Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 4 Issue-5 May 2022
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Download 329.39 Kb. Pdf ko'rish
|
39-44
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com Volume – 4_ Issue-5_May_2022 40 berishdir. Shu kabi imkoniyatlarga ega bo`lish uchun O`zbekiston JSTga a`zo bo`lishi dolzarb masalaga aylanib ulgurdi. Xitoy Xalq Respublikasining JSTga kirish tajribasini o`rganish kelgusida O`zbekiston JSTga a`zo bo`lganda yo`qotishlarni minimallashtirishga yordam beradi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili R.Pomfret o`zining “O`zbekiston va Jahon Savdo Tashkiloti” maqolasida, “Agar hukumat xomashyo va resurs eksporti qaramligiga qaraganda diversifikatsiyalangan raqobatbardosh iqtisodiyotga jiddiy ahamiyat qaratsa, shunda O`zbekiston JST a`zoligiga erishadi va undan foyda oladi. Agar iqtisodiyot tub islohotlarga chidamli bo'lib qolsa, unda a'zo bo'lish qiyin bo'ladi va bu sodir bo'lgan taqdirda ham ko`p foyda olib kelmaydi.”-deya ta`kidlab o`tgan. Hozirgi kunda O`zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni xalqaro olim va mutahassislar yuqori baholashmoqda va kuzatishmoqda. Islohotlar natijasi esa kelgusida JSTga kirish yoki kirmaslik masalasini belgilab beradi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Graham Boden o`zining “Xitoyning JSTga kirishi: iqtisodiy yutuqlar” maqolasida quyidagi fikrlarni ilgari surgan, “Xitoyning JSTga a`zo bo`lishi Xitoyliklar uchun ham jahon iqtisodiyoti uchun ham katta turtki bo`ldi. JSTga a`zolik eksport hajmining hayratlanarli darajada o`sishi, importga tariflarning kamayishiga olib keldi. O`sib borayotgan eksport bozori hamda investitsiyaga to`siqlarning kamayishi Xitoy kapitali ortishini ta`minlab berdi. A`zolik talablari Xitoy xalqiga buyuk savdo liberalizatsiyasini, davlat aralashuvi passiv bo`lgan tadbirkorlikni hamda xususiy sektorga katta kuch olib kirdi.” Ko`rinib turibdiki, JSTga a`zolik O`zbekistonga ham iqtisodiy o`sishni yanada oshirishga yordam beradi. Download 329.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling