Go’za qator oralig’ini sug’orishda suv tejamkor qurilma sadir Nematovich Shodiyev
Download 32.12 Kb.
|
1 2
Bog'liqG\'o\'za qatorlarida suv tejamkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Садир Нематович Шодиев
- Sadir Nematovich Shodiev
- Аннотация
- Kalit so ’ zlar
GO’ZA QATOR ORALIG’INI SUG’ORISHDA SUV TEJAMKOR QURILMA Sadir Nematovich Shodiyev “Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurlarni boshqarish instituti “Qishloq Xoʼjaligi Chorvachilik Texnika va Texnologiyasi kafedrasi” dotsenti t.f.n. Садир Нематович Шодиев к.т.н. доцент Бухарский институт управления природными ресурсами Национального исследовательского университета “Ташкентского института инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства” Sadir Nematovich Shodiev Ph.D. Associate Professor Bukhara Institute of Natural Resources Management of the National Research University “ Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Engineering Engineers ” n.shodiyev1991@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada g’o’za qatorlarini sugʻorishda suv tejamkor texnologiyalaridan foydalanish to’g’risidagi tahlillar va mulohazalar, tavsiyalar va takliflar keltirilgan. Аннотация: В данной статье представлены анализы и замечания, рекомендации и предложения по применению водосберегающих технологий при поливе хлопковых рядов. Abstract: This article presents analyzes and comments, recommendations and suggestions on the use of water-saving technologies in watering cotton series. Kalit so’zlar: Suv, sug’orish, tomchilab sug’orish texnologiyasi, yomg’irlatib sug’orish, yer ostidan sug’orish, qator oralig’i, g’o’za polyasi, namlik, samora. Ключевые слова: вода, орошение, технология капельного орошения, дождевание, подземное орошение, междурядье, хлопковое поле, влажность, урожайность. Keywords: water, irrigation, drip irrigation technology, rain, underground irrigation, rowing, cotton field, humidity, yield. Maʼlumki hozirgi kunda qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishda turli xil suv tejamkor qurilmalarining konstruksiyasi yaratilib ishlab chiqarishda qoʻllanib kelinmoqda va takomillashtirilgan konstruksiyalar yaratilmoqda.Yaratilgan har bir konstruksiyaning oʻziga xos yutuq va kamchiliklari mavjud. Ushbu yaratilgan suv tejamkorlarning har biri qishloq xoʻjaligining ekinlariga ishlov berilgan agrotexnik talablarini qaysidir qismlarga toʻla javob bersa, qaysidir qismlarini to’la qanoatlantirmaydi. Shunga qaramasdan hozirgi kunda bunday suv tejamkor qurilmalar qishloq xo’jaligi sohasida qo’llanish miqyosi kengayib bormoqda. Bulardan: tomchilab sugʻorish texnologiyasi, yomg’irlatib sug’orish texnologiyasi va qurilmasini aytib oʻtish mumkin. Yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi O’zbekiston sharoitida kam miqyosida qo’llaniladi, chunki bunday qurilmadan foydalanish uchun ekin ekiladigan paykallarning maydonlari katta va uzun bo’lishi kerak. Agarda paykalning uzunligi va yuzasi qancha katta bo’lsa, bu qurilmadan foydalanilganda ish unumdorligi iqtisodiy tejamkorligi yuqori boʻlishi mumkin. Shuning uchun qurilmadan qishloq xo’jaligida ekiladigan barcha ekinlarni sug’orishda foydalanib boʻlmaydi, buning turli xildagi ijobiy va salbiy sabablari mavjud. Bu suv tejamlor qurulmalar asosan boshoqli ekinlarni sug’orishda qo’llanilganda samarador boʻlishi mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda paxta qator oralarida; bog’dorchilik, uzumchilik va poliz ekinlarini sug’orishda hozirgi suv tejamkor qurilmasining tomchilatib sugʻorish texnologiyasidan keng miqyosda qoʻllanilib kelinmoqda. Ushbu suv tejamkor qurilmaning tomchilatib sugʻorish texnologiyasining ham oʻziga xos yutuq va kamchiliklari mavjud. Bulardan ayrimlarini sanab oʻtamiz: qurilmaga qoʻllaniladigan shlang (ichak) larning sugʻorish jarayonining boshlanishidan oxirgi sugʻorishgacha paykaldan yigʻishtirib olinmasligi, bu esa g’o’za qator oralariga agrotexnik talablar bo’yicha yumshatish chopiq ishlarini bajarilmasligiga olib kelmoqda, oqibatda esa g’o’za koʻchatlarini ostlariga ishlov berilmaganligi sababli koʻchat ildizlari o’ziga kerakli boʻlgan oziq kislorod ololmaydi va hosildorlikni qisman pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari qurilmaga qoʻllaniladigan shlanglar faqatgina bir mavsumga ishlatiladi, qo’shimcha sarf-xarajatlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek qator oralariga ishlov berilmasligi natijasida begona o’tlarning koʻpayishiga va ko’chatlarning yetarlicha ozuqa ololmasligini keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda koʻpgina olimlar tomonidan yer ostidan tomchilab sugʻorish texnologiyasini yaratish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu texnologiyaning ham oʻziga xos yutuq va kamchiliklari mavjud. Bulardan asosiylari shundan iboratki, ekinlarning ostiga yuboriladigan suvlar uchun qurilmaning shlang (quvur)lari 25-30 sm chuqurlikda har bir qatorda oʻrnatilishi kerak. Ushbu qurilma qoʻllanilgan shlang (quvur)lar ham g’o’za qator oralariga yerni shudgorlashda shuningdek boshqa agrotexnik ishlarni amalga oshirishda oʻzining qandaydir taʼsirini koʻrsatadi, bundan tashqari yer ostidan beriladigan suv yuqoriga qarab koʻtarilishi o’zi bilan tuproqdagi tuzlarni yer yuzasiga koʻtarib chiqaradi va yerning ikkilamchi shoʻrlanishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda bizlar ham oʻzimizning suv tejamkor qurilmamizni yaratmoqdamiz. Ushbu qurilmaning asosiy ishlash prinsipi yomg’irlab sug’orish qurilmasini ishlash printsipiga asoslangan. Ammo uning konstruksiyasi yomg’irlatib sug’orish qurulmasining konstruksiyasidan tubdan farq qiladi. Yomgʻirlatib sugʻorish qurilmasining konsollarini uzunligi o’zgarmas qilib tayyorlangan boʻlsa, bizning taklif qilayotgan konstruksiyadagi konsonning uzunligi oʻzgaruvchan qilib loyihalangan. Suv esa ekinlarga yomg’irlatib sepilmasdan, aynan uning tubiga yaʼni tomirlariga tomon yuboriladi. Bunday texnologik usulda go’zalarni sug’organda nafaqat suv tejaladi balki qurilmaga oʻrnatilgan shlang (ichak)lardan bir necha marta foydalanish imkonini beradi, Shuningdek g’o’za qator oralariga barcha agrotexnik ishlovlarni imkon yaratadi. Natijada esa g’o’za qatorlari orasini sugʻorishda suv tejamkorligi shlanglardan foydalanishning muddatini uzaytirishga va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Download 32.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling