SHAXSNING IJTIMOIY ROLI NAZARIYASI BO‘YICHA BELGILAGAN VA ERISHILGAN MAVQELARNING FARQI NIMADAN IBORAT?
Sotsiologiyada Amerikalik D.J.Mid va G.R.Mintonlar tomonidan asos solingan shaxsning roli nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Keyinchalik bu nazariya G.Merton va T.Parsons, G‘arbiy Germaniya sotsiologi G.Darendorflar tomonidan yanada rivojlantirilgan. Bu nazariya ikki asosiy tushunchalar: shaxsning ijtimoiy mavqeyi va ijtimoiy roli orqali tushuntiriladi. Unga ko‘ra, har bir inson muayyan ijtimoiy tizimda bir necha o‘rinni egallashi mumkin. Har bir egallangan o‘rin ijtimoiy mavqe deb ataladi. Shaxs o‘z hayoti davomida bir necha ijtimoiy mavqega ega bo‘lishi mumkin. Binobarin, bu o‘rinlardan qaysi biridir uning asosiy ijtimoiy mavqeyini belgilaydi. Bosh mavqe shaxsning egallab turgan mansabi (masalan, direktor, rais, professor kabi) bilan belgilanadi. Shaxs ijtimoiy mavqeyi uning tashqi xulqida, tashqi qiyofasida, yurish-turishida va hatto muomalasida ham o‘z ifodasini topadi.
Shaxsning ijtimoiy rol nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o‘zaro farqlanadi. Belgilangan mavqe – bu shaxs xizmati va xatti-harakatidan qat’iy nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo‘yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug‘ilgan joyi, oilasi, jinsi va boshqalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |