Journal of Advanced Research and Stability Volume: 03 Issue: 03
Journal of Advanced Research and Stability
Download 33.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Dars uchun Maqola
Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 03 Issue: 03 | Mar - 2023 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz 274 soʻzlovchilarning oʻzaro aloqasi qiyinlashadi yoki mumkin boʻlmaydi. Lahja umumxalq tilining quyi bosqichi hisoblanadi, u shevaga nisbatan keng maʼnoga ega boʻlib, shevalar yigʻindisidan tarkib topadi. Masalan, etnogenetik jihatdan koʻp tarkibli boʻlgan oʻzbek tilida 3 ta asosiy lahja farqlanadi: qorluq-chigil-uygʻur lahjasi Farg‘ona vodiysidagi, Toshkent va Zarafshon vohalaridagi shaharlar va ularga yaqin aholi maskanlari shevalarini oʻzi ichiga oladi; qipchoq lahjasi — Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Shimoliy Xorazmdagi hamda Fargʻona va Ohangaron vodiylaridagi "j"lovchi oʻzbek shevalarini oʻz ichiga oladi; oʻgʻuz lahjasi — Janubiy Xorazm (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp va boshqalar) va Turkmanistondagi oʻzbek shevalaridan iborat. Mazkur lahjalarning fonetikasi, grammatikasi va lugʻat tarkibida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud, lekin bu farqlar ularni birbiridan keskin ajratmaydi. Bu lahjalar oʻzbek xalqi va tilining paydo boʻlishi va rivojlanishida yetakchi oʻrin egallab, qoz. oʻzbek adabiy tilining shakllanishi va undagi ayrim lisoniy hodisalarning barqarorlashishida ishtirok etgan. Qorluq lahjasining Toshkent va Fargʻona tip shevalari hozirgi oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tili hozir ham lahjalardagi eng ifodali, koʻp maʼnoli soʻzlar va iboralar, maqbul grammatik shakllar hisobiga boyib bormoqda. O‘zbek tili qipchoq, o‘g‘uz,qarluq-chigil-uyg‘ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi. Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular: 1. qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi; 2. qipchoq lahjasi; 3. o‘g‘uz lahjasi. Bu lahjalar tarkibidagi ko‘plab shevalar fonetik,leksik va qisman morfologik jihatdan o‘zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O‘zbek tilining, adabiy o‘zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. O‘zbek tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi shevalar (Toshkent, Andijon, Farg‘ona,Namangan, Qo‘qon, Jizzax,Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro, Qarshi, O‘sh, Marg‘ilon, Jalolobod va boshqa shaharlarning shevalari) o‘zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. O‘zbek adabiy tilining me‘yorlarini belgilashdaToshkentshevasi fonetik jihatdan, Farg‘ona, Andijon shevalari morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan. Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O‘rxun-Yenisey tosh bitiklari,O‘rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo‘lgan ―Devonu lug‘otit turk‖, ‖Qutadg‘u bilig‖ kabi o‘lmas asarlar o‘zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi.Eski o‘zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to‘g‘ri keladi.Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir. O‘zbek adabiy tili Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida rivojlandi, sayqal topdi. Ushbu shaxsning o‘zbek adabiy tilining asoschisi va otasi deb atashganlari bejizga emas. 1993-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ―Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida‖ Qonun qabul qilindi.Ushbu qonun 1995-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli o‘zgartirishlar bilan qayta qabul qilindi va ―Davlat tili haqida‖gi Qonun bilan bir qatorda , uning davomi sifatida bosqichma- bosqich amalga oshirilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling