1-chizma. AB vektor
Vektor odatda strelka yordami bilan tasvir qilinadi. Strelkaning yo’nalishi vektorning yo’nalishini va uning uzunligi vektorning uzunligini ko’rsatadi.Vektorni belgilash uchun kichik lotin harflari a,b,c…dan foydalanamiz.Yoki, ustiga strelka qo’yilgan ikkita bosh harf bilan belgilanadi, masalan, (1-chizma). Bu holda A-vektorning boshlang’ich nuqtasi va B-uning oxirgi nuqtasi yoki uchi bo’lib, vektorning yo’nalishi A dan B ga tomon yo’nalgan.
Vektorning moduli deb, shu vektorni tasvirlovchi kesmaning uzunligiga aytiladi. vektorning moduli kabi belgilanadi.
Har bir vektor o’zining son qiymati va yo’nalishi bilan aniqlangani uchun, uzunliklari teng va yo’nalishlari bir xil bo’lgan ikki vektor o’zaro teng deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |