Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 4 Issue-1 May 2022
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Journal of new century innovations Volume-4 Issue-1
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com Volume – 4_ Issue-1_May_2022 231 1) Oqova suvlar tarkibidagi organik ifloslantiruvchi moddalarni biomassaga oʻtkazish mexanizmini aniqlash. 2) Kislorodga boʻlgan talab orqali ifodalangan mikroorganizmlar kontsentratsiyasining oʻzgarishini tavsiflovchi matematik ifodalar bilan jarayonni tavsiflash imkoniyatini aniqlash. 3) Ushbu jarayonlar jarayonida diffuziya va biokimyoviy iste’mol natijasida erigan kislorod kontsentratsiyasining oʻzgarishi modelini tuzish va eritilgan kislorodni tartibga solish boʻyicha tavsiyalar berish. 4) Uzluksiz va davriy ta’sirga ega boʻlgan aeratsiyalash inshootlarida mikroorganizmlarning koʻpayish modelini yaratish. 5) Toshqinlarni kesib oʻtish paytida, koʻlmak suv omborlari orqali toʻkiladigan suv yoʻllarida kanallarda suvda erigan kislorod miqdorini tajribada oʻrganish. 6) Kichik daryolarning oʻz-oʻzini tozalash qobiliyatini hisobga olgan holda oqova suvlarni tozalash texnologiyasini takomillashtirish uchun aeratsiya inshootlari, bio-hovuzlar va bio-suv havzalari, tozalash maydonchalari, bioxavzalar, bio-kanallar, suv havzalarini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish [3]. Hozirgi vaqtda oʻz-oʻzini tozalash jarayonlarini oʻrganish sohasida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan bir qator qonuniyatlar aniqlangan yoki turli xil tadqiqotlar oʻtkazilgan. Oqova suvlar tarkibidagi organik ifloslantiruvchi moddalarni biomassaga oʻtkazish mexanizmini aniqlash usullari tahlili olib borilgan. Kislorodga boʻlgan talab orqali ifodalangan mikroorganizmlar kontsentratsiyasining oʻzgarishini tavsiflovchi matematik ifodalar bilan jarayonni tavsiflash imkoniyatini oʻrganilmoqda. Oʻz-oʻzini tozalash jarayonlari ularning ta’siri ostida hosil boʻlgan suv omboridagi suvning sifatini hisobga olish va baxolash imkoniyati aniqlash uchun zaruriy choralar koʻrilmoqda. Eritilgan kislorodning oʻz-oʻzini tozalash jarayonida tutgan oʻrni ytuqori hisoblanadi. Eritilgan kislorod kontsentratsiyasi suv omborlarida suv sifatining asosiy xususiyatlaridan biridir. Suvda erigan kislorodni iste’mol qilish organik va ba’zi noorganik moddalarning oksidlanishining kimyoviy va biokimyoviy jarayonlari, shuningdek suvda yashovchi organizmlarning nafas olishlari bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling