Joriy nazorat topshiriq. Savollarga javob bering


Download 2 Mb.
bet1/24
Sana14.12.2021
Hajmi2 Mb.
#181011
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
3-joriy nazorat


  1. JORIY NAZORAT




  1. TOPSHIRIQ. SAVOLLARGA JAVOB BERING




  1. E.DYURKGEYM SHAXSNI SHAKLLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA NIMANI KO‘RSATADI?

Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan, Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi yunon va Rim faylasuflari ham o‘z asarlarida mazkur muammolarni tahlil qilib berganlar.

O‘rta asrlarda axloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo‘lsa, Sharq dunyosida axloqiy-huquqiy me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar islom falsafasi ta’sirida rivojlandi.

XVII-XVIII asrlarga kelib Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi axloq me’yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig‘may qoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Montesk’e, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, Gel’vetsiy, D.Didro, P.Gol’bax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intilganlar.

XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy me’yordan og‘ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot — E.Dyurkgeymning «anomiya» g‘oyasi yaratildi. Ma’lumki, sotsiologiyaning fan bo‘lib shakllanishida ijtimoiy patologiya omiliga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada E.Dyurkgeymning to‘rtta asari chop etilgan bo‘lib, shulardan biri O‘z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag‘ishlangan edi.

Amerika sotsiologiyasida muhim o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Saterlendning differentsial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o‘rgatiladi.

Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E. Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: «Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir».8

Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.

Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3 ta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular: 1) irsiy omillar; 2) psixo-fiziologik omillar; 3) shaxsning bilim darajasi.

Shuningdek, ijtimoiy og‘ishlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qat’iyatsizligi, prinsipialligi yoki prinsipsizligi, qoidalarga bo‘ysunish yoki bo‘ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratilib berilishi natijasi bo‘lish funksonal kamchiliklari, maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarining tashkil bo‘lishiga olib keladi.Maqsad va bositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin:

1) Bo‘ysunish.(Konformistlar) Maqsad va vositalarni qabul qilish; «Konformistlar» umum tomonidan e’tirof etilgan qadiryatlar va ularga erishish uchun belgilangan vositalarga amal qiladilar, bunda ularning muvaffaqiyatga erishish yoki erishmasliklari ahamiyatga ega emas.Aholining ko‘pchiligi mana shu toifaga mansub bo‘ladi.

2) Innovasiya.(Innovatorlar) Maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish; « Innovatorlar »-jamiyat qabul qilgan qadiruatlarga amal qilishda davom etadilar, biroq erishish uchun qonunga yaqin yoki noqonuniy vositalardan foydalanadilar.Reaksiyaning bunday tipi qonunga xilof harakatlar yordamida farovonlikka erisggan jinoyatchilar uchun xos.9

3) Ritualizm.Maqsadlarni inkor qilish va vositalarni qabul qilish; «Ritualizim » - ular amal qilayotgan qadriyatlar o‘z mazmunini yo‘qotgan bo‘lsa ham, ulardan chetga chiqmaydigan odamlar.Qoidalarga maqsadsiz, beixtiyor shu qoidaning o‘zi uchun amal qilinadi.Ritualislar,odatda o‘zlarini qiziqarli bo‘lmagan va charchatadigan, istiqbolsiz va kam haq to‘lanadigan ishga bag‘ishlagan odamlar.

4) Retretizim (chekinish).Maqsad va vositalarni inkor qilish; «Retriatislar»-raqobatchi dunyoqarashni rad etadiganlar,ayni payitda qabul qilingan qadriyatlar va ularga erishish vositalarni rad eradigan odamlar.Misol tariqasida xo‘jalik hisobidagi mustaqil namunalarni keltirish mumkin.

5) Isyon. Maqsad va vositalarni inkor qilib,yangiliklarni o‘rnatish.10 «Isyonchilar»-mavjud qadriyatlar va me’yoriy vositalarni rad etadilar, yangi qadriyatlarni kiritish va ijtimoiy tizimni o‘zgartirish uchun faol harakat qiladilar.Bu toifaga radikal siyosiy guruhlarning a’zolarini kiradi.

Inson faoliyatini boshqarishda, uning xulq -atvorini shakillantirishda muhim ahamiyat kasib etuvchi«ongsizlik» yoki «ongosti» xolatlarini chuqur tahlil qilgan, psixoanalitik maktabning asoschisi Z.Freydning bildirishicha, insonning faoliyatiga ikkita instinkt kuchli ta’sir ko‘rsatadi.Ya’ni insohlar yoki o‘limdan qo‘rqib,yoki lazzatlanish uchun harakat qiladilar11. U«Deviant xulq-atvor»ni aynan manashu nuqtaiy nazardan baholaydi. Freydning «Bokiralik tabusi» asarida u qadimiy xalqlarda me’yorlarning paydo bo‘lishi va shakillanishini tariflab beradi.Uning fikriga ko‘ra, insonning o‘z naslini saqlabqolishga bo‘lgan intilishi,aynan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni bekor qilinishiga,qat’iy ta’qiqlanishiga olib kelgan.Tabuni buzish o‘lim bilan jazolangan12.

Erix Fromm inson faoliyatini boshqarishdagi instinktiv xulq-atvor dasturlarini inkor etadi.To‘g‘ri qaror qabul qilish intellektga xos xususiyatdir. Biroq, ushbu qurol shunchalik ojizki, qo‘qqisdan paydo bo‘luvchi ehtiroslar va hirs uni osongina engib qo‘yishi mumkin.Buning ustiga tabiyat va boshqa insonlardan o‘zlashtirilgan aql, ong, o‘zligini anglash va shu kabilar, undagi tabiiy ,hayvonlarga xos bo‘lgan muvozanatni buzib yuboradi.Bu qarama-qarshiliklar esa, insonni bir umr o‘zi bilan o‘zi yashashga majbur qiladi.





  1. Download 2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling