Jonlantirish


Download 25.16 Kb.
bet2/6
Sana28.01.2023
Hajmi25.16 Kb.
#1135593
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qodirov savollar

Ob’ekt - deb qaralayotgan masala yechimi nuqta nazaridan funksional umumiyligi bo‘yicha birlashtirilgan model fazosining nuqtalari majmuasiga aytiladi.
ob’ekt – bu bitta nom bilan ataluvchi va yagona vizual xossa bilan xarakterlanuvchi primitivlar majmuasidir.
Primitiv tushunchasi qarashlarning ikki asosiy jihatiga ega. Birinchidan, primitiv murakkab ob’ektlarni tasvirlashda “qurilish g‘ishti” bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchidan, grafik tizim apparati yoki protsedurasi shakllantiradigan sodda tasvir. Shuning uchun, geometrik va grafik primitivlarni farqlash talab qilinadi.
Qattiq jism modellari uzluksiz jism ko‘rinishidagi ob’ektlarni, ya’ni ob’ekt egallab turgan fazoning barcha nuqtalarining yaxlitligi ko‘rinishidagi hajmiy jismni ifodalaydi.
Sirt modellari fazoning ob’ekt sirtiga tegishli barcha nuqtalari haqidagi axborotlarni o‘zida mujassam etadi, uning ichidagi nuqtalar esa hisobga olinmaydi
Karkas modeli ham faqat ob’ekt sirti haqidagi tasavvurni beradi, biroq sirtni unga tegishli bo‘lgan karkasning diskret elementlari – nuqta yoki chiziqlar kombinatsiyasi ko‘rinishida ifodalaydi.
Nuqtaviy ob’ektlarni ifodalash uchun nuqtaviy model deb ataluvchi model kiritilgan
Nolinchi darajali ifoda nuqta uchun xarakterlidir
Birinchi darajali ko‘phad argumentlar soniga qarab fazoda to‘g‘ri chiziqni yoki tekislikni ifodalaydi.
Yuqori darajali ifodaga ega modellariga faqat sirt modellari qaraladi
Poligonal to‘r (ingliz tilidan polygon mesh) - bu hajmiy modellashtirish va uch o‘lchovli kompyuter grafikasida ko‘pyoqli ob’ekt shaklini aniqlaydigan uchlar, qirralar va yoqlar majmuasidir.
Bu yerda renderlash (ingl. Rendering – “Vizualizatsiya”) – kompyuter dasturlari yordamida model bo‘yicha tasvirni olish jarayonini belgilovchi kompyuter grafikasi atamasidir.
Poligonal to‘r haqidagi ta’limot – bu kompyuter grafikasi va geometrik modellashtirishning katta qismi hisoblanadi.
Poligonal to‘rlarni tarmoqlar orqali uzatish uchun “oqimli” va “progressiv” to‘r kabi tarmoq tasvirlaridan foydalaniladi.

Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling