Kimyoviy reaksya Foydalanilgan adabiyaotlar


Download 60.19 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi60.19 Kb.
#1800048
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyoviy reaksiya tezligi (2)


Kimyoviy reaksiya tezligi
Reja:

  1. Kimyoviy reaksiya tezligi nima

  2. Reaksiyaga kirishuvchi modda kontsentratsiyasining vaqt birligi ichida o’zgarish grafigi

  3. Kimyoviy reaksya

  4. Foydalanilgan adabiyaotlar



Kimyoviy reaksiya tezligi nima
Kimyoviy jarayonlarning sodir bo’lishi yoki bo‘lmasligi reaksiyada qatnashuvchi moddalaming bir-biriga bo‘lgan kimyoviy mosligiga bog’liq. Har qanday reaksiyaning sodir bo’lishi uchun ma’lum sharoitlar yaratilishi kerak.
Masalan, Н2(g) + 0,5O2(g) = H2O(g), ΔH = —241,84 kJ reaksiya uy sharoitida bir necha yillar davomida oz miqdorda bo‘lsa ham, amalga oshishini aniqlab bo’lmaydi. Shu reaksiyaning 500 °C dan yuqorida reaksiya tezligi sezilarli boladi, 700 °C dan yuqorida yoki uchqun ta’sirida portlash bilan juda qisqa vaqt davomida tugaydi. Bu reaksiyaning entalpiya qiymati katta bo’lishi H2O ning H2 + O2, aralashmasiga qaraganda turg‘un ekanligini bildiradi. Bu reaksiyaga har tomonlama teskari xususiyatga ega bo’lgan
NO(k) + 0,5O2(g) = NO2(g), ΔH = -3 3 ,8 9 kJ
jarayon uchun hech qanday qo‘shimcha sharoit yaratish kerak emas, u o‘z-o ‘zidan sodir bo’ladi, lekin mahsulot turg‘unligi boshlang’ich moddalarnikidan kam bo’lishi, reaksiya entalpiyasi qiymatidan va ishorasidan ko‘rinib turibdi.
Reaksiyalaming borish qonuniyatlarini bilgan holda jarayonni boshqarish imkoniyatlariga ega bo’lish va reaksiya tezligiga ta’sir qiluvchi omillardan to‘g‘ri foydalana bilish kimyogarlar uchun muhim imkoniyatlardan biri bo’ladi.
Kimyoviy reaksiya tezligi
Kimyoviy reaksiya tezligi, ma’lum vaqt davomida hajm birligida (gomogen reaksiyalar uchun) yoki fazalar chegarasida (geterogen reaksiyalar uchun) sodir bo’lgan kimyoviy jarayon tezligi bilan о‘lchanadi. Ko‘pincha, kimyoviy reaksiya
tezligini o’lchash uchun vaqt birligida reaksiyaga kirishgan yoki unda hosil bo’lgan moddalardan birining konsentratsiyasini o‘zgarishi qayd etiladi. Ba’zi hollarda, reaksiya tezligi haqidagi ma’lumotni reaksiya sodir bo’layotgan sistema­ning biror xususiyati (bosimi, rangning ravshanligi yoki elektr o’tkazuvchanligi)ni o’lchash ham kifoya qiladi.

Download 60.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling