Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57


Download 73.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi73.28 Kb.
#1543710
  1   2   3   4
Bog'liq
bozor-iqtisodiyoti-sharoitida-xo-jalik-sub-yektlarining-moliyaviy-holatini-o-rganishning-ahamiyati



JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 
Page 56 
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA XO‘JALIK 
SUB’YEKTLARINING MOLIYAVIY HOLATINI O‘RGANISHNING 
AHAMIYATI 
 
Xoliqulov Anvar Nematovich 
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Iqtisodiy tahlil va satatistika kafedrasi mudiri, i.f.n., dots. 
Eshmurzayev Otabek
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 
IK-S-420 guruh talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning mohiyati va mazmuni, 
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zaruriyati hamda uning ahamiyati to’g’risida mualliflar 
tomonidan 
fikr-mulohazalar 
keltirilgan. 
Qolaversa, 
bugungi 
rivojlangan 
zamonamizda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’yektlarining moliyaviy 
holatini o‘rganishning ahamiyati bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Kalit so’zlar: bozor iqtisodiyoti, ma'lumotlar to'plami, moliyaviy holat, 
iqtisodiy tahlil, tadbirkorlik sohasi, mahsulot, xizmat. 
Mustaqillik bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli mulk shaklidagi 
korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqda erkin munosabat 
yuritish, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish uchun sherik tanlay bilish, o‘zi ishlab 
chiqargan mahsulot va uni sotishdan olgan daromadga to‘liq egalik qilish moliyaviy 
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga bevosita ta’sir etadi.
Yangicha ish yuritish avval uchramagan muammolarni keltirib chiqarmoqda. 
Jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamroh tanlash bilan birga 
ularning moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, 
samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanish 
darajasini 
aniqlashga 
yordam 
beradi, 
foydalanilmagan resurslarni aniqlab; korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning 
moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. 
Respublikamiz io‘tisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan 
korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor 
munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va 
ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko‘p bosqichli bozor 
iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish 
shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatini moliyaviy natijalari - foyda va rentabellik 
korxonalar faoliyatini asosiy ko‘rsatkichlariga aylanadi. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 
Page 57 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma’muriy 
buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarish tizimidan voz kechish 
bozor munosabatlaridan keng frydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini 
kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e’tiborni oshiradi hamda korxonalarning 
moliyaviy holati bilan shug‘ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning 
tarkibini kengaytiradi.
Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini 
tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar 
shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilagn tashkilotlardan 
tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, 
ta’minlovchilar, iste’molchilar va boshqa organlar va tashkilotlar ham 
shug‘ullanishyapti. 
Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar 
qo‘ymoqda. 
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, 
jumladan, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning uslubiy masalalari 
markazda - butun ittifoq organlari tomonidan ishlab chiqarilardi, muammolari 
echilardi va ittifoqdosh respublikalarga foydalanish uchun jo‘natilar edi. 
Sobiq ittifoqning tarqatilishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil 
davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o‘tish uchun o‘z yo‘lini 
tanlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davom ettirib, bozor iqtisodiyotini 
shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
modelini ishlab chiqib, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan 
holda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotir. 
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni huquqiy bazasini 
tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezident Farmonlari va Vazirlar 
Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti. 
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy 
yo‘nalishlaridan biri - bu boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu 
masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini 
tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv 
tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. 
Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi bo‘lib korxonalar 
moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot 
shakllari qabul qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng foydalanish uslullarini barpo 
etish katta ahamiyatga ega. 
Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani echish maqsadida 
moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Lekin bu borada hali echilmagan muammolar ham kam emas. 
Moliyaviy tahlilning o‘tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar 
hali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlangan 
emaslar. Bu holat, albatta bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va 
tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda.


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 
Page 58 

Download 73.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling