Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57
Download 298.15 Kb. Pdf ko'rish
|
benchmarking-tushunchasi-va-mazmuni-mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 Page 17 BENCHMARKING TUSHUNCHASI VA MAZMUNI, MOHIYATI Boyjigitov Sanjarbek Komiljon o’g’li Samarqand iqtisodiyot va servis institute Marketing kafedrasi assistenti e-mail: boyjigitovsanjarbek@sies.uz Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif tomonidan bugungi kunda korxonalar faoliyatini baholashda benchmarking tizimining o’ziga xos xususiyatlari hamda benchmarking tushunchasi va mazmuni, mohiyati bo’yicha fikr-mulohazalar ilgari surilgan. Qolaversa, korxona tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning benchmarking imkoniyatlari orqali rivojlantirish yo’nalishlari belgilab berilgan. Kalit so’zlar: benchmarking, kompaniya, ichki muhit, xizmat samaradorligi. Abstract. In this article, the author put forward opinions on the specific features of the benchmarking system and the concept, content, and essence of benchmarking in evaluating the activities of enterprises today. In addition, the directions of development of the services provided by the company are defined through benchmarking opportunities. Key words: benchmarking, company, internal environment, service efficiency. Marketing va menejment rivojlanishining yangi nazariyasi va yo’nalishlariga bo’lgan qiziqishning oshib borishi, bozorda barcha sub’yektlarning o’zaro aloqasidagi mukammallik 4 R (Product, Price, Place, Promation) ni o’z ichiga oluvchi marketingning klassik tushunchasi yechimlarni topishda yetarli darajada emasligini ko’rsatdi. Shu o’rinda marketing rivojining yangi yo’nalishlariga tadbirkorlikning eng yaxshi usul va uslublarini topish va o’rganish bilan bog’liq bo’lgan benchmarking kirib keldi. Benchmarking - marketingli konsaltingning qizikarli texnologiyalaridan biri hisoblanadi. Bu-biznesni olib borish usullaridan eng yaxshisini topish va o’rganish jarayonidir. Benchmarking - mahsulot sifatini yaxshilash dasturini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi raqobatbardoshlik konsepsiyasining evolyutsion rivojlanishi mahsulidir. U birinchi marta 1950-yillarning oxirida Yaponiyada paydo bo’ldi. G’arbda benchmarking o’zining zamonaviy ma’nosida 1979-yilda “Kseroks” korporatsiyasi tomonidan korporatsiya bozor ulushining inqirozi bilan bog’liq muommolarni bartaraf etish maksadida qo’llanilgan. Benchmarking kontseptsiyasi 50-yillar oxirida yuzaga keldi, Yaponiyalik ekspertlar AQSh va G’arbiy Evropada etakchi kompaniyalarga tashrif buyurib, tajribalarini o’rganish uchun tashrif buyurishdi. Yaponiyada "benchmarking" tushunchasi "dantotsu" so’zini anglatadi, ya’ni "harakat, tashvish, eng yaxshi (yetakchilik) g’amxo’rlik qilish" (lider). "Benchmarking" atamasi 1972 yilda Kembrij Strategik Rejalashtirish institutida (AQSh) paydo bo’ldi. (Xerox kompaniyasi ) JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 Page 18 "Baholash" atamasi ingliz tilidagi «benchmark» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u rus tiliga tarjima qilishda «standart», «landshaft», «yo’nalish» deb tarjima qilinadi. Chet el terminologiyasida "benchmarking" - bu mutaxassis tomonidan olingan standart va mos yozuvlar sifatida ishlatiladi, shuningdek, standartga asoslanib, biror narsani baholash mumkin. 1 Geografiyada bu atama, oldindan aniqlangan balandlikni bildiradi, bu esa undan tushadigan boshqa balandliklarni aniqlash uchun qo’llanma sifatida qo’llaniladi. Statistika sohasidagi mutaxassislar bazani benchmarking deb bilishadi, ya’ni. qanday yangi yoki haqiqiy ko’rsatkich bilan solishtirilmoqda. Axborot texnologiyalari sohasida benchmarking kompyuterning sifat ko’rsatkichlarini standart konfiguratsiyaga ega bo’lgan boshqa kompyuter bilan taqqoslab baholaydi. 2 Mahalliy va xorijiy mualliflarning marketing va boshqaruv sohasidagi ilmiy adabiyotlari va nashrlarida ushbu konsepsiyaning turli ta’riflari keltirilga: Benchmarking - mahsulotni, xizmatlarni, eng jiddiy raqiblarning ishlab chiqarish tajribasini yoki ularning sohalarida etakchi bo’lgan kompaniyalarni o’rganish va baholashning uzluksiz jarayonidir. Download 298.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling