ishga nisbatan qo'yiladigan talablar individning mahorat, ko‘nikmalar,
qobiliyatlar, ma’lumot, tajriba,
salomatlik, tarbiya kabi ishni bearish uchun zarur
bo'lgan xususiyatlarini o'zida aks ettiradi (7.2.3-rasm).
Muayyan tashkilot
sharoitida ushbu taJablaming ro‘yxatini tuzish uchun lavozim tahliliy so'rovnomasi
usuli dan foydalaniladi.
Ishni tahlil qilish
7.2.3-rasm. Ishning talablarini belgilash
Mazkur usul ishning quyidagi parametrlarim tahlil qilish yo‘li bilan
individning yuqori da ko'rsatilgan tavsiflariga ta’rif berishni nazarda tutadi:
•
ishni bajarish uchun muhim bo'lgan axborot manbalari;
•
ishni bajarish zarur bo'lgan qayta ishlanadigan
axborot va qabul
qilinadigan qarorlar;
•
ishni bajarish uchun talab etiladigan jismoniy harakatlar va
ko'nikmalar;
•
ish uchun muhim boigan shaxslararo munosabatlar xususiyati;
•
individning ishning sharoitlariga munosabat bildirish xususiyati.
Ushbu ro'jTcatga xodim shaxsining
ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari, xususan,
temperament, fe'l-atvor, xotira, tafakkur, motivatsiyaga nisbatan qo'yiladigan
talablami ham kiritish lozim.
148