Joriy nazorat topshiriq. Savollarga javob bering
Download 2 Mb.
|
3-joriy nazorat
Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret o‘rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Masalan, ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan sobiq sovet tizimi buyruqboz shaxslar tipini shakllantirib qo‘ydi. Bunday shaxs tipiga «yuqori»ga ko‘r-ko‘rona, so‘zsiz bo‘ysunish, dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o‘z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish yo‘lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik kabi xususiyatlarga ega bo’lganlar kiritildi. Bunday kishilarning shaxs xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Shaxs tipining bunday ko’rinishi hozirda ham ba’zan jamiyat hayotini yangi sharoitda erkin rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda.
«Shaxs» - odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib,ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishiningmaxsuli hisoblanadi. Shaxs tushunchasi ijtimoiy munosabatlar va ongli faoliyat sub’yekti sifatidagi individni ham ifodalaydi. «Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatini bildiradigan ijtimoiy-ruxiy sifatlarning ichki muayyan yaxlitligi ifodalanadi. Shaxs bo‘lish degani, birinchi navbatda, o‘zining ichki qadriyatlardunyosini shakllantirishni, tevarak-atrofga, eng avvalo, ijtimoiy hodisalarni anglash, uning mohiyatini tushunish orqali qadriyatiy-tanqidiy munosabatga ega bo‘lishni bildiradi. Insonning shaxs sifatidagi qadriyati uning o‘zligidan, fiziologik mavjudligidan ajratib olingan tarzda mavjud emas. Shu bilan birga, aytish mumkinki, istagan inson shaxs bo‘lolmaydi, lekin har qanday shaxs- insondir. U tashqi muhitga faqat biologik moslashuv natijasi sifatida shakllana olmaydi. Balki sotsiumda, aniqrog‘i, uning turli darajalarida qaror topadi va unga ma`lum darajada bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni shaxsning kelib chiqishi va uning imkoniyatlarining ro’yobga chiqishi kishilik jamiyati tomonidan ta`minlanadi. Demak, shaxsda insonning jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari ifodalanadi. Shunga ko‘ra, sotsiumning turli darajalarini o‘rganadigan barcha fanlar doirasiga shaxs masalasi ham kiradi. Xususan, inson tanasi tuzilishi va faoliyatini o‘rganadigan biologiya va boshqa fanlardan farqli o‘laroq,jamiyatshunoslik, ruxshunoslik, ta`limshunoslik kabi qator fanlar shaxs masalasini o‘rganishga ehtiyoj sezadi. Muayyan ma`noda shaxs yaxlit sotsiumning ajralmas bo‘lagidir.Unda dastavval kishilar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar jamuljam bo‘ladi. Lekin bu o‘inda shaxs bilan sotsium aynanligi to‘g‘risida gapirishga asos yo‘q. Ibtidoiy tuzumning sodda jamoachiligi inqirozga yuz tutishi tufayli kishilar bir-biridan «ichki» dunyosi va manfaatlari bilan o‘zaro farqlanib, shaxs bosqichiga ko‘tarilib boradilar. Buning natijasida esa shaxs bilan sotsium manfaatlari nisbati masalasi kun tartibiga qo‘yiladi.1 Shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga ega. Shaxsning o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi mustaqilligidir. U shu holati bilan sotsium hayotining barcha sohalarida ishtirok etadi. Albatta, gap bu borada ko‘proqyetuk shaxs to‘g‘risida boradi. Lekin yangi tug‘ilgan insonningshaxs bo‘lish imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi. Demak, shaxsni sotsiumning turli darajalaridagi tashkiliy sifatlari voyaga etkazadi2. Inson bilan sotsium aloqadorligi jihatidan uning shaxs sifatlari shakllanishini aniqlab olish muhim. Shaxs shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi va konkret shaxs boshqa oddiy insondan nimasi bilan farqlanadi,- degan savol qo‘yilsa, unga javob berish xiyla qiyin. Negaki, shaxs shakllanishida juda ko‘p omillar ishtirok etadi. Ularning ichida ijtimoiy muhit katta mavqega ega.
Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling