Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57
Download 73.28 Kb. Pdf ko'rish
|
bozor-iqtisodiyoti-sharoitida-xo-jalik-sub-yektlarining-moliyaviy-holatini-o-rganishning-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshmurzayev Otabek Samarqand iqtisodiyot va servis instituti IK-S-420 guruh talabasi Annotatsiya
- Kalit so’zlar
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 Page 56 BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA XO‘JALIK SUB’YEKTLARINING MOLIYAVIY HOLATINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI Xoliqulov Anvar Nematovich Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiy tahlil va satatistika kafedrasi mudiri, i.f.n., dots. Eshmurzayev Otabek Samarqand iqtisodiyot va servis instituti IK-S-420 guruh talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning mohiyati va mazmuni, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zaruriyati hamda uning ahamiyati to’g’risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi rivojlangan zamonamizda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’yektlarining moliyaviy holatini o‘rganishning ahamiyati bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: bozor iqtisodiyoti, ma'lumotlar to'plami, moliyaviy holat, iqtisodiy tahlil, tadbirkorlik sohasi, mahsulot, xizmat. Mustaqillik bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqda erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish uchun sherik tanlay bilish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va uni sotishdan olgan daromadga to‘liq egalik qilish moliyaviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga bevosita ta’sir etadi. Yangicha ish yuritish avval uchramagan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamroh tanlash bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab; korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Respublikamiz io‘tisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko‘p bosqichli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatini moliyaviy natijalari - foyda va rentabellik korxonalar faoliyatini asosiy ko‘rsatkichlariga aylanadi. JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 Page 57 Iqtisodiyotni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarish tizimidan voz kechish bozor munosabatlaridan keng frydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e’tiborni oshiradi hamda korxonalarning moliyaviy holati bilan shug‘ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning tarkibini kengaytiradi. Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilagn tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, ta’minlovchilar, iste’molchilar va boshqa organlar va tashkilotlar ham shug‘ullanishyapti. Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar qo‘ymoqda. Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, jumladan, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning uslubiy masalalari markazda - butun ittifoq organlari tomonidan ishlab chiqarilardi, muammolari echilardi va ittifoqdosh respublikalarga foydalanish uchun jo‘natilar edi. Sobiq ittifoqning tarqatilishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o‘tish uchun o‘z yo‘lini tanlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davom ettirib, bozor iqtisodiyotini shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelini ishlab chiqib, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan holda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotir. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni huquqiy bazasini tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri - bu boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi bo‘lib korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot shakllari qabul qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng foydalanish uslullarini barpo etish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani echish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali echilmagan muammolar ham kam emas. Moliyaviy tahlilning o‘tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlangan emaslar. Bu holat, albatta bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda. JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 Page 58 Download 73.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling